N izom iy nomli
0 \ Ъ \ 2 й М
”
T D p 11
kutubxonasi
rim davomida menga sodiq va beminnat hamroh, hayot
yo‘limni yoritguvchi mayoq bo‘lib xizmat qilaveradi.
SUNNAT T O Y I
Besh yoshimda ota-onam bamaslahat menga sunnat
to‘yi qilib, qo‘limni halollab qo‘ymoqchi bo‘lishdi.
Nikoh marosimlari, ahyonda bir bo ‘ladigan xatna
to ‘ylarini hisobga olmaganda sunnat to ‘yi qilish uchun
odamlarga faqatgina bir oy, nari borsa qirq kunga ruxsat
berilardi. Avgust oyida to ‘ylar ko‘paygandan ko‘payadi.
Oshpaz, novvoy va ashulachilarning ishlari yurishib
burunlari ham birmuncha ko ‘tarilib qoladi.
Qishlog‘imizda har bir ish kattalar bilan kengashib
qilinadi. Qariyalar nima desa, aytganlari bo‘lishi shart.
Mahallaning issiq-sovug‘iga aralashmaydigan ayrim
kimsalaming marosimlariga ular bosh qo‘shishmasa,
boshqalar ham o ‘zlarini chetga oladilar. To‘yiga ham
kirmaydilar.
Bunday kunga tushib qolishdan qo'rqib, hech kim
qariyalaming izmidan chiqishni istamaydi.
Oqsoqollar bilan maslahatlashgan dadam to ‘y hara-
katiga jiddiy kirishdi. Uyimizda besh kun to ‘y bo‘ldi
desam, ishonavering. Otang oddiygina mardikor b o ‘l-
sa-yu, besh kunlab to ‘y berishga na hojat, deysizmi?
Bu borada siz haqsiz. Ammo nachora, eldan chiqib
bo‘lmaydi. Qishloqchilikning yozilmagan qonun-qoida-
lari shunday...
Birinchi kuni o‘ttiz-qirq nafar oppoq soqolli chollar
«maslahat oshi»ga yig‘ildilar. Kechga yaqin oshpaz,
novvoy yordamchilari bilan, qassob, choy qaynatuvchi,
dasturxonchi, xabarchi, xullas, hamma xizmatchilar bu
anjumanga taklif etilib, qilinadigan ishlar kelishib olin-
di. Oriyat o ‘limdan qattiq, deganlariday, rahmatli bo-
bomning o ‘miga Soyibjon tog‘am katta novvos yetak-
lab keldi.
18
Ikkinchi kuni novvos so‘yildi. Buqaning pufagini
olib, bolalar bilan talashdik. 0 ‘sha kuni katta tandir
qurildi. Uni tobga keltirish uchun ertalabgacha o ‘t
yoqildi va saharda non chiqarildi. Qishloqning har bir
xonadoniga ikkitadan non ulashib, to ‘yga xabar qilindi.
Uchinchi kuni «Sabzi archar»ga butun qishloq
ko‘chib keldi. Oltmish kilo oshga yarasha sabzi to‘g‘-
ralib, ishlar yakunlangach, dasturxonga shavla tor-
tildi. Tomoshaning kattasi ana undan keyin boshlandi.
Katta-kichik
qishloqdoshlar
ichkari-yu
tashqariga
to ‘rt-beshtadan bo‘linib sahargacha oshiq otdilar. Oxiri
mushtlashib uy-uylariga tarqaldilar. Bundan dadam ham
xursand bo‘lib: - Birov mushtlashmagan to‘y to‘ymi? -
deb kulib qo‘ydi.
To‘rtinchi kuni tongda xabarchi Oshiq buva butun
qishloqqa jar solib, nonushtaga chaqirdi. El-yurtga
ertalab sergo‘sht sho‘rva, kechki payt osh tortildi.
Tushga yaqin bir guruh ilmli mullalar kelishdi. Ular
tilovatlar qilib, «xatmi Q ur’on» bo‘ldi. Oyog‘imda qizil
etikcha, boshimda yangi do‘ppi, egnimda qiyiqchasi
ichiga gazeta buklab boylangan banoras chopon.
Yugurib charchamayman. G ‘o ‘zapoyalar ustida ikki
kishidan bo ‘lib osh yeyayotgan bolalar menga havas
bilan qaraydi. Sevinchim ichimga sig‘may sho‘xlik
qilaman. Kech soat o ‘n-o‘n birlarda kamaychi-yu
doirachilar tomga chiqib qishloq ahlini katta bazmga
chorladi. Butun qishloq uyimizga selday oqib kelaverdi.
Yerga aylantirib ko‘rpachalar solindi, o ‘rtaga yig‘ilgan
o ‘tinlar g ‘aramiga har safargiday Tug‘un tartibchi
olov yoqdi. Bazm boshlandi. Pasaya boshlagan olovga
tartibchining bot-bot solyarka sepib turishi biz bolalar-
ga cheksiz quvonch bag‘ishlardi.
Davraning ikki tomoniga chorpoya qo‘yilgan.
So‘ridagi ikki guruh hofizlar bir-birlariga gal bergilari
kelmay aylanib qo‘shiq aytadi. Sharmsiz raqqosalar
19
beo‘xshov muqomlar qilib o'tirganlardan pul yig'adi.
Bir to‘p uchar bolalaming xayoli navozandalar chak-
kasiga qistirilgan aqchada, pul yerga tushgan hamono
olib qochishga shay turishibdi. Ammo hushyor mash-
shoqlar ham bo‘sh kelishmaydi. To‘kilgan pulni dar-
rov tuflisi bilan bosib oladi. 0 ‘qday uchib kelgan ikki
bolakayning boshi to‘qnashib, pul qayerga g‘oyib
b oiganini anglolmay, hayron ortga qaytadi. Yerga
ursa osmonga sapchiydigan o ‘rtog‘im Omontoy daraxt
uchiga chiqvolib, o ‘tirgan shoxini silkib, hammani
xavotirga soladi. Shox sinib yerga tushgach, kiyimlarini
qoqib, qochib qoladi.
Qosim piyon raqqosalar bilan yayrab, maza qilib
o ‘ynaydi va har galgiday davraga xotini g ‘azab bilan
chiqadi-yu, hammasi tamom bo ‘ladi.
Eng qizig‘i, hamma to ‘ylarda boMgani kabi davrani
Parfi soqov bilan uning xotini Sharvon gung qizdiradi.
Ulaming raqsiga hamma ishqiboz. Toki bu o ‘yinchilar
davraga chiqmagunicha olomon ham qo‘zg'almaydi.
Ikkisi ham kar-soqov, qulog'iga kamay chalsangiz ham
eshitmaydi. Buni bilgan qitmir sozandalar o‘yin rosa
avjiga chiqqan mahal chalishni taqqa to ‘xtatib, o ‘zlarini
rosa berilib nag‘ma qilayotganday ko‘rsatadilar. Bu
nayrangni sezmagan er-u xotin musiqasiz chunonam
o ‘ynaydiki, asti qo‘yaverasiz. Ana kulgi-yu, mana
kulgi.
Tirikchilik tashvishlaridan charchagan qishloq ahli
shu tariqa xursandchilik qilib, ko‘ngil yozadi. Tomosha
tonggacha davom etadi.
Beshinchi kun «katta to‘y» deb hisoblansa-da, ke-
chagi charchoq, uyqusizlik odamlarga
0
‘z hukmini
o ‘tkazgani seziladi. To‘y oshini istamaygina oshayotgan
olomon tartibchining:
-
H o‘ ammasi-yu xolasi! Chibrong-a-a! - deyishi
bilan biroz jonlandi. Hamma yozilgan dasturxonga
20
pul tashlay boshladi. Tog'am meni ko‘tarib erkalatdi.
Qo‘limga pul tutqazib. uyga olib kirdi. Uyning o ‘rtasiga
yangi kobrpachalar solingan chiroyli o‘ringa meni alqab
yotqizdilar. Onajonimning ko‘zida yosh. Dadam ham
o ‘zini zo‘rg‘a tutib turibdi. Nimalar bo‘layoganiga
aqlim yetmaydi.
Oppoq soqol, yuzlaridan nur yog‘ilayotgan «chuk-
bur» usta Sotvoldi bobo meni o ‘pib. kichkina moshi-
nacha sovg‘a qildi. Derazadan o ‘rtoqlarim menga
havas bilan boqishar, ko‘zlari qinidan chiqquday b o iib
vaziyatni kuzatishardi. Kimdir isiriq tutatdi. Q ur’ondan
oyatlar o'qilib, takbirlar aytildi. Usta bobo ishga kirish-
di. To‘rt-besh kishi baravariga - Huydi-huydi-o-o! -
dedi baland ovozda.
-
Ustaning uyi kuydo-o! - dedi yana kimdir kulib.
Hamma menga pul bera boshladi. Xonani qoplagan
tutun ichra allaqanday g ‘aroyib isni tuydim. Payg‘am-
barimizning sunnatlari bajo keltirildi. Hammaning
yuzida quvonch. Men xatna qilindim.
Do'stlaringiz bilan baham: |