«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


partiyalari tomonidan bajariladi. Buning uchun dastlab quduq tanasining tozaligi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси


partiyalari tomonidan bajariladi. Buning uchun dastlab quduq tanasining tozaligi, 
gilli eritmaning qatlamga shimilganligi va gazlanganligi tekshiriladi va keyinroq 
quduq og’zigacha suyuqlik bilan to’ldiriladi. Teshgichlar tipi quduqning texnik 
konstruktsiyasi va mahsuldor qatlamning kollektorlik xususiyatlari to’g’risidagi 
ma’lumotlar asosida tanlab olinadi. Quvurlar birikmasidagi teshiklar zichligi 
quvurlarni perforatsiyalash va quduqlarni ishlatish bo’yicha to’plangan tajribalar 
asosida korxonaning geologik xizmati xodimlari tomonidan belgilanadi. Teshiklar 
zichligini aniqlashda quduqlarning gidrodinamik mukammalligiga qo’yiladigan 
talablarga va quvurlar birikmasining mustahkamligiga e’tibor berish kerak. Bunda 
qatlamda katta radiusli teshiklar hosil qilish muhimdir. SHuning uchun ham o’qsiz 
(kumulyativ) perforatsiyalashni keng miqyosda ishlatish zarur. 
Quduqda torpedalash ishlari faqat pastdan yuqoriga yo’nalishida bajariladi. 
Perforatsiyalash va torpedalash ishlarini bajarayotganda texnika va yong’in 
havfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilinishi lozim. 
Qatlamni gidravlik yorish jarayonida unda ko’pdan-ko’p yoriqlar hosil bo’ladi. 
SHuning uchun ham quduq tubi zonasida (va undan uzoqlashganda) qatlamning 
o’tkazuvchanligini va ishlatish quduqlarining joriy debitini oshirishda bu samarali 
metod hisoblanadi. Ko’p paytlarda qatlamning o’tkazuvchanligini oshirish zarur 
bo’ladi. Buning uchun qatlamda yoriqlar hosil qilishga to’g’ri keladi. Qatlamda 
yoriqlar hosil qilish uchun gidrostatik bosimdan 1,5-2 marta ortiq bosim ostida 
quduqqa qatlamda yoriq hosil qiladigan suyuqlik haydaladi. 


327 
Quduq tubidan eng uzoq masofaga tarqaladigan, kengligi katta bo’lgan 
yoriqlarni hosil qilish eng ko’p foyda keltiradi. Shu maqsadda yuqori bosim ostida 
katta hajmdagi, yoriq hosil qiladigan suyuqlik qatlamga haydaladi va hosil bo’lgan 
yoriqlar yirik donali qum bilan to’ldiriladi.
Gidravlik yorishning texnologik jarayonini loyihalashtirishda yoriqlarga 
to’ldiradigan yirik donali qumning miqdori, quduqqa haydaladigan ishchi va 
bosuvchi suyuqliklar hajmi belgilanadi.
Tog’ jinsining darzlilik darajasiga qarab qumning miqdori belgilanadi. Bo’sh 
darz ketgan jinslarga odatda qariyb 4-5 t, kuchli darzlangan jinslarga esa 10-20 t va 
undan ortiq qum haydaladi. Quvurlar birikmasining sig’imiga va qumning 
suyuqlikdagi mumkin bo’lgan kontsentratsiyasiga qarab ishchi suyuqlikning hajmi 
aniqlanadi. Quduq tubida qumning bir qismining qolib ketishining oldini olish uchun 
haydaladigan suyuqlikning hajmi quvurlar birikmasining sig’imidan 40-50% ortiq 
qilib olinadi. Ammo quvurlar sig’imiga teng hajmda suyuqlik haydalgandan so’ng 
qum quduq devoridan surilib ketishi mumkin. Buni bartaraf etish uchun qumni 
quduqqa haydash sur’ati ancha kamaytiriladi. 
Qatlamning qumni yutadigan zonasini aniqlash uchun unga haydalayotgan 
qumning oxirgi bir qismi temirning radioaktiv izotoplari bilan faollashtiriladi. Ishchi 
suyuqlik sifatida suv-neftli yoki neft-kislotali emultsiyalarni ishlatish tavsiya etiladi. 
Bular qumning kontsentratsiyasini 500 g/l gacha etishiga imkon beradi va qatlamni 
gidravlik yorish bo’yicha qilinadigan ishlarning tannarxini ancha kamaytiradi.
Gidravlik yorishning samaradorligi quduqlarning mahsuldorlik koeffitsientining 
vaqt mobaynida o’zgarishi bo’yicha baholanadi. Agar mahsuldorlik koeffitsientining 
miqdori yorish ishlari bajarilgandan keyingi davrda qiymatdan yuqori bo’lsa ham 
gidravlik yorish imkoniyatlarini tugagan, deb hisoblab bo’lmaydi.
Qatlamlarning gidravlik yorish kam debitli ishlatish quduqlarining debitini 
oshirish (shuningdek, haydash quduqlarining suyuqlik qabul qilib olishini 
ko’paytirish) uchun eng kuchli vosita hisoblanadi. 
Quduqlarning kam debitli bo’lishiga quyidagi tabiiy omillar sabab bo’ladi: 1) 
quduqlarni burg’ilash yoki qatlamlarni ochish jarayonida uning gillanishi; 2) quduq 
tubida qumli yoki gilli tiqinning hosil bo’lishi; 3) quduqni ishlatish davrida suvlanish 
tillari yoki konuslarining paydo bo’lishi. 
Bosimi kam bo’lgan qatlamlarni loylanishdan saqlash uchun ularni ochishda suv 
bera olishi kam bo’lgan gilli va neftli eritmalar yoki neft bilan yuviladi. Neftli qatlam 
ochilgandan keyin uning gilli eritma bilan o’zaro ta’sirda bo’lgan vaqti juda kam va 
faqat rejalashtirilgan texnik operatsiyalarni bajarish uchun etarli bo’lishi kerak. 
Burg’ilash jarayonida ishlatilayotgan neftli gorizontlarga gilli eritmaning ko’p 
miqdorda shimilishi ishlatish quduqlarining loylanishiga va ular debitining keskin 
kamayishga sabab bo’ladi. SHuning uchun bunday holatlarda qo’shni quduqlar 
qazilib bo’lgunga qadar ularga yaqin joylashgan ishlatish quduqlari to’xtatib turiladi 
yoki ishlatilayotgan qatlamni to’sish uchun quduqqa oraliq quvurlar birikmasi 
tushiriladi.
Agar quduqni ishlatish paytida unga qatlamdan ko’p miqdorda qum yoki gil 
bo’lakchalari kelib tushib, tiqinlar hosil qilsa hamda quduqning debitini kamaytirib, 
turli asorat va nuqsonlarni keltirib chiqarsa, u holda quduq tubi zonasi kimyoviy usul 


328 
bilan mustahkamlanadi va qum-sementli aralashma bilan qotiriladi hamda teshikli 
yoki yoriqli filtrlar ishlatiladi. 
Shuni nazarda tutish lozimki, vaqt o’tishi bilan neft uyumlarining tabiiy tugab 
borishi va quduqlar debitining kamayishi muqarrardir. Bunday sharoitda quduqni 
kam debitli davrini imkon qadar kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning 
uchun quduqlar unumdorligini oshirish maqsadida turli tadbirlar amalga oshiriladi. 
Jumladan, erigan gaz rejimdagi va gaz qalpoqli rejimdagi qatlamlarga kislotali va 
qizdirilgan kislotali ishlov beriladi. Shuningdek, quduqni perforatsiyalash, 
torpedalash, qatlamni gidravlik yorish va boshqa metodlar qo’llaniladi. Suv bosimli 
rejimdagi qatlamlarda esa, qayd etilganlaridan tashqari, uyumdan foydalanishning 
to’rtinchi bosqichida ishlatish jarayoni jadallashtiriladi (12-bob, 2-§ ga qarang). 
Neftni to’liq chiqarib olishda kam debitli quduqlar fondining ahamiyati juda 
ulkandir. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish