Рассом:
Дилшод ЭШМАТОВ
Узбекистон Рассомлар уюшмаси аъзоси
Такризчилар:
Азизбек АНВАР,
Узбекистон ёзувчилар уюишаси аъзоси
Мухаммаджон ТОШБОЛТАЕВ,
Техника фанлари доктори, профессор
ISBN 978-9943-26-982-8
UO‘K 891.512.133-3
КВК 84 (5 0 ‘)6
ISBN 978-9943-26-982-8
О «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi Bosh tahririyati, 2020.
SERQIRRAIJODKOR TUHFASI
«Bir kam dunyo...» degan eski gap bandalarning
noqis taskini bo‘lib tuyiladi menga. Chunki Xudoyim
beraman desa, yarim-yorti qilib o ‘tirmay, qo‘shqo‘llab
berishi tayin. Ayniqsa, bu xulosam Nabijon Qodirov
kabi ijodkorlami ko‘rganda yanada qat’iylashadi. Nabi
jon akaga Yaratganning tortiqlari o‘zi kutganidan ham
ortiq darajada, desam mubolag‘aga yo‘ymang. Men
u kishini yaqindan bilganim uchun ham ishonch bilan
aytyapman.
Nabijon Qodirov, avvalo, tuproqdan m o‘jiza yaratgan
qo‘ligul usta-kulol. 1999-yili «Uzkinoxronika» tomo-
nidan uning ijodiga bag‘ishlab «Rishton m o‘jizasi» nomli
hujjatli film yaratilgan. 0 ‘zbekiston badiiy akademiyasi
ijodkorlar uyushmasi a ’zosi, 0 ‘zbekiston xalq ustasi,
qolaversa, qalami ravon dramaturg. Bir qancha sahna
asarlari Farg‘ona, Jizzax, qo‘shni Qozog‘istonning
Sayram viloyat teatrlarida namoyish etilgan, xususan,
Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan «Uch
kunlik dunyo» spektakli 0 ‘zbekiston televideniyasining
oltin fondida saqlanadi. Uning ssenariysi asosida suratga
olingan «Armonli dunyo» kinofilmi ham zamonamiz-
ning xontaxta «ijod namunalari»dan keskin farqlanadi -
ancha baland.
Yana ijodkoming «D o‘ppi kiygan bolalar», «Eng
yaxshi sovg‘a» nomli bolalar uchun she’riy to‘plamlari
chop etildi va adabiy jamoatchilik tomonidan yaxshi
baholandi. Muhimi, bolalar tiliga chippa yopishadigan
she’rlar allaqachon chinakam muxlislarini topdi. «To‘-
polonchi mittivoy» ham tez kunlarda o ‘z o ‘quvchilari
qo‘liga yetib borsa, ajabmas.
з
Nabijon aka qo‘liga dutor olib xonish boshlasa, uncha-
muncha san’atkomi ortda qoldirishi aniq. Buni nafaqat
men, balki qo‘shiqchilik san’ati-yu adabiyotni nozik his
qiladigan do‘stlarimiz ham tasdiqlaydi. Xullas, Nabijon
Qodirov havas qilsa arzigulik shinavanda ijodkor. Lekin
hozir e ’tiboringizni yuqorida sanab o ‘tilgan iste’dod
qirralaridan ko‘ra yorqinroq yana bir yangi sifat -
adibning «Gulyetim» nomli qissasiga qaratmoqchimiz.
Bugungi kunda o ‘qisang - ko‘ngling yorishadigan,
o ‘tgan fursatlaringni mazmun bilan ziynatlaydigan, kitob
javoningga arzigulik mahzan b o ‘lib qo‘shiladigan nodir
asarlar talay. 0 ‘zimizning yozuvchi-shoirlardan tortib
jahon adabiyotining manaman degan namoyandalarining
(asliyatdan tarjima qilingan) ijod namunalari ko‘p
va xo‘b nashr etilyapti. Bir paytlar o ‘qirmanlar kitob
kutib, qidirib qolgan bo‘lsa, ayni zamon ziyolilar kitob
saralashga aksar vaqtini sarflayapti. Ana shunday
muhitda Nabijon Qodirovga qissa yozishga yo‘l bo‘lsin,
uni o ‘qishga hafsala qayda-yu, fursat qani, degan fikrda
qo‘lyozmani varaqladim. Lekin ishtibohlarim puch
bo‘lib chiqdi - qissa g ‘oyatda maroq bilan o‘qiladi.
Nabijon akada chinakam yozuvchi nigohi bor!
Voqealar osmondan olinmagan - bolalik, o ‘smirlik
xotiralari yurakdan o ‘tkazib yozilgan. Asardagi Ona,
Dada, Soyibjon tog‘a, Saidxon novvoy kabi obrazlar
ko‘nglingizdagi unutilayozgan insoniy tuyg‘ular ko‘zi-
dan mudroqni quvadi. Qobil, Kelin, Otash, Zulumbuva
kabi murakkab taqdirli kishilar dunyoqarashi tafakku-
ringizga, g ‘arazlari qalbingizga yuqib qolishidan ehti-
yotlanasiz. Qissada tulki bilan tozilar tillashgan, o ‘gri
bilan qozilar birlashgan eski davming talato‘plarini bor
holicha ko‘rasiz.
«Наг yili paxta terimidan oldin g ‘o ‘za barglarini
to‘kish uchun dalalarga allaqanday sassiq dori sepilganda
oq bayroq ko‘tarib samolyotga yo‘l ko ‘rsatib turgan» va
shu tariqa zaharlanib erta kunda hayotdan ko‘z yumgan
ota fojiasi yuragingizni larzaga soladi. Ertasiga rahmi
kelib kasal qo‘yni sotib olgan, bozori kasod ekan deb bir
qancha keraksiz narsalami uyga ko‘tarib keladigan va
shuning uchun odamlar «afandi» degan laqab qo‘ygan
poycho‘kir dadasidan ayrilgan bosh qahramonni -
Davronni tirikchilik tashvishlari erta ulg‘aytiradi.
Shunday lafzi halol dada o ‘miga «morchashm»(ilon-
k o ‘z) muttaham kimsa unga о ‘gay ota bo‘lib keladi.
Ismi Qobil-u, qilmishi noqobil - «230 raqamidagi uchni
ustalik bilan sakkizga aylantirishdan toymaydigan va
shu kabi yo ‘llar bilan yulg‘ichlik qiladigan, tirikchilik
deb har qanday pastkashlikka qo‘l uradigan o ‘gay
otaning johilligi-yu, undan oshib tushgan Otash ismli
o ‘g ‘lining qilmishlari o ‘spirin Davron qalbida bitmas
chandiqlar qoldiradi...
Qissada yana bir personaj borki, uning ta ’rif-tavsifiga
ko‘p o ‘rin ajratilmagan bo‘lsa-da, fojiaviy qismati
bilan o ‘quvchi ko‘z o ‘ngida yaqqol gavdalanadi. Bu
Zulum buva obrazidir. «Uzunquloq gaplarga qaraganda,
yoshligida kolxozga rais bo‘lgan, qora ot minib
yuradigan qahri qattiq bu odamdan hamma qo‘rqib
yashagan». U oxir-oqibat tashlandiq xonadonda xor-u
zorlikda jon berib, jasadi mushuklarga talanadi. Shu
kabi manzaralami o ‘qish mobaynida yozuvchi oshirib
yubormadimikan, degan xayolga ham borasiz. Lekin,
ming afsuski, qissadagi voqealaming aksariyati hayotiy
asosga ega. Mirzo Bobur bejiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |