«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

 
 


323 
13.3. BURG’ qudug’ini yer ostida kapital ta’mirlash 
Qudug’ini yer ostida ta’mirlash murakkab jarayon hisoblanadi va bunday 
ta’mirlash ishlari kapital ta’mirlash idoralari tomonidan bajariladi. Mazkur idoralar 
har bir neft konlari boshqarmasida mavjud bo’lib, yuqori malakali ishchilar va 
uskunalar, kuchli traktor-ko’targichlar, burg’ilash dastgohlari, burg’ilash va tutuvchi 
asbob, sementlaydigan agregatlar va boshqa zarur asboblar bilan ta’minlanadi. 
Kapital ta’mirlash ishlariga quyidagilar kiradi: 
1) o’zga (ustki yoki ostki) suvlarni izolyatsiyalash, neftli gorizontni ishlatishni 
qaytadan tiklash yoki yuqoridagi o’tkazib yuborilgan gorizontlardan birini ishlatishga 
jalb etish (shuningdek, ostki suvlarni izolyatsiyalash) uchun ta’mirlash-
izolyatsiyalash ishlari;
2) falokatlarni bartaraf etish maqsadida quduqqa tushib ketgan temir 
predmetlarni chiqarib olish, qum bilan qisib qolingan quvurlarni bo’shatish va 
boshqa ishlarni bajarish; 
3) ishlatish quvurlar birikmasidagi nuqsonlarni bartaraf etish bilan bog’liq 
bo’lgan ta’mirlash-to’g’rilash ishlari; 
4) boshqa ish turlari 

quduq tubini tozalash, quvurlardan qo’shimcha teshiklar 
ochish va sh.o’. 
Quduqlarni kapital ta’mirlash uchun dastlab ularning geologik-texnik hujjatlari 
o’rganib chiqiladi, so’ngra bajariladigan ishlar rejasi tuziladi. Falokat yuz berganda 
ishlatish quvurlari birikmasining holati va shikastlangan jihozlar yoki o’zga 
predmetlarning joylashgan joyi aniqlanadi. Buning uchun quduq tanasi sinchiklab 
tekshiriladi. Ko’p paytlarda quduqlarning suvlanib ketishi sodir bo’ladi. Bunday 
sharoitda darhol ostki yoki begona suvlarning kirib kelayotgan joylari aniqlanadi. 
Buning uchun quduq kon va kon-geofizik metodlar bilan to’liq tekshirilib va suv 
namunasi olinib, laboratoriyada tarkibi o’rganiladi. 
Quduqqa tushib ketgan narsalarni ilintirish, ta’mirlash-izolyatsiyalash va 
ta’mirlash-tuzatish ishlarini bajarish texnikasi bo’yicha zarur ma’lumotlar neft va gaz 
quduqlarini burg’ilash va ishlatishga bag’ishlangan darsliklarda bayon etilgan. 
Quduqni ishlatishning samaradorligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa 
ishlarni loyihalashtirishda geolog hamma gazneftli mahsuldor gorizontlarning 
ishlatilish holatini, shuningdek, ayrim quduqlarning geologik-texnik holatini qat’iy 
tekshirib chiqishi shart. Bunday tadqiqotlar natijasi bo’yicha quyidagi tadbirlar 
bajariladi: 
1) ishlatilayotgan gorizont zaiflashganda quduqlarni qaytarish uchun yangi 
ishlatish ob’ektlari tanlanadi
2) agar falokatga uchragan ishlatish qudug’ini har xil usullar bilan tiklash uzoq 
vaqtga cho’zilib ketsa yoki bu ishni amalga oshirib bo’lmasa, ishlatish quduqlari 
ichidan yangi quduqlarni burg’ilash uchun ob’ektlar tanlanadi; 
3) ostki suvlardan izolyatsiyalanish metodi belgilanadi (bu faqat mahsuldor 
gorizontning ostki qismida gil qatlami bo’lganda foydali hisoblanadi); 


324 
4) mustahkamlash quvurlari birikmasidagi teshiklar sonini ko’paytirish va 
zichligini oshirish yoki ishlatish ob’ektini yiriklashtirish maqsadida quvurlar 
birikmasini perforatsiyalash ishlari bajariladi; 
5) quduq tubi zonasiga ishlov beriladi.
Gaz quduqlarini yer ostida ta’mirlash uchun ular dastlab to’xtatiladi
1)
. Bu bilan 
gaz quduqlarini yer ostida ta’mirlash neft quduqlarini ta’mirlashdan farq qiladi. 
Quduqni ishlatishdan to’xtatish uchun quvur tashqarisiga gil eritmasi haydaladi 
(qatlam bosimi katta bo’lmaganda esa suv haydash ham mumkin). Gaz quduqlarini 
ta’mirlash paytida ostki yoki o’zga suvlar paydo bo’lishi mumkin, ularni yo’qotish 
uchun quduqni sementlash yoki boshqa qatlamga ko’chirish va ta’mirlashni tugatish 
zarur bo’ladi. Asosiy vazifa quduqlarni ishlamasdan turib qolish vaqtini kamaytirish 
va ularni ishlatish koeffitsienti
2)
miqdorini 0,95 gacha etkazishdan iborat. Ostki yoki 
ayniqsa ustki suvlar qatlamni yorib chiqqanida neftni siqib qo’yadi va natijada 
quduqning ishlab chiqarish kuchi ancha kamayadi. 
Quduqdagi suvning bosimiga va undagi boshqa sharoitlarga qarab turli xil 
izolyatsiyalash ishlari bajariladi. Ustki suvlar yorib chiqqanida quvur tashqarisi 
bosim ostida sementlanadi. Quduqda ostki suvlar mavjud bo’lganda esa turli 
izolyatsiyalash usullaridan foydalaniladi: quvurning filtrli qismini yuqoridagi 
qatlarga ko’tarib, quduq tagini sementlash, qatlamga sementli eritmalar yuborish, 
qatlamni gidravlik yorish, keyinchalik qatlamlarga qovushqoq neft yuborish va 
gidravlik yorilgan intervallarni sementlash, qatlamga reagentlar kiritish. Reagentlar 
qatlam suvi bilan reaktsiyaga kirishib, gel hosil qiladi, gel suv o’tkazuvchan zonani 
jipslab berkitib qo’yadi. Keyingi paytlarda sobiq Ittifoqning sharqiy rayonlarida 
paker bilan jihozlangan quduqning o’zidan suv va neft namunasini alohida-alohida 
olishga urinib ko’rilgan. Bunday ishlar turli sharoitlarda har xil samara berishi 
mumkin. Avvalgi gorizontdan foydalanish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, quduq 
tubi berkitiladi va quduq avval tashlab ketilgan yuqoridagi gorizontlarning biriga 
ishlatish uchun o’tkaziladi. Bunday gorizontdan foydalanish mustahkamlash quvurini 
perforatsiyalash yoki torpedalash orqali amalga oshiriladi. 
Ayrim vaqtlarda, ayniqsa filtr o’lchami kichik va depressiya haddan tashqari 
katta bo’lganda, mustahkamlash quvurlarining sinib va bukilib ketishi kuzatiladi. 
Bularni ta’mirlash juda murakkab kechadi. 
Kapital ta’mirlash bo’yicha bajariladigan ishlarning ko’p qismini ishlamayotgan 
quduqlarni ifloslantiradigan predmetlardan tozalash, zichlanib qolgan qumli va gilli 
tiqinlarni bartaraf etish tashkil qiladi. 
Odatda neft konlaridagi quduqlar fondidan foydalanish koeffitsientini orttirish va 
ishlamayotgan quduqlar sonini kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi. Bunday 
vazifani bajarish uchun quduqlarni kapital ta’mirlash ishlari keng miqyosda olib 
boriladi. 
1)

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish