330
bosimining pasayishidan quduqda yuvuvchi suyuqlikning yutilishi va boshqa
murakkabliklar kelib chiqishi mumkin, bunday salbiy hodisalarning oldini olish
uchun burg’ilanayotgan quduqdagi mahsuldor qatlamni ochish texnologiyasiga
o’zgartirishlar kiritish kerak bo’ladi.
Gaz uyumlarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, gazning yuqori
darajada harakatchanligi hisobiga har bir uyum yaxlit bir gazodinamik sistemani
hosil qiladi, demak, uyumni ishlatish jarayonida uning hamma qismi o’zaro bog’liq
holda bo’ladi. Shuningdek, gaz uyumlarini ishlatishning boshqa xususiyatlariga
qatlam gazining tez harakatlanishi bilan bir qatorda quduqlar debitining kattaligi ham
kiradi, bir xil kollektorlik xususiyatlariga ega bo’lgan qatlamlardagi gaz
quduqlarining debiti neft quduqlarinikiga nisbatan ikki marotaba katta bo’ladi. Bu
hol gaz uyumini juda yuqori sur’atlarda ishlatish imkonini beradi va shu sababli
qaziladigan quduqlar to’ri zichligi neft uyumlarinikiga nisbatan kam bo’ladi.
Yuqorida qayd qilinganlardan ma’lumki, qatlam va quduq tubi bosimining
pasayishidan gaz quduqlari debiti ham kamayib boradi. Quduq debitining pasayish
jarayonida chiqarib olinayotgan gaz miqdorining uzoq vaqt o’zgarishsiz qolishini
ta’minlash maqsadida qo’shimcha quduqlar burg’ilanib, ulardan foydalaniladi.
Natijada ishlayotgan quduqlar soni ortadi. Lekin shunda ham quduqlar to’rining
o’rtacha zichligi neft uyumlarini ishlatish jarayonidagiga nisbatan kam bo’ladi.
Olinadigan gaz zaxiralarining 60-70% chiqarib olingandan so’ng odatda quduqlar
qazish to’xtatiladi.
Neft va gaz konlarini ishlatish chog’ida suvlangan quduqlarni ishlatish masalasi
turlicha hal qilinadi. Neft quduqlarida suv paydo bo’lgandan keyin ham u uzoq vaqt
ishlatiladi, olinayotgan mahsulotda suvning miqdori ortib, 95-99% ga etganda
quduqni ishlatish to’xtatiladi. Natijada suvlangan quduqlardan katta hajmdagi
yo’lakay suvlar olinadi. Suv bosimli rejimda ishlayotgan gaz uyumlarida uyumga suv
kirib kelsa va quduqda namoyonlansa, bunday quduqlar ozroq miqdorda suv olingach
to’xtatiladi. Buning asosiy sababi shundaki, gaz konlari qurilishida gazni yig’ish va
tayyorlashda uning tarkibida ko’p miqdorda suv bo’lmasligi lozim.
Gazkondensat uyumlarni ishlatish ham o’ziga xos xususiyatga ega.
Qatlamlarning tabiiy rejimidan foydalanib uyumdan gaz olishda quduq tubidagi
bosim, so’ngra qatlam bosimi ham kondensatsiya boshlanishidagi bosimdan
pasayadi. Natijada dastlab quduq tubi zonasida, undan keyin hamma joyda fazaviy
o’tish boshlanadi – kondensat gazdan suyuq holatda ajraladi va jins g’ovaklari ichiga
joylashadi, kondensatni chiqarib olish koeffitsienti qiymati pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: