«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

 
13.2.3. Shaxta metodi 
 
Neftni shaxta metodi bilan olish uni yer osti tog’ inshootlari yordamida chiqarib 
olishga asoslangan. Ma’lumki, yer osti tog’ inshootlari odatda qattiq foydali qazilma 
konlaridan qattiq ma’danlarni olishda ishlatiladi. Bunday ishlatish metodi bilan neft 
olish uchun yer osti drenaj inshootlari (odatda quduqlar bilan birgalikda) barpo 
etiladi, ulardan neft oqib chiqadi, ba’zan neftli tog’ jinslari chiqarib olinib, ularga 
ishlov beriladi va ulardan (ekstraktsiya qilinib), ya’ni eritib neft ajratib olinadi. 
Ekstraktsiya bu suyuq yoki qattiq moddalar aralashmalarining turlicha ta’sir 
qiluvchi erituvchilar yordamida ajralish jarayonidir. Ekstraktsiyaning fizik mohiyati 
suyuq yoki qattiq fazadagi moddadan ajralayotgan moddaning o’zaro ta’sir doirasida 
suyuq holatga o’tishida ko’rinadi. Qattiq fazadagi modda ekstraktsiyasi 

yosh tog’ 
jinslarini bituminologik tahlil usullaridan biri hisoblanadi. Xloroform va spirtbenzol 
yordamida 
bosqichma-bosqich 
bajariladigan 
ekstraktsiya 
xloroformli 
yoki 
spirtbenzolli ekstrakt olishda ishlatiladi. Shuningdek, ularni qayta ishlash natijasida 
jinslardagi organik moddalarning harakatchan komponentlari hamda neytral (A 
bitumoid) va nordon (S bitumoid) bitumoidlar miqdori aniqlanadi. 
Neftli tog’ jinslari chiqarib olinadigan har bir shaxta ikki tanadan 

bosh (u 
orqali neft ko’tariladi) va yordamchi (u orqali odatda havo tozalanadi) tashkil topgan. 
Neftli shaxtalarni yong’indan saqlash uchun ular beton bilan mustahkamlanadi. 
Shuning uchun shaxtalar aylana shaklida bo’lib, diametri 2,2-4,5 metrga teng bo’ladi. 
Neftli qatlamni drenajlash jarayoni quyidagicha kechadi: 
1) neftli qatlam bo’yicha o’tkazilgan shtreklar yordamida; 
2) shtreklardan neftli qatlamga o’tkazilgan ariq va quduqlar orqali. Quduqlar 
ko’pincha quruq 

bo’sh qatlamning ustki qismida yoki tagida joylashadi; 


321 
3) qatlamning ustki qismida yoki tagida quruq 

bo’sh jinslarda joylashgan tog’ 
inshootlaridan turib, neftli qatlamga tik va qiya burg’ilangan yer osti quduqlari 
orqali; 
4) yer osti kameralaridan turib neftli qatlam bo’ylab qazilgan uzun gorizontal 
quduqlar yordamida. 
Neftli qatlamni drenajlashning birinchi ikki usuli Frantsiyadagi Peshelbronn 
konida va sobiq Ittifoqning YAreg konida amalga oshirilgan. Neft qatlamiga nisbatan 
30-35 m yuqorida joylashgan tik qiyalangan quduqlar kusti yordamida neft uyumi 
sizdirilib, shaxta metodi bilan neft olingan. Drenajlash yo’li bilan olingan neft 
quduqdan kollektor ariqlariga oqiziladi. Bular orqali neft yer osti sig’imlariga oqib 
boradi, so’ngra ulardan yer yuzasiga nasoslar yordamida chiqarib olinadi. 
Keyinroq Rossiyada neftchilar shaxtali ishlatish sistemasini yaratdilar. Bunda 
qatlam yassi qiyalangan (yuqoriga tomon), uzunligi 350 metrgacha bo’lgan quduqlar 
orqali sizdirilgan. Bunday sharoitda neft qatlam ostida joylashgan kameralarga oqib 
boradi va keyinroq u yer yuzasiga tortib olinadi. Mazkur sistema tog’ inshootlarini 
qurish hajmini ancha kamaytirishga, neftning quduqqa oqib kelishini ko’paytirishga 
va neftni shaxta metodi bilan chiqarib olish samaradorligining yuksalishiga olib 
keldi. 
Shaxta metodida quduqlarni burg’ilash uchun gidravlik uzatmali PBS

2G 
burg’ilash stanoklari ishlatiladi. Quduqlar 76,2-101,2 mm diametrda burg’ilanadi. 
Uyumni shaxta metodi bilan ishlatishda ventilyatsiyaga alohida e’tibor berish 
kerak. Neft olinadigan shaxtada ishlaydigan har bir ishchi uchun sarf bo’ladigan 
havoning normasi ko’mir shaxtasidagidan ikki baravar ortiq bo’lishi kerak. Neft 
shaxtasida ishlash paytida yong’in va texnika havfsizligi qoidalariga qat’iy rioya 
qilish lozim. 
Ozarbayjonda yer yuzasida ochilib yotgan smolalangan qumlarni ishlatishda 
ochiq tog’ inshootlaridan muvaffaqiyatli foydalanilgan. Bunday qumlar tajriba termik 
qurilmasida qayta ishlanib, neftli jinsdan neft to’liq ajratib olingan. 
Nefti tugayotgan konlardan quyidagi geologik sharoitlarda shaxta metodi bilan 
neft olish mumkin: qatlamlar unchalik katta bo’lmagan chuqurlikda joylashgan 
bo’lganda, ishlatish quduqlari bilan uyumni ishlatishda quduqning debiti kichik va 
suvning miqdori kam va sh.o’. sharoitlarda, ayrim paytlarda esa shaxta metodi yangi 
konlardan foydalanish boshlangan vaqtdan qo’llanilishi mumkin. 


322 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish