«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

 
 
 
 
 


310 
 
13-bob 
ESKI MAYDONLARDAGI NEFTLI QATLAMLARNI
OXIRIGACHA ISHLATISH, BURG’ QUDUQLARINI
TA’MIRLASH VA KAM DEBITLI QUDUQLAR 
 FONDIDAN FOYDALANISH 
 
Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha, neft zaxiralarining 
ancha qismi eski maydonlardagi qatlamlarda qolib ketadi, shuning uchun bu 
maydonlardagi qatlamlarni oxirigacha ishlatish muhim ahamiyatga ega. Bunday 
ishlar Ozarbayjon, Grozniy, Krasnodar o’lkasi, Emba, O’zbekiston va b. joylardagi 
neft konlarida bajarilmoqda. 
Kam debitli (sutkasiga 5 t neft olinadigan quduqlar) konlarni oxirigacha 
ishlatishni loyihalashtirishda muayyan murakkabliklar paydo bo’ladi. 
 
13.1. Eski maydonlardagi neftli qatlamlarni 
oxirigacha ishlatish 
 
Eski, ya’ni avval ishlatilgan konlarni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda, 
birinchi navbatda undan qanday foydalanilganligini puxta tahlil qilib chiqish kerak 
(12-bob 12.1 mavzuga qarang). Bunday tahlil asosida qazilgan quduqlarni avval qay 
darajada ishlatilganligini inobatga olgan holda loyiha tuziladi. Loyihani tuzishda 
quduqlar fondining xaritasidan foydalaniladi. Xarita qatlamning ustki qismining 
strukturaviy xaritasi hisoblanib, unda quduqlarning quyidagi toifalari shartli belgilar 
bilan ko’rsatiladi: 
1) ishlatilayotgan quduqlar; 
2) burg’ilanayotgan quduqlar (shuningdek, chuqurlashtirish va qaytarish ishlari 
olib borilayotgan quduqlar alohida ko’rsatiladi); 
3) o’zlashtirilayotgan quduqlar (burg’ilangan, ammo xanuzgacha ishga 
tushirilmagan); 
4) yuqoridagi qatlamdan pastdagi qatlamga tomon chuqurlashtiriladigan 
quduqlar; 
5) pastki qatlamdan yuqoridagi qatlamga qaytariladigan quduqlar; 
6) 
konni 
oxirigacha 
ishlatish 
uchun 
tanlangan 
sistemaga 
muvofiq 
loyihalashtirilayotgan quduqlar. 
Qatlamning ishlatish holatini aks ettiruvchi dastlabki tuzilgan reja-
diagrammani nazarda tutgan holda, quduqlar fondi xaritasi tuziladi (12-bob 1-§ ga 
qarang). Qatlamni oxirigacha ishlatish bo’yicha tuzilgan loyihani amalga oshirishda 
qazilib bo’lingan quduqlar holatini, neftlilik va gazlilik chegarasining siljish tezligini 
hamda ayrim uchastkalardagi qatlamlarning geologik xususiyatlarini inobatga olish 
zarur. 
Qatlamni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda quyidagi asosiy qoidalarga 
amal qilinadi: 


311 
1) qatlamni oxirigacha ishlatishda unga ta’sir etadigan jarayonni loyihalashtirish 
mumkinligi va zarurligini inobatga olish; 
2) qatlam oxirigacha ishlatilganda zaiflashgan quduqlar tanasidan ikkinchi 
quduqni burg’ilash; 
3) bir qancha mahsuldor qatlamlar mavjud bo’lganda mazkur qatlamni 
oxirigacha ishlatishda yuqoridagi qatlamlarni ham oxirigacha ishlatilishini hisobga 
olish; 
4) yangi quduqlarni loyihalashtirishda quduqlar to’rining zichlashishi natijasida 
quduqlarning o’zaro ta’sirini, shuningdek, qatlamning yakuniy neft beraolishlik 
koeffitsientiga ham ta’sirini hisobga olish; 
5) quduqni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda uning unumdorligini oshirish 
maqsadida qatlamni gidravlik yorish, quduq tubi zonasiga tuz kislotali ishlov berish 
va quduqni ishlatishning jadallashtirish bo’yicha tadbirlarni belgilash kerak. 
Qatlamni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda quyidagi vazifalar muhim 
hisoblanadi: 
1) quduqlarda tiqin hosil bo’lishi va ularning muddatidan ilgari suvlanib ishdan 
chiqishiga qarshi samarali tadbirlar ishlab chiqish orqali ishlatish quduqlarining 
mavjud fondini saqlab qolish; 
2) qatlamni litologik-fizik xususiyatlarini inobatga olgan holda qatlamga ta’sir 
etishning loyihalashtirishni maqsadga muvofiqligini ko’rib chiqib, agar bunday ishlar 
bajarilmagan bo’lsa, qoldiq neftni chiqarib olish uchun quduqlar to’rini birmuncha 
zichlashtirish. 
Uyumni oxirigacha ishlatish loyihasini tuzishda uyumning o’tgan davrlarda 
ishlatilishidan olingan kon-geologik ma’lumotlarni sinchiklab tahlil qilish lozim. 
Bunga 
quyidagilar 
mansub: 
qatlamlarni 
litologik-stratigrafik 
jihatdan 
o’zgaruvchanligi, qatlam tarkibining har xilligi (uzuq-uzuqliligi, tabaqalanganligi, 
qatlanishi, qumliligi), qatlamda neftni joylashish sharoiti (neftga to’yinganligi, 
zaxiralarni ishlatilganlik darajasi), filtratsion xususiyatlari (o’tkazuvchanlik, suv 
o’tkazuvchanlik), qatlamlar va suyuqliklarning fizik-kimyoviy xususiyatlari (neftning 
qovushqoqligi, fazaviy o’tkazuvchanligi, jinslarning xo’llanishi va b.). 
Uyumni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishdan avval qabul qilingan 
texnologik sxemaga binoan hisoblab topilgan neft beraolishlik koeffitsienti asosida 
neftning balans va chiqarib olinadigan qoldiq zaxiralarini aniqlash lozim. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish