Yurak sikli va bosqichlari.
Yurakning o‘ziga xos xususiyati - uzluksiz
ritmik faoliyat hisoblanib, u, yurak bo‘limlarining ketma-ket qisqarishi va
bo‘shashishida namoyon bo‘ladi. Yurak bo‘limlarining qisqarishi - sistola,
bo‘shashishi esa - diastola deb ataladi. Yurak uzluksiz ritmik faoliyati zanjirida
alohida qaytariluvchi sikllar ajratiladi. Yurak sikli - yurakda bir martalik to‘liq
qisqarish va bo‘shashish paytida sodir bo‘layotgan elektrli, mexanik va
biokimyoviy jarayonlarning yig‘indisi hisoblanadi. Bitta sikl bitta yurak urishiga
yoki bitta pulsni urishiga mos keladi. Masalan, yurak har daqiqada 75 marta
urganda, uning bir sikli - 0,8 s davom etadi. Har bir yurak sikli bo‘lmachalar va
qorinchalarning bittadan sistola va bittadan diastolasini o‘z ichiga oladi. Ikkala
bo‘lmachalarning sistolasi deyarli bir vaqtning o‘zida (o`ng bo‘lmacha chapidan
0,1 s ilgari qisqaradi) sodir bo‘ladi. Bu vaqtda bo‘lmachalar ichidagi bosim 5-6
mm.s.u. ga ko‘tariladi, ya’ni bo‘shashgan qorinchalarnikidan yuqori bo‘ladi.
Kuchli qon oqimining hosil bo‘lishi klapanlarni ochadi, qon qorinchalarga
qarshiliksiz o‘tadi va ularni to‘ldiradi. Qorinchalarda bosim yuqori bo‘lishiga
qaramasdan, qonning bo‘lmachalardan venaga qaytib ketishi kuzatilmaydi, chunki
mushak tolalarining sfinktersimon bog‘lamlari venalar yo‘lini yopadi (qushlarda
mahsus vena qopqoqlari bo‘ladi).sikl 0,8 s davom etganda bo‘lmachalar sistolasi
0,1 s ni tashkil qiladi. Bo‘lmachalarning diastolasi bir necha soniya ko‘proq davom
68
etadi va bunda, qorinchalar sistolasining butun davrini hamda diastolasi davrining
ko‘proq qismini o‘z ichiga oladi. Qorinchalarning sistolasi vaqt jihatidan
bo‘lmachalar diastolasiga to‘g‘ri keladi, uning o‘tish muddati 0,3 s. Ikkala
qorincha ham, bo‘lmachalar kabi, bir vaqtda qisqaradi. Qorinchalar sistolasi,
ularning tolalarini, qo‘zg‘alishni miokard bo‘ylab tarqalishi oqibatida paydo
bo‘ladigan asinxron qisqarishi bilan boshlanadi. Bu davr qisqa bo‘lib, unda,
qorinchalar bo‘shlig‘idagi bosimning ko‘tarilishi hali sodir bo‘lmaydi. Bu bosim,
qo‘zg‘alish barcha tolalarni qamrab olgandan so’ng keskin orta boshlaydi va
bo‘lmachalarning chapida 70-88 mm s.u. ga, o`ngida esa - 15-20 mm s.u. ga teng
bo‘ladi. Bosimning ortishi oqibatida, atrioventrikulyar klapanlar darhol yopiladi.
Shu paytda, yarimoysimon klapanlar ham hali yopiq bo‘lib, shu tufayli,
qorinchalarning bo‘shlig‘i berk va bu yerdagi qonning hajmi doimiy bo‘ladi.
Qo‘zg‘alish natijasida mushak tolalarining kuchlanishi, ularning uzunligi
o‘zgarmagan holda ortadi va bu, qon bosimini yanada ortishiga olib keladi. Chap
qorinchaning devori cho‘ziladi va ko‘krak qafasining ichki yuzasiga uriladi, ya’ni
yurakning urishi paydo bo‘ladi. Qorinchalardagi qon bosimi aorta va o‘pka
arteriyasidagi qon bosimidan yuqori bo‘lganda, yarimoysimon klapanlar ochiladi,
ularning yaproqlari ichki devorga yopishadi va 0,25 s davom etadigan haydash
bosqichi boshlanadi. Bu bosqichning boshida, qorinchalardagi qon bosimi orta
borib, chapida 130 mm s.u. va o`ngida 25 mm s.u. gacha etadi. Natijada, qon tezlik
bilan aortaga va o‘pka arteriyasiga quyiladi va qorinchalarning hajmi keskin
kichiklashadi. Buni tez haydash bosqichi deb ataladi. Yarimoysimon klapanlar
ochilgandan keyin yurakdan qonning chiqishi susayadi, qorinchalar miokardining
qisqarishi ham kuchsizlanadi va sust haydash fazasi boshlanadi. Bosimning
tushishi oqibatida yarimoysimon klapanlar yopiladi, oqibatda qonning aorta va
o‘pka arteriyasiga qaytib kirish yo‘lini to‘sadi va qorinchalar miokardining
bo‘shashishi boshlanadi. Bunda, yana qisqa davr ichida, aorta klapanlari yopiq va
atrioventrikulyar klapanlar esa hali ochilmagan bo‘ladi. Qorinchalardagi bosim
bo‘lmachalardagidan sal pastroq bo‘lishi bilan, atrioventrikulyar klapanlar ochiladi
va qorinchalar kelgusi siklda haydab chiqariladigan qon bilan to‘la boshlaydi,
69
ya’ni yurakning diastolasi boshlanadi. Yurakning bu diastolasi, bo‘lmachalarning
keyingi sistolasigacha davom etadi. Bu bosqich - umumiy pauza deyiladi va katta
ahamiyatga ega, chunki shu davrda, sarkaplazmatik retikulumning kanalchalari
orqali miofibrillalardan Ca
2
ni tortib olish sodir bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda,
yurakning ritmik ishi, uni bo‘limlarini - bo‘lmachalar va qorinchalarini qat’iy
ketma-ketlikda qisqarishi va bo‘shashishidan iborat. Yurakning ritmik faoliyati va
tabaqali hamda yarimoysimon klapanlarning mavjudligi, qonni faqat bir tomonga -
venadan bo‘lmachalar va qorinchalar orqali aorta va o‘pka arteriyasiga
yo`naltirilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |