N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

N izom iy nomli
0 \ Ъ \  2 й М

T D p 11
kutubxonasi


rim davomida menga sodiq va beminnat hamroh, hayot 
yo‘limni yoritguvchi mayoq bo‘lib xizmat qilaveradi.
SUNNAT T O Y I
Besh yoshimda ota-onam bamaslahat menga sunnat 
to‘yi qilib, qo‘limni halollab qo‘ymoqchi bo‘lishdi. 
Nikoh marosimlari, ahyonda bir bo ‘ladigan xatna 
to ‘ylarini hisobga olmaganda sunnat to ‘yi qilish uchun 
odamlarga faqatgina bir oy, nari borsa qirq kunga ruxsat 
berilardi. Avgust oyida to ‘ylar ko‘paygandan ko‘payadi. 
Oshpaz, novvoy va ashulachilarning ishlari yurishib 
burunlari ham birmuncha ko ‘tarilib qoladi.
Qishlog‘imizda har bir ish kattalar bilan kengashib 
qilinadi. Qariyalar nima desa, aytganlari bo‘lishi shart. 
Mahallaning issiq-sovug‘iga aralashmaydigan ayrim 
kimsalaming marosimlariga ular bosh qo‘shishmasa, 
boshqalar ham o ‘zlarini chetga oladilar. To‘yiga ham 
kirmaydilar.
Bunday kunga tushib qolishdan qo'rqib, hech kim 
qariyalaming izmidan chiqishni istamaydi.
Oqsoqollar bilan maslahatlashgan dadam to ‘y hara- 
katiga jiddiy kirishdi. Uyimizda besh kun to ‘y bo‘ldi 
desam, ishonavering. Otang oddiygina mardikor b o ‘l- 
sa-yu, besh kunlab to ‘y berishga na hojat, deysizmi? 
Bu borada siz haqsiz. Ammo nachora, eldan chiqib 
bo‘lmaydi. Qishloqchilikning yozilmagan qonun-qoida- 
lari shunday...
Birinchi kuni o‘ttiz-qirq nafar oppoq soqolli chollar 
«maslahat oshi»ga yig‘ildilar. Kechga yaqin oshpaz, 
novvoy yordamchilari bilan, qassob, choy qaynatuvchi, 
dasturxonchi, xabarchi, xullas, hamma xizmatchilar bu 
anjumanga taklif etilib, qilinadigan ishlar kelishib olin- 
di. Oriyat o ‘limdan qattiq, deganlariday, rahmatli bo- 
bomning o ‘miga Soyibjon tog‘am katta novvos yetak- 
lab keldi.
18


Ikkinchi kuni novvos so‘yildi. Buqaning pufagini 
olib, bolalar bilan talashdik. 0 ‘sha kuni katta tandir 
qurildi. Uni tobga keltirish uchun ertalabgacha o ‘t 
yoqildi va saharda non chiqarildi. Qishloqning har bir 
xonadoniga ikkitadan non ulashib, to ‘yga xabar qilindi.
Uchinchi kuni «Sabzi archar»ga butun qishloq 
ko‘chib keldi. Oltmish kilo oshga yarasha sabzi to‘g‘- 
ralib, ishlar yakunlangach, dasturxonga shavla tor- 
tildi. Tomoshaning kattasi ana undan keyin boshlandi. 
Katta-kichik 
qishloqdoshlar 
ichkari-yu 
tashqariga 
to ‘rt-beshtadan bo‘linib sahargacha oshiq otdilar. Oxiri 
mushtlashib uy-uylariga tarqaldilar. Bundan dadam ham 
xursand bo‘lib: - Birov mushtlashmagan to‘y to‘ymi? -
deb kulib qo‘ydi.
To‘rtinchi kuni tongda xabarchi Oshiq buva butun 
qishloqqa jar solib, nonushtaga chaqirdi. El-yurtga 
ertalab sergo‘sht sho‘rva, kechki payt osh tortildi. 
Tushga yaqin bir guruh ilmli mullalar kelishdi. Ular 
tilovatlar qilib, «xatmi Q ur’on» bo‘ldi. Oyog‘imda qizil 
etikcha, boshimda yangi do‘ppi, egnimda qiyiqchasi 
ichiga gazeta buklab boylangan banoras chopon. 
Yugurib charchamayman. G ‘o ‘zapoyalar ustida ikki 
kishidan bo ‘lib osh yeyayotgan bolalar menga havas 
bilan qaraydi. Sevinchim ichimga sig‘may sho‘xlik 
qilaman. Kech soat o ‘n-o‘n birlarda kamaychi-yu 
doirachilar tomga chiqib qishloq ahlini katta bazmga 
chorladi. Butun qishloq uyimizga selday oqib kelaverdi. 
Yerga aylantirib ko‘rpachalar solindi, o ‘rtaga yig‘ilgan 
o ‘tinlar g ‘aramiga har safargiday Tug‘un tartibchi 
olov yoqdi. Bazm boshlandi. Pasaya boshlagan olovga 
tartibchining bot-bot solyarka sepib turishi biz bolalar- 
ga cheksiz quvonch bag‘ishlardi.
Davraning ikki tomoniga chorpoya qo‘yilgan. 
So‘ridagi ikki guruh hofizlar bir-birlariga gal bergilari 
kelmay aylanib qo‘shiq aytadi. Sharmsiz raqqosalar
19


beo‘xshov muqomlar qilib o'tirganlardan pul yig'adi. 
Bir to‘p uchar bolalaming xayoli navozandalar chak- 
kasiga qistirilgan aqchada, pul yerga tushgan hamono 
olib qochishga shay turishibdi. Ammo hushyor mash- 
shoqlar ham bo‘sh kelishmaydi. To‘kilgan pulni dar- 
rov tuflisi bilan bosib oladi. 0 ‘qday uchib kelgan ikki 
bolakayning boshi to‘qnashib, pul qayerga g‘oyib 
b oiganini anglolmay, hayron ortga qaytadi. Yerga 
ursa osmonga sapchiydigan o ‘rtog‘im Omontoy daraxt 
uchiga chiqvolib, o ‘tirgan shoxini silkib, hammani 
xavotirga soladi. Shox sinib yerga tushgach, kiyimlarini 
qoqib, qochib qoladi.
Qosim piyon raqqosalar bilan yayrab, maza qilib 
o ‘ynaydi va har galgiday davraga xotini g ‘azab bilan 
chiqadi-yu, hammasi tamom bo ‘ladi.
Eng qizig‘i, hamma to ‘ylarda boMgani kabi davrani 
Parfi soqov bilan uning xotini Sharvon gung qizdiradi. 
Ulaming raqsiga hamma ishqiboz. Toki bu o ‘yinchilar 
davraga chiqmagunicha olomon ham qo‘zg'almaydi. 
Ikkisi ham kar-soqov, qulog'iga kamay chalsangiz ham 
eshitmaydi. Buni bilgan qitmir sozandalar o‘yin rosa 
avjiga chiqqan mahal chalishni taqqa to ‘xtatib, o ‘zlarini 
rosa berilib nag‘ma qilayotganday ko‘rsatadilar. Bu 
nayrangni sezmagan er-u xotin musiqasiz chunonam 
o ‘ynaydiki, asti qo‘yaverasiz. Ana kulgi-yu, mana 
kulgi.
Tirikchilik tashvishlaridan charchagan qishloq ahli 
shu tariqa xursandchilik qilib, ko‘ngil yozadi. Tomosha 
tonggacha davom etadi.
Beshinchi kun «katta to‘y» deb hisoblansa-da, ke- 
chagi charchoq, uyqusizlik odamlarga 
0
‘z hukmini 
o ‘tkazgani seziladi. To‘y oshini istamaygina oshayotgan 
olomon tartibchining:
-
H o‘ ammasi-yu xolasi! Chibrong-a-a! - deyishi 
bilan biroz jonlandi. Hamma yozilgan dasturxonga
20


pul tashlay boshladi. Tog'am meni ko‘tarib erkalatdi. 
Qo‘limga pul tutqazib. uyga olib kirdi. Uyning o ‘rtasiga 
yangi kobrpachalar solingan chiroyli o‘ringa meni alqab 
yotqizdilar. Onajonimning ko‘zida yosh. Dadam ham 
o ‘zini zo‘rg‘a tutib turibdi. Nimalar bo‘layoganiga 
aqlim yetmaydi.
Oppoq soqol, yuzlaridan nur yog‘ilayotgan «chuk- 
bur» usta Sotvoldi bobo meni o ‘pib. kichkina moshi- 
nacha sovg‘a qildi. Derazadan o ‘rtoqlarim menga 
havas bilan boqishar, ko‘zlari qinidan chiqquday b o iib
vaziyatni kuzatishardi. Kimdir isiriq tutatdi. Q ur’ondan 
oyatlar o'qilib, takbirlar aytildi. Usta bobo ishga kirish- 
di. To‘rt-besh kishi baravariga - Huydi-huydi-o-o! -
dedi baland ovozda.
-
Ustaning uyi kuydo-o! - dedi yana kimdir kulib. 
Hamma menga pul bera boshladi. Xonani qoplagan 
tutun ichra allaqanday g ‘aroyib isni tuydim. Payg‘am- 
barimizning sunnatlari bajo keltirildi. Hammaning 
yuzida quvonch. Men xatna qilindim.

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish