N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

«Har kim kiyom on bo
7- 
s a ja z o topqusidir!»
deya ta ’kidlamagan.
Asardagi bir epizodni aynan keltirib o ‘tsak. Bu holat 
ko‘nglida ozgina shafqati bor kishini befarq qoldirmasligi 
shubhasiz:
« - Ana, ko‘r Xalil kelyapti! - deydi kimdir.
Biz bolalar ulami jim kuzatamiz. K o‘r Xalil - novcha, 
yelkalari keng, sochlari oppoq, qirq besh yoshlar atro-
5


Nabijon aka qo‘liga dutor olib xonish boshlasa, uncha- 
muncha san’atkomi ortda qoldirishi aniq. Buni nafaqat 
men, balki qo‘shiqchilik san’ati-yu adabiyotni nozik his 
qiladigan do‘stlarimiz ham tasdiqlaydi. Xullas, Nabijon 
Qodirov havas qilsa arzigulik shinavanda ijodkor. Lekin 
hozir e ’tiboringizni yuqorida sanab o ‘tilgan iste’dod 
qirralaridan ko‘ra yorqinroq yana bir yangi sifat -
adibning «Gulyetim» nomli qissasiga qaratmoqchimiz.
Bugungi kunda o ‘qisang - k o ‘ngling yorishadigan, 
o ‘tgan fursatlaringni mazmun bilan ziynatlaydigan, kitob 
javoningga arzigulik mahzan bo ‘lib qo‘shiladigan nodir 
asarlar talay. 0 ‘zimizning yozuvchi-shoirlardan tortib 
jahon adabiyotining manaman degan namoyandalarining 
(asliyatdan tarjima qilingan) ijod namunalari ko‘p 
va xo‘b nashr etilyapti. Bir paytlar o ‘qirmanlar kitob 
kutib, qidirib qolgan bo‘lsa, ayni zamon ziyolilar kitob 
saralashga aksar vaqtini sarflayapti. Ana shunday 
muhitda Nabijon Qodirovga qissa yozishga yo‘l b o ‘lsin, 
uni o ‘qishga hafsala qayda-yu, fursat qani, degan fikrda 
qo‘lyozmani varaqladim. Lekin ishtibohlarim puch 
bo‘lib chiqdi - qissa g ‘oyatda maroq bilan o ‘qiladi. 
Nabijon akada chinakam yozuvchi nigohi bor!
Voqealar osmondan olinmagan - bolalik, o ‘smirlik 
xotiralari yurakdan o ‘tkazib yozilgan. Asardagi Ona, 
Dada, Soyibjon tog‘a, Saidxon novvoy kabi obrazlar 
ko‘nglingizdagi unutilayozgan insoniy tuyg‘ular ko‘zi- 
dan mudroqni quvadi. Qobil, Kelin, Otash, Zulumbuva 
kabi murakkab taqdirli kishilar dunyoqarashi tafakku- 
ringizga, g ‘arazlari qalbingizga yuqib qolishidan ehti- 
yotlanasiz. Qissada tulki bilan tozilar tillashgan, o ‘gri 
bilan qozilar birlashgan eski davming talato‘plarini bor 
holicha ko‘rasiz.
«Har yili paxta terimidan oldin g ‘o‘za barglarini 
to‘kish uchun dalalarga allaqanday sassiq dori sepilganda 
oq bayroq ko‘tarib samolyotga yo‘l ko‘rsatib turgan» va


shu tariqa zaharlanib erta kunda hayotdan ko ‘z yumgan 
ota fojiasi yuragingizni larzaga soladi. Ertasiga rahmi 
kelib kasal qo‘yni sotib olgan, bozori kasod ekan deb bir 
qancha keraksiz narsalami uyga ko‘tarib keladigan va 
shuning uchun odamlar «afandi» degan laqab qo‘ygan 
poycho‘kir dadasidan ayrilgan bosh qahramonni -
Davronni tirikchilik tashvishlari erta ulg‘aytiradi. 
Shunday lafzi halol dada o‘miga «morchashm»(ilon- 
k o ‘z) muttaham kimsa unga o ‘gay ota bo‘lib keladi. 
Ismi Qobil-u, qilmishi noqobil - «230 raqamidagi uchni 
ustalik bilan sakkizga aylantirishdan toymaydigan va 
shu kabi y o ‘llar bilan yulg‘ichlik qiladigan, tirikchilik 
deb har qanday pastkashlikka qo‘l uradigan о ‘gay 
otaning johilligi-yu, undan oshib tushgan Otash ismli 
o ‘g ‘lining qilmishlari o ‘spirin Davron qalbida bitmas 
chandiqlar qoldiradi...
Qissada yana bir personaj borki, uning ta ’rif-tavsifiga 
ko‘p o ‘rin ajratilmagan bo‘lsa-da, fojiaviy qismati 
bilan o ‘quvchi ko‘z o ‘ngida yaqqol gavdalanadi. Bu 
Zulum buva obrazidir. «Uzunquloq gaplarga qaraganda
yoshligida kolxozga rais b o ‘lgan, qora ot minib 
yuradigan qahri qattiq bu odamdan hamma qo‘rqib 
yashagan». U oxir-oqibat tashlandiq xonadonda xor-u 
zorlikda jon berib, jasadi mushuklarga talanadi. Shu 
kabi manzaralami o ‘qish mobaynida yozuvchi oshirib 
yubormadimikan, degan xayolga ham borasiz. Lekin, 
ming afsuski, qissadagi voqealaming aksariyati hayotiy 
asosga ega. Mirzo Bobur bejiz: 

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish