ostidan mahkam bogiangan, o ‘ziga-o‘zi
nimalarnidir
tinmay g‘udranib yuradigan novcha, ozg‘in kampir.
Potma tatar biz bolalarga mutlaqo e ’tibor bermaydi.
Daraxtlar tagida aylanib danak teradi va uni xaltasiga
solib, yana yo‘lida davom etadi. Faqat bir martagina
gapirgani yodimda. Bolalardan biri kutilmaganda unga
qarata: «Achin tahiy!» deya qichqirdi. Kampir orqasiga
asta o ‘girilib: «Tahiy! Tahiy!» dedi-da, qadamini tez-
latdi. So‘z qotgan bolaning o ‘ziyam tushunmaydigan
antiqa «savol-javob»ni eshitib qanchalik xursand bo‘l-
ganimizni bilsangiz edi. Bu beozor kampiming eri
va ikki azamat o ‘g ‘li
urushga ketib, qaytib kelmagan
emish.
Ana endi ertalab bozorga bir nechta katta-kichik
savat va qoshiqdonlar ko‘tarib o ‘tib ketgan Dehqon
buvaning uzoqdan qorasi ko‘rinadi.
Uning jussasi kichik, sersoqol, olmadekkina kela-
digan yuzida doim tabassum, mittigina ko‘zlari esa
mehrga to‘la edi.
Dehqon buva sira shoshilmas,
qo‘lidagi gulqaychi bilan savatbop terak novdalarini
yo‘l-yo‘lakay qirqib, belbog‘iga qistirib keladi. Bu
ajoyib cholni ko‘rganim hamono duch kelgan terak
novdasini sindirib, uning kalta-kalta barmoqlariga tuta-
man. Qariya qo‘limdan novdalami olar ekan, tabassum
bilan ko‘zlarimga boqadi.
- Yashang tag‘o, barakallo tag‘o, - deydi va yana
yoTida davom etadi.
Savatchi boboga yordamim tekkanidan o ‘zimda
yo‘q suyunib ketaman.
- Ana ko‘r Xalil kelyapti! - deydi kimdir.
Biz, bolalar ulami jim kuzatamiz. Ko‘r Xalil nov
cha,
yelkalari keng, sochlari oppoq, qirq besh yoshlar
atrofidagi kishi. Bukchayib qolgan qari kampir bir
yarim, ikki metr keladigan tayoqning oldingi uchini,
o ‘g ‘li Xalil aka esa ortdagi uchini ushlab oladi. Ular
38
xotirjam gaplashib keladilar. Ko‘r Xalil onasiga xuddi
yosh boladay erkalik qiladi. Har galgiday, hovuz
bo‘yidagi supada o‘tirib, dam oladilar. 0 ‘g ‘il
shu zaho-
tiyoq boshini qashlashga kirishadi. Ikkala qo‘li bilan
qashlayveradi, qashlayveradi. Aytishlaricha, uning bo-
shiga urushda oskolka tekkan va ko‘zlari ko‘r b o ‘lib
qolgan ekan. Ko‘r Xalilning esi ham joyida emas, u
b a’zan onasini bo‘ralab so‘kib qoladi. Kampir o ‘g ‘lini
aldab yupatadi. Tayoqning ikki uchidan ushlab birin-
ketin yana yo ‘lga tushadilar.
Ona-bola ortidan m a’yus qarab qolamiz. Kimdir
sukunatni buzadi.
- Sattor bobo kelyapti!
G ‘amginlik bir zumda tumanday tarqab,
uning
o‘mini xursandchilik egallaydi. Sattor bobo attorchilik
qilardi. Aksariyat biz uni faqat bozordan qaytayotganida
uchratamiz. Sattor bobo oppoq soqol, ikki yuzi qip-
qizil, ko‘zlari doim kulib turadigan, nuroniy bir qariya
edi. U g ‘ing‘illab qo‘shiq xirgoyi qilar, bolalarga k o‘zi
tushsa, doim birinchi bo‘lib salom berardi. Eshagi ham
kattagina va chopag‘on edi.
Jonivoming ikki yonida
xurjun, xurjun tepasida bir juft qo‘ltiqtayoq ham bor.
Sattor bobo urush qatnashchisi edi. 0 ‘zining ayti-
shicha, bir oyog‘ini fashistlarga tashlab kelgan. U
bolalarga juda mehribon, biz ham uni o‘z bobomizday
yaxshi ko‘rardik.
Har yakshanba eshagi xuddi o‘rgatilganday, katta
tol tagiga kelib to‘xtar, Sattor bobo saxiylik bilan
bolalarga qand-qurs, pista-mayiz va shunga o ‘xshash
har xil shirinliklar ulashardi. Hammaning yuzida xur
sandchilik, bunday paytlarda, ayniqsa, boboning o ‘zi
ham boshqacha yayrab ketardi. Chol yana y o ‘lida
davom etadi. Bir to‘p bolalar
uning ortidan yugurib
eshagini urar, qariya esa qiqir-qiqir kulardi xolos.
Boboni ancha joygacha kuzatib, horib-charchab ort-
39
ga qaytamiz. Bunday odatga ko‘nikib ketgandik.
Nima b o id i-y u , Sattor bobo birdan ko‘rinmay qoldi.
Ko'zlarimiz uning yo‘liga qarab charchadi, toldi.
Ammo bobomizdan darak bo‘lmadi. Hech kimni o ‘y-
nagisi kelmas, negadir xomush tortib qolgan edik
o ‘shanda.
Do'stlaringiz bilan baham: