53
jarayonlari natijasida, hujayralar bo`linib ko‘payish
davrida mutatsiya tufayli
paydo bo`lishi mumkin. Bularni endogen hosil bo`lgan ksenobiotiklar yoki yot
hujayralar deyiladi. Masalan, sutka davomida organizmda 6 mln hujayralardan
bittasi mutatsiyaga uchraydi, genetik yot hujayralar paydo bo‘lib turadi va ular
leykotsitlar tomonidan tinimsiz ravishda qiriladi. Bundan
tashkari ichki muhitga
ksenobiotiklar yoki yot hujayralar (bakteriyalar va viruslar) tashqi muhitdan kirgan
holda ham ularni zararsizlantish va ichki muhitni ulardan xalos qilish vazifasi ham
leykotsitlar zimmasiga yuklantirilgan (ilova: 19- rasm). Demak infeksiyaga qarshi
kurashish immun tizimining va leykotsitlarning asosiy vazifasining bir
ko`rinishidir. Leykotsitlarni infeksiya va yallig`lanish o`choqlariga tomon intilishi
stimullovchi omil bo‘lib, yallig`langan to‘qimalarda hosil bo`lgan moddalar xizmat
qiladi. Nobud bo`lgan leykotsitlar tanalarining to`plamlari yiring hosil qiladi.
Leykotsitlarni yashash muddati 3-5 kun. Yadrolarning shakliga vassitoplazmasida
donachalarning bo`lish va bo`linmasiligiga qarab, leykotsitlar donachali
leykotsitlar -
granulotsitlar
va donasiz leykotsitlar yoki
agranulotsitlar
tafovut
qilinadi. Donachali leykotsitlar sitoplazmalarini bo`yalish xususiyatlarida
ko`ra†neytrofil, eozinofil va bazofil leykotsitlarga bo`linadi.
Neytrofillar
leykotsitlar umumiy soninining 65-70% tashkil etadi.
Boshqa leykotsitlarga
nisbatan neytrofillar shakli yumaloq, hajmi yirikroq va sitoplazmasidagi
donachalari binafsha rangga bo`yalishi bilan farqlanadi. Yetilgan neytrofillarning
belgisi - yadrolari uch-to`rt segmentli bo‘lib, nozik tutamlar bilan bog`langan.
Eozinofillar
leykotsitlarning umumiy miqdorining 2-5% tashkil qiladi.
Hujayralarning diametri 10-12 mk. bo‘lib, sitoplazmasidagi yirik donachalar eozin
bo’yogi bilan pushti rangga bo`yaladi. Yadrosi ko‘pincha ikki segmentli bo‘lib,
binafsha rangga bo`yalgan.
Bazofillar
- miqdori juda kam bo`lganligi sababli
preparatda topish juda qiyin. Ular leykotsitlarning umumiy sonini 0,5 - 1% tashkil
qiladi. Bu hujayralarning diametri 8-10 mk. ga teng va sitoplazmasidagi
donachalari bazofil, ya’ni och binafsha rangga bo`yalgan bo‘ladi. Donasiz
leykotsitlarga
- limfotsitlar va monotsitlar
kiradi.
54
Limfotsitlar
leykotsitlarning 20-30%
tashkil qilib, ularning diametri 4,5
mk.dan, 10 mk gacha bo‘ladi. Limfotsitlar yumaloq shaklda bo‘lib, to`q binafsha
rangga bo`yaladi. Hujayraning asosiy qismini yadro tashkil qiladi, sitoplazmasi esa
ensiz gardishga o`xshab yadroni o`rab turadi. Limfotsitlarni asosiy hosil bo`lish
manbai - ayrisimon bez bilan limfatik tugunlar.
Monotsitlar
- leykotsitlarning 6-8 % tashkil qiladi. Bular yirik hujayralar
bo‘lib diametri 18-20 mk. gacha yetadi. Xususiy belgisi - monotsitlarning yadrolari
loviyasimon yoki taqasimon shaklda bo‘ladi.
Trombotsitlar
- yoki qon plastinkalari 1mm
3
. qonda 200-400 ming dona
bo‘ladi, hajmi 2-5mkm teng bo‘lib, eritrotsitlarga nisbatan 2-4 martaba kichikroq
bo‘ladi. Yashash muddati 4 kun. Trombotsitlar qizil suyak ko`migida hosil bo‘ladi.
Ichki a’zolardan trombotsitlarni toplanish joyi taloq hisoblanadi va kerak vaqtda
taloqdan qonga o‘tadilar.
Bularni shakli ovalsimon, yumaloq bo‘lib, bir-biriga
yopishgan tanacha holida ko`rinadi. Trombotsitlarni asosiy vazifasi qon ivishda
ishtirok etishi (ilova: 20- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: