N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

ACHCHIQ SABOQ
Yon qo ‘shnimiz Tillo aka o ‘g ‘liga sunnat to‘yi 
qildi. Yozning avji chillasi edi o ‘shanda. Bolalar bilan 
o ‘ynab zerikdim va suv ichgani uyimizga kirdim. Uyda 
hech kim yo ‘q. Hamma to ‘yda edi. Oshxonaga kirib 
chanqog‘imni qondirdim. Beixtiyor ko ‘zim o ‘choq- 
boshida turgan gugurtga tushdi. Men qachon gugurtni 
ushlasam, onajonim qo‘limdan olib qo‘yardi. Hozir ayni 
payti. Bir-ikki dona chaqib maza qildim va nimanidir 
yondirib ko‘rgim kelaverdi.
Asta chorvoq tomon o ‘tdim. Q o‘ylar yotadigan 
bostirmaning atrofi g ‘o ‘zapoya g ‘arami bilan to ‘silgan, 
uning tomida ham bir necha yillik o ‘tin bosilgan edi. 
Odatda, onam olov yoqsa, avval o ‘tin tagiga qog‘oz 
qo‘yib o ‘t qalardi. Q og‘ozsiz ham yonarmikan? Yax- 
shisi, bir sinab ko‘rmoqchi b o ‘ldim. Gugurtni yoqib, 
issiqdan qurib yotgan, yupqagina g ‘o ‘zapoya chano- 
g‘iga tutdim.
Shu payt to‘yxonadan qo‘sh nog‘ora, kamay- 
sumaylaming o ‘ynoqi sadosi eshitildi.
-U r-r-e ! Yog‘och oyog‘-u, oto‘yinlar keldi!
Running yorug‘ligidanmi ko‘zimga olov ko‘rinmadi. 
Shoshib g ‘o‘zapoya chanog‘iga bir-ikki tufladim-da
to‘yxonaga qarab chopdim. Tomoshaning oldiga o ‘tib 
o ‘rtoqlarim davrasiga qo‘shildim. K o‘zboylog‘ichning 
og‘zidan igna chiqarishlariga mahliyo bo‘lib, maza qilib 
o ‘tirgandim birdan olomon tarqab, hamma sarosima 
bilan ko‘chaga qarab yugurdi. Pojar! - dedi bolalardan 
biri hovliqib. Yangi tomosha topilganiga suyunib, men 
ham ularga ergashdim.
27


Ko‘chaga chiqqach, ne ko‘z bilan ko ‘rayki, odamlar 
bizning uyga qarab chopishardi.
Darrov gugurt o ‘ynaganim esimga tushdi.
Osmonga ko4arilgan tutun, charsillab yonayotgan 
alanga juda vahimali ko‘rinish olgan, qo‘ni-qo‘shni 
uzoq-yaqindan to ‘yga kelgan mehmonlar paqirmi, 
tog‘orami, qo‘llariga ilingan narsani olib, o ‘tni o ‘chi- 
rishga shoshishardi. Xuddi qiyomat qoyim boiay o t- 
ganday edi. Dadam alangaga qarab karaxt ahvolda 
turar, onam esa tinmay dodlardi. Nima qilib qo‘ydim 
men ovsar.
Xayriyat, olov kuchaymasdan oldinroq qo‘shnimiz 
Eliboy aka bostirma tagida tinmay m a’rayotgan qo‘y- 
larimiz eshigini ochib tashqariga haydashga ulgu- 
rib qolibdi. 0 ‘t o ‘chiruvchi mashinaning kuchli chin- 
qirig‘ini eshitib, hammaning yuzida quvonch porladi.
Tez orada yong‘in bartaraf etildi. To‘yga kelgan 
mehmonlarning yangi ust-boshlariga qarab bo‘lmas, 
iflos va shalabbo edi. 0 ‘t o‘chiruvchilar boshlig‘i 
yong‘in qayerdan chiqqanini aniqlash maqsadida su- 
rishtiruvni boshlab yubordi. Hech ikkilanmay bolalar 
o ‘t qo‘ygan, degan to ‘xtamga kelishdi. Hamma menga 
qaradi. Men qo‘rqqanimdan qaltiray boshladim.
-
Davron biz bilan birga to ‘yda edi, - dedi o‘rtoq- 
larimdan biri.
Bu gap kattalar tomonidan ham tasdiqlandi. Eliboy 
ota, yong‘indan oldin mahallamizdagi Hayit jinnini shu 
atrofda sang‘ib yurganini aytdi. U hozir ham shu yerda 
aylanib yurar, odamlarga qarab tinmay kulardi.
0 ‘t o‘chiruvchilar ham boshlarini ortiqcha qotirib 
o ‘tirmay, aybni osongina o ‘sha begunoh jinniga yuklab 
qo‘yaqolishdi.
Ko‘zlarim hech narsani ko‘rmas, faqat qulog‘im- 
ga bolalaming: «Hayit jinni o ‘t qo‘yibdi! Jinni o ‘t 
qo‘yi'bdi!» - degan ovozlari eshitilardi xolos.
28


Negadir o ‘pkam to‘lib, yig‘lagim kelaverdi. 0 ‘zim- 
ni tutolmay, o4irgan joyimda yuzlarimni berkitib 
ho‘ngrab-ho‘ngrab yig‘ladim.
Tanish bir qo‘l boshimni silay boshladi. Darrov 
payqadim. Bu dadamning qo‘llari.
- Nega yig‘laysan? Shunday bo‘lishi kerak ekan, 
bo‘ldi. Kelgan balo shunga ursin. Uyimiz saqlanib 
qolganiga quvonsang-chi, tentakvoy. Tur o ‘mingdan! 
0 ‘g ‘il bola yig‘lamaydi!
K o‘z yoshlarimni artib, dadamga ergashar ekanman, 
uning oxirgi so‘zlari xayolimda aylana boshladi. « 0 ‘g ‘il 
bola yig‘lamaydi!»

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish