N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

ABDULHAQ BOBO
Ariqlarda suv kamayib qolsa, Abdulhaq bobo Shov- 
va tomonni chippa to‘sib, suvtegirmonni ishga solardi. 
So‘ng tepalikka chiqib, antiqa sopol kamayni olib to ‘rt 
tomonga qaratib uzoq chaladi. Tanish ovozni eshitgan 
olomon bug‘doyini eshakka ortib yo yelkasiga ko‘tarib 
tegirmonga oqib kelaveradi. Abdulhaq boboning qo‘li- 
qo‘liga tegmay qoladi. Endi biz uni ust-boshi, do‘ppisi- 
yu qosh-ko‘zlarigacha un gardidan go‘yo ustiga qirov 
qo‘nganday oppoq holda ko ‘rib sira ajablanmaymiz. 
Abdulhaq boboning gaplari keskir, ko‘zlari katta-katta
baralla qo‘ygan soqoli o ‘ziga yarashgan, barvasta, 
chiroyli bir kishi edi. U tashqi qiyofasidan badjahl, 
xiyla qo‘rsroq ko‘rinsa-da, aslida insofli, gapni bejamay 
aytadigan to ‘g ‘riso‘z odam. Bolalami yaxshi ko‘rishini 
esa uning fe’l-atvoridan bilib olish qiyin emasdi.
Tegirmonning yonginasida uning kattagina bog‘i 
bo‘lib, oppoq chilgi shaftolilar rosa pishib yotardi. 
Bog‘ga o ‘g ‘irlikka kirgan bolalami sezsayam ataylab 
o ‘zini bilmaganga olardi. Qarsillab shoxlaming singa- 
nini eshitsa:
-
Kim u! To‘xta! - deb baqirganicha turgan joyida 
tizzasiga shapatilab qo‘yardi.
24


Shuning o ‘zi o‘g ‘rilarga yetarli bo'lar, oldi-ketiga 
qaramay qochib qolishardi.
Shovvada cho‘milayotgan bolalar haddidan oshib 
to'polonni oshirib yuborsa, Abdulhaq bobo ulami 
haydab quvib qolardi. U oxirgi bola ham qochib 
qolmaguncha engashib atrofga alanglar, go‘yoki o ‘zini 
shoshib kesak yoki kaltak qidirayotganga solib yolg‘on 
po‘pisa qilardi. Men bilan mutlaqo ishi bo‘lmas, 
bopladimmi, - deganday qarab ko‘zini qisib qo ‘yar- 
di, xolos. Chunki, men uning oldiga tez-tez chiqib, 
mayda-chuyda yumushlariga qarashib turardim-da. 
Ba’zan Ziyovuddin nosfurushdan nos keltirib ber- 
sam, b a ’zan idish-tovoqlarini ariqda chayib, xursand 
qilardim. Shundanmi, bu yerda o‘zimni mezbonday 
tutib, cho‘milgisi kelib pana-panadan menga havas 
bilan m o‘ralab turgan bolalar oldida ozgina kerilib ham 
qo‘yardim.
Bir kuni ozg‘in, novchadan kelgan, dovdirroq bir 
yigit tegirmondan chiqqan ikki qop unini eshagiga 
yukladi. U egniga qimmatbaho chopon kiyib olgan, 
ammo havo birmuncha salqin bo‘lishiga qaramay, 
yalangoyoq edi. Yigit yangi to ‘ni borligidan suyunib: 
ko‘rib qo‘yinglar, - deganday bir choponiga, bir odam- 
larga qarab ko‘p aylandi. Oz-moz yom g‘ir tomchi- 
layotgani bois, choponini namoyishkorona yechib, qop- 
laming ustiga yopdi-da uyiga j o ‘nadi.
- K o‘rmaganni ko‘rgani qursin, - dedi navbat poylab 
o ‘tirgan sertabassum chol sheriklariga qarab jilmayar- 
kan. Chamasi uch soatlar o ‘tgach, yigit so‘ljayib yana 
tegirmonga qaytib keldi va Abdulhaq boboga arz qila 
boshladi.
- Abdulhaq buva, ertalab sizga ikki qop bug‘doy 
keltirib un qildirgandim.
- X o ‘s h ,- d e d i boboyigitgaterm ilib.
- 0 ‘sha qoplaming biri o ‘zimniki, ikkinchisi qo‘sh-
25


nimniki edi. Mendan iltimos qilganligi uchun olib 
kelgandim.
- X o‘sh.
- Uyga borib, qoplar ustidan choponimni olib qara- 
sam, qo‘shnimniki joyida turibdi, mening qopim esa 
yo‘q. Yo alhazar, deb yoqamni ushladim. Yo‘lda eshak 
jonivor ariqchadan o ‘tayotib, sal silkinganday bo‘luvdi. 
Darrov izimga qaytib, o ‘sha joyni rosa qidirdim. Ammo 
qop topilmadi. Uyda bir chaksayam un qolmagandi-da
buva. Endi nima qilaman?
- Eshakning oldida ketdingmi, orqasidami?
- Orqasida, - dedi yigit yig‘laguday b o iib .
- Hech narsaga qoqinmadingmi? - dedi bobo jilma- 
yib.
- Yo‘q.
- Kerilib bumingni osmonga ko ‘taravermay, sal 
pastgayam qarab yurgin-da, ahmoq. Abdulhaq bobo 
yigitni bolaxonador qilib so‘ka boshladi.
- Yo alhazar... Meni nega so‘kasiz? Ahmoq demang,
- dedi yigit tegirmonchiga m o‘ltirab qararkan, iltijoli 
ovozda.
- Ahmoq bo ‘lmasang... 0 ‘lasanmi mana bu cho- 
ponni sal arzonrog‘ini olib, oyog‘inggayam biror narsa 
kiysang. Yigit yerga qaradi.
- Yur! - dedi Abdulhaq bobo yigitni jerkib.
Ular uzun-qisqa bo‘lib ichkariga kirdilar. Choi 
yigitning qopiga un solar ekan dedi:
- Те - ber, gir - ol, mon - qo‘y, degani bo‘ladi. 
Xizmatimga olib qo‘yganimniyam senga oshirib qay- 
tarib beryapman. Sal ko‘zingni ochib yurgin, bola. Bu 
ketishda qiynalib qolasan. Ma, mana bunga oyog'ingga 
poyabzal olasan.
Abdulhaq bobo yigitning qo‘liga uch so‘m tutqazdi. 
U yarim qop un bilan pulni olib, og‘zi qulog‘ida 
xursand bo‘lganicha eshagiga minib ketdi.
26


Abdulhaq bobo mana shunday, hech kimga o ‘xsha- 
maydigan ajoyib odam edi.

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish