«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

11-bob 
14.1. GAZ KONLARI 
 
Gaz konlarini ishlatishni loyihalashda har bir kondan bir sutkada olinadigan gaz 
miqdori asos qilib olinadi, bu esa mazkur vaqtda olinadigan gazdan foydalanish 
imkoniyatiga qarab belgilanadi. Kondan olinadigan gaz miqdori va sur’ati rejadagi 
gazoprovodlar va zavodlar qurilishiga qarab aniqlanadi. 
Shunday qilib, yangi gaz konini ishlatishning o’ziga xos tomoni qatlam-quduq-
gazoprovod-iste’molchi sistemasining uzilmas aloqasidan iborat. 
Kollektorning litologik tuzilishi bir tarkibli jinslardan tashkil topib,
o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lsa, gaz uyumining hamma qismida bosim deyarli bir xil, 
qatlamning gaz beraolish imkoniyati esa yuqori bo’ladi. 
Qatlamda uzilmali buzilishning mavjudligi va qatlamning har xil tarkibliligi, 
uyumni ishlatish jarayonida bosim notekis taqsimlangan zonalarning paydo 
bo’lishiga olib kelib, natijada uyumdan yuqori darajada gaz olish qiyinlashadi. 
Gaz uyumlarini ishlatish uchun qaziladigan quduqlar soni gazga bo’lgan ehtiyoj 
va quduqlarning mumkin bo’lgan debiti bilan belgilanadi. 
Uyumni ishlatish jarayonida gaz qatlamining muvozanat holati kam sonli 
ishlatish quduqlarini loyihalashga imkon beradi. Ularni loyihalashda qatlamning 
geologik tuzilishini, uning har xil tarkibliligini, gazlilik chegarasi va gaz-suv tutash 
yuzasi holatini hisobga olish lozim. Gazlilik chegarasiga yaqin joylarda quduq 
burg’ilash, shuningdek, qatlamni ochish jarayonida quduq tubini gaz-suv tutash 
yuzasi yaqinida to’xtatish maqsadga muvofiq emas. 
Gaz konlarini ishlatishni loyihalash xuddi neft konlarinikidek kompleks asosda 
amalga oshiriladi, ya’ni konni geologik tuzilishi o’rganiladi, gazodinamik hisob-
kitoblar, texnologik va iqtisodiy tahlillar amalga oshiriladi. 
Eng maqbul texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga va yer ostidagi boyliklarni 
muhofaza qilish shartlariga rioya qilgan holda uyumni oqilona ishlatish orqali rejada 
belgilangan gazni chiqarib olish mumkin. Kondan foydalanish chog’ida siqilgan 
gazning qatlamdagi energiyasidan oqilona foydalanish kerak. Quduq konstruktsiyasi 
va diametrini tanlash (agar zarur bo’lsa favvora quvurlari diametrini ham), quduq 
tubi zonasiga ishlov berish, gazli qatlamni to’liq ochish qatlamdagi energiyaning eng 
kam yo’qolishini ta’minlashi kerak. Bu holda eng kam depressiya bilan eng ko’p 
debitga erishish mumkin. Quduqlarni oz depressiya bilan ishlatish quduq tubi 
jinslarini buzilishining va yer osti suvlarining tortilishining oldini oladi. 
Gaz quduqlari debiti kattaligi maqsadga muvofiq, biroq bunda, quyidagi 
omillarning mumkin bo’lgan cheklovchi ta’sirini hisobga olish lozim: 
1) quduq tubi atrofidagi qatlamning emirilishini va shu munosabat bilan qum 
chiqishini, bu hodisa yer osti va erusti uskunalarining ishdan chiqishiga sabab 
bo’lishi mumkin; 


336 
2) ostki suvlar konusining quduq tomon tortilishini va ularning suvlanishini; 
3) quduq tubi zonasidagi jinslar g’ovaklarning tuz kristallari bilan bekilishini va 
loyqa bosishini; 
4) ishlatish quvurlari birikmasining etarli darajada mustahkam emasligini va 
quduq og’zidagi bosim miqdorini. 
Quduq tubi zonasi buzilishining oldini olish maqsadida quduqda eng ko’p 
depressiya hosil qilish yoki eng katta debit hajmini aniqlash uchun (ayniqsa suvning 
so’rilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar mavjudligida) kondagi quduqlarda sinov 
ishlari o’tkaziladi. 
Shuningdek, quduq tubi atrofi zonasida tuz yotqiziqlari paydo bo’lishini ham 
hisobga olish lozim, chunki bunday hodisa sodir bo’lganda jinslar o’tkazuvchanligi 
pasayadi. 
Ishlatish quvurlari birikmasi mustahkam qurilishi va uni ishlatish jarayonida 
o’ziga tushishi mumkin bo’lgan bosimga chidamli bo’lishi lozim. Agar quduq 
konstruktsiyasi va uning uskunalari to’g’ri tanlangan va texnik soz holatda bo’lsa, 
ular quduqlar debitini cheklamaydi. 
Quduq og’ziga tushadigan bosim quduqlarni ishlatish rejimi va gazdan 
foydalanish sharoiti bilan aniqlanadi. Quduq tubi zonasi qatlamining emirilishi va 
shu bilan bog’liq holda qum zarrachalari va jins bo’laklarining yer yuzasiga chiqishi, 
shuningdek, quduqlarning suv bosishiga olib keladigan ostki suvlar konusining 
tortilishi gaz quduqlari debitini cheklaydigan asosiy sabablar hisoblanadi. 
Gaz konini ishlatish tavsifi undan foydalanish jarayonida doimo o’zgarib boradi. 
Uni ishlatish va foydalanishning uchta xarakterli davri farqlanadi. 
Birinchi davr.
Gazning qatlamdagi harakati chog’ida yo’qoladigan bosimni 
to’ldirish va iste’molchiga zarur bo’lgan gazni jo’natish uchun 4-5 MPa bosimda 
gazni magistral gaz uzatgich quvuriga uzatishni ta’minlash uchun qatlam bosimi 
etarli darajada yuqori bo’ladi (debiti o’sib boruvchi davr). 
Ikkinchi
(muntazam debitli) 
davrda
qatlam bosimi gazni bosh kompressor 
stantsiyasiga (bu yerda gaz magistral gaz uzatgich quvurlari orqali iste’molchiga 
uzatiladi) uzatish uchun etarli bo’lgan darajada pasayadi. 
Uchinchi davrda
(debitning pasayishi) qatlam bosimi shu qadar kuchli 
pasayadiki, bunday bosimda gazni uzoq masofalarga (shu jumladan, bosh 
kompressor stantsiyasigacha ham) jo’natish samarasiz bo’lishi mumkin. Bunday 
holatda qazib olinayotgan gazdan mahalliy iste’molchilarni ta’minlash uchun 
foydalanish lozim. Bunda quduqdan chiqayotgan gaz debiti kamayib boradi va 
qatlam bosimi quduq og’zida atmosfera bosimiga, shuningdek, quduq tanasidagi gaz 
ustuni bosimi darajasiga teng bo’ladi. Ba’zan konni sanoat miqyosida ishlatish bu 
hodisadan ancha avval iqtisodiy samarasiz bo’lib qoladi; gazning asosiy sanoat 
miqyosidagi zaxiralari odatda gaz uyumini ishlatishning birinchi va ikkinchi davrida 
tugaydi. 
Gaz konini ishlatishni loyihalashda, quduqning mumkin bo’lgan eng ko’p 
debitini, mustahkamlash quvurlari birikmasining chidamliligini, qazib o’tilgan gaz 
qatlamlarini to’la izolyatsiyalash maqsadida mustahkamlash quvurlari orti 
bo’shlig’ida sement ko’tarilishini ta’minlaydigan eng maqbul konstruktsiyani 
yaratishni nazarda tutish lozim. 


337 
Gaz konini ishlatish va gazni iste’molchilarga jo’natish masalalari konni oqilona 
ishlatish kabi muhimdir. Gaz konini ishlatishning oqilona sistemasi qazib 
olinayotgan 1 m
3
gazga eng kam xarajat sarflagan holda yer qa’ridagi gaz zaxirasini 
iloji boricha to’la chiqarib olinishini ta’minlashi kerak. 
Sermahsulligi, yaxshi o’tkazuvchanligi, bosimli rejimi bilan ajralib turadigan 
gazli qatlamlarni gazlilik chegarasiga parallel qilib burg’ilangan quduqlar qatori bilan 
ishlatish tavsiya etiladi. Butun maydon bo’ylab tarqalgan ostki suvlar ustida 
joylashgan, kollektorlarining o’tkazuvchanligi yomon bo’lgan turli tipdagi gaz 
uyumlari uchun va massiv tipidagi gaz uyumlari uchun quduqlarning bir maromdagi 
to’rini joylashni qo’llash kerak (massiv uyumlarning gumbazida quduqlar soni biroz 
ko’payishi mumkin). 
Quduqlar orasidagi masofani tanlashda gazli qatlamning fizik xususiyatlarini 
o’rganish natijalari va quduqlarni hamda qatlam gazini tadqiq qilish ma’lumotlari 
asos qilib olinadi. SHuningdek, yillik gaz qazib olish hajmi, quduqlar debiti, 
magistral gaz o’tkazgich quvurning gaz 
o’tkazish imkoniyati va iste’mol 
ob’ektlariga gaz etkazib berish uchun 
zarur bo’lgan bosimni ham hisobga 
olish 
lozim. 
Gaz 
konlari 
uchun 
quduqlarning bir maromda joylashgan 
to’rida odatda ular orasidagi masofa 
neft konlariga nisbatan katta bo’lib, 
700-2500 m ga etadi. 
Gaz uyumlarini ishlatishda odatda 
yuqorida 
qayd 
qilingan 
omillarga 
muvofiq 
quduqlardan 
gaz 
olish 
normasini belgilash yo’li bilan debitlar 
cheklanadi. 
Gazlilik chegarasining bir tekis 
siljishini ta’minlash uchun chegara 
zonasi yaqinida joylashgan quduqlardan 
gaz 
olish 
tartibga 
solinadi. 
SHu 
maqsadda ishlatiladigan quduqlar mos 
tarzda joylashtiriladi, ish rejimi va quduqlarni ishga tushirish tartibi belgilanadi. 
Masalan, AQShda gaz olish normasi quduqlar orasidagi masofaga qarab 
belgilanadi; quduqlar orasidagi masofa 150-1000 m bo’lganda debit normalari 7-25% 
chegarada o’zgarib turadi. 
Gaz-neft uyumining gaz qalpog’ini asosiy neft zaxirasini chiqarib olmasdan 
turib ishlatishga kirishish tavsiya etilmaydi. Agar gaz qalpog’i haddan tashqari katta, 
neft hoshiyasi esa kichik bo’lsa, gaz qalpog’idan neft bilan bir paytda gaz chiqarib 
olish mumkin. Kondan bunday foydalanishda gaz qalpog’idagi gaz bilan neftning 
aralashib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak. 
Ko’p qatlamli gaz konlarida ishlatiladigan quduqlar miqdorini kamaytirish 
maqsadida bir quduqda ikkita va undan ko’proq gaz gorizontlari ayrim-ayrim 
ishlatiladi va bunda ular bir-birlaridan paker bilan ajratiladi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish