66
tutashadigan joyida joylashgan bo‘lib, sinusli-bo‘lmachali tutam deyiladi. U, yurak
avtomatikasining bosh markazi - birinchi tartibli peysmekeri hisoblanadi.
Qo‘zg‘alish, tutamdan diffuziya yo‘li bilan hamda yurak ichidagi mahsus
o‘tkazuvchi bog‘lamlar bo‘ylab bo‘lmachalar miokardining hujayralariga tarqaladi.
Bu ikkala oqim ikkinchi tutamga yetib keladi, bu tutam impulslarni generatsiya
qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, muhim antrioventrikulyar tutam hisoblanadi. U,
bo‘lmachalar va qorinchalar chegarasida yurak to‘sig‘ining ichida joylashgan.
Tutam uchta: yuqori bo‘lmachalar, o‘rta va pastki qorinchali qismlardan iborat
bo‘lib, ularning har biri o‘z qo‘zg‘alish chastotasiga ega. Bu tutam - ikkinchi
tartibli peysmekeri hisoblanadi. Qo‘zg‘alish normal sharoitda, bo‘lmacha-qorincha
tutamidan faqat bir yo’nalishda o‘tishi mumkin,
impulslarni retrograd
o‘tkazilishining imkoni yo‘q. Aynan shunday, Qo‘zg‘aluvchanlik jarayonining
harakat yo`nalishiga erishadi va buning oqibatida, bo‘lmachalar va qorinchalar
ishining koordinatsiyasi sodir bo‘ladi. Bu tutamdan qo‘zg‘alish o‘tishi paytida
impulslar 0,02-0,04 s ushlanib qoladi. Bu hodisa antrioventrikulyar
ushlanish
deyilib, uning funksional mohiyati - qorinchalar sistolasi yakunlashishiga ulguradi
va ularning tolalari refrakterlik fazasida bo‘ladi. Yurakning ritmik faolligini
ta’minlovchi uchinchi daraja - Gis tutamlari va Purkine tolalarida joylashgan. Gis
tutami bo‘lmacha-qorincha tutamidan boshlanib, ikkita oyoqcha hosil qiladi va
ularning biri chap, ikkinchisi o`ng qorinchaga boradi. Bu oyoqchalar ancha
ingichka o‘tkazuvchi yo‘llarga shoxlanadi va miokardning
ichki hujayralari bilan
bevosita kontakt qiladigan Purkine tolalari bilan tugaydi. Qorinchalarning
o‘tkazuvchi tizimida joylashgan avtomatiya markazlari - uchinchi tartibli
peysmekerlari deyiladi. Shunday qilib, qo‘zg‘alish Gis tutami oyoqchalari bo‘yicha
yurakning tepasiga qarab yo`naltiriladi, keyin esa, u yerdan oyoqchalarning
shoxchalari va Purkine tolalari bo‘yicha yurakning asosiga qaytadi. Buning
natijasida, yurakning qisqarishlari ma’lum bir ketma-ketlikda amalga oshadi, ya’ni
oldin bo‘lmachalar
qisqaradi, keyin qorinchalarning tepasi va oxirida, ularning
asoslari qisqaradi. Poykiloterm hayvonlarda Gis tutami va Purkine tolalari
bo‘lmaydi va ularda, qo‘zg‘alish miokardning tolalari bo‘ylab tarqaladi. Yurak
67
avtomatiyasini
baqaning ajratib olingan, ya’ni organizmdan qirqib olingan va
Ringer eritmasiga solib qo‘yilgan yuragida yaqqol ko‘rish mumkin. Bunda, yurak
bir necha soat va kunlar ham qisqarib turishi mumkin. Issiqqonli hayvonlarda
yurak avtomatiyasini kuzatish uchun yurak organizmdan kesib olinadi va uning
aortasiga kanyula suqib qo‘yiladi. Bu kanyula, ichiga fibrinsizlantirilgan qon yoki
Ringer eritmasiga glyukoza qo‘shib solingan va yuqori ko‘tarib qo‘yilgan shisha
idishga ulanadi. Bunda, Ringer eritmasi kislorod bilan to‘yintirilib, 37-38
C gacha
isitiladi (Langendorf usuli). Bu idishdan yurak aortasiga kelayotgan suyuqlik
ustunining
bosimi ostida, aortaning yarimoysimon klapanlari yopiladi, natijada
eritma yurakni qon bilan ta’minlovchi koronar arteriyalarga kiradi va oqibatda,
yurak soatlab o‘z ritmida qisqarib turishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: