352
koeffitsienti
4
oralig’idagi statistik bog’liqlikni tahlil
va hisob-kitob qilishga
asoslangan.
Volga-Ural
neftgazli
provintsiyasining
ayrim
konlarining
texnologik
ko’rsatkichlarini rejalashtirishda uyumning ishlatishning aniq sharoitlarini tahlil
qilishga asoslangan metodlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Bu metodlarning
mohiyati quyidagicha: konni ishlatishning o’tgan
davridagi aniq texnologik
ko’rsatkichlari oralig’idagi bog’liqlik tadqiq qilinadi; loyihadagi va haqiqiy
ko’rsatkichlar
nomuvofiqligi
sabablari
va
miqyosi
aniqlanadi;
loyiha
ko’rsatkichlarini uyumni ishlatishning aniq geologik-texnologik
sharoitlariga
muvofiqlashtirish uchun ularga kelajakda kiritiladigan tuzatishlar aniqlanadi.
Ochilgan, lekin ishlatish boshlanmagan konlardan neft qazib olishni aniqlash
murakkabroq. Ushbu konlar bo’yicha istiqbolli rejalashtirishdagi loyihaviy
ko’rsatkichlar razvedka quduqlaridan hamda o’xshash
konlardan olingan statistik
ma’lumotlar bo’yicha belgilanadi va bu ma’lumotlar ekstrapolyatsiya qilinadi.
Ochilmagan (yangi) konlar bo’yicha zaxiralarni hisoblash o’xshash konlarni
o’rganish yo’li bilan olib boriladi va bunda zaxiralarining zaruriy o’sishini ta’minlash
maqsadida neft uchun chuqur razvedka burg’ilashlarining zaruriy hajmi hisobga
olinadi. Shu maqsadda chuqur razvedka burg’ilashlari hajmi va zaxiralarning o’sishi
o’rtasidagi bog’liqlik aniqlanadi hamda kelajakda amalga
oshiriladigan ishlarning
samaradorligini ta’minlaydigan tuzatishlar hisobga olinadi (15.1-rasm).
Zaxiralarning o’sishi chuqur razvedka burg’ilashlari hajmiga bog’liqligi
ma’lumotlariga asoslanib har bir yangi neft-gazli rayonning yaxlitlangan
ko’rsatkichlari hisoblanadi, bunda uning regional xususiyatlari
va mazkur region
uchun belgilangan debitning o’zgarish koeffitsienti hisobga olinadi.
Istiqbolli rejalashtirishning muhim bo’limlaridan biri neft konlarida zamonaviy
fan va texnika yutuqlaridan foydalanishni bashoratlashdan iboratdir. Sohani
yuksaltirishning istiqbolli rejalarida fan va texnika
taraqqiyotining eng yirik
dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish belgilanishi kerak. Geologik razvedka ishlari
sohasida yangi neftgazli provintsiyalarni aniqlash, yanada chuqurroq joylashgan
stratigrafik majmualarda va shelflarda neft izlash, izlanish va razvedkaning geofizik
metodlarini
takomillashtirish, neft konlarini izlashda aero va kosmik tadqiqotlardan
foydalanish muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: