Fizikaviy
kimyo moddalarning xossalarini, ularning tuzilishini va kimyoviy
reaksiyalarning borishini fizika vositalari yordamida tekshiradigan fan bo‘lib, natijalarni,
ko‘pincha, matematik usulda ifodalaydi. M. V. Lomonosov moddalarning saqlanish qonunini
kashf etgandan keyin kimyo faniga tarozida tortish usuli kiritildi va kimyo bilan fizika o‘rtasida
mustahkam aloqa bog’landi. Lomonosov 1752—1753 o‘quv yilida Peterburg universitetida
dunyoda birinchi bo‘lib fizikaviy kimyo kursidan ma ’ruza o‘qidi va laboratoriya tashkil qildi. U
fizikaviy kimyoning asosiy vazifalarini k o‘rsatdi, gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi
va eritmalar haqidagi ta’limotga asos soldi. Lomonosov birinchi bo‘lib fizikaviy kimyodan
asar yozdi va uni «chin fizikaviy kimyo kursi» deb atadi. Bu asarda fizikaviy kimyoga
quyidagicha ta’rif’berdi: «Fizikaviy kimyo aralash (murakkab —avtor) jismlarda kimyoviy
operatsiyalar vaqtida bo‘ladigan hodisalarni fizika qonun qoidalari va tajribalari asosida izohlab
beruvchi fandir».
Lomonosovning fizikaviy kimyo sohasidagi ilmiy ishlari
uning materialistik dunyo
qarashidan kelib chiqadi; u Rossiyada ilmiy materializmga birinchi bo‘lib asos soldi; u butun
olam materiyadan iborat va materiya harakatsiz bo‘lolmaydi, degan fikrni birinchi marta
bayon etgan, fan bilan amaliyot va ishlab chiqarish o‘rtasida uzviy bog’lanish borligini
ta’kidlagan edi. N. N. Beketov 1860 yildan boshlab Harkov universitetida «Fizikaviy va
kimyoviy hodisalar o‘rtasidagi munosabat» degan kursdan, 1865 yilda esa «Fizikaviy kimyo»
kursidan ma’ruza o‘qidi. Moddalarning kimyoviy tuzilishi haqidagi ta’limotni
rivojlantirishda A. M. Butlerovning xizmati katta bo‘ldi. U 1861
yilda organik
moddalarning tuzilish nazariyasini yaratdi. Shu vaqtdan boshlab organik kimyo muayyan
nazariya asosida rivojlanib kelmoqda.
Fizikaviy kimyoni rivojlantirishda mashhur rus olimi D. I. Mendelevning xizmati kattadir.
U elementlarning davriy sistemasini tuzdi, eritmalar nazariyasini yaratdi, moddalar kritik
temperaturaga ega ekanligini oldindan aytib berdi. Fizikaviy kimyo faqat XIX asr oxiridan
boshlab mustaqil
fan sifatida rivojlandi, chunki ana shu davrga kelib fan bilan ishlab
chiqarish o‘rtasida mustahkam aloqa bog’landi.
V.Gibbs, V. Nernst va G. L. Gelmgols XIX asrning oxirida termodinamika
prinsiplarini kimyoviy jarayonlarga tatbiq qildilar. 1885 yilda Vant-Goff eritmalarning osmotik
nazariyasini, 1887 yilda Arrenius elektrolitik dissotsilanish nazariyasini kashf etdilar. Xuddi
shu yili Ostvald bilan Vant-Goff nemis tilida «Fizikaviy kimyo» jurnalini chiqara
boshladilar. Fizikaviy kimyoni rivojlantirishga rus olimlaridan N. A. Menshutkin, V. F.
Aleksev, V. F. Luginin, D. P.
Konovalov, V. A. Qistyakovskiy, T. Ye. Lovits, G. I. Gess va
boshqalar ham o‘z hissalarini qo‘shdilar. XX asrning boshlarida N. S. Kurnakov, I. A. Kablukov,
V. A. Kistyakovskiy, N. A. Shilov va L. V. Pisarjevskiy asarlari fizikaviy kimyoning
ayrim sohalarini rivojlantirishda katta rol o‘ynadi.
Hozirgi zamon fizikaviy kimyosini taraqqiy ettirishda Nobel mukofoti laureati
akademik N. N.
Semyonov, akademik A. H. Frumkin, akademik P. A. Rebinder, akad. V. A.
Kargin kabi sovet olimlarining xizmatlari katta bo‘ldi. Fizikaviy kimyo sohasida g’oyat katta
yutuqlar qo‘lga kiritildi. Talab qilingan xossalarga ega bo‘lgan materiallar olishda, aralash
moddalarni bir -biridan ajratishda, chala o‘tkazgichlar sanoatining rivojlanishi
bilan nihoyatda
toza moddalar olishda, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda, qishloq xo‘jaligini
kimyolashtirishda fizikaviy kimyo katta rol o‘ynadi.
Fizikaviy kimyo biologiyada ham katta axamiyatga ega, chunki biolog olimlar o‘z ilmiy
ishlarida fizikaviy kimyoning eksperimental metodlaridan va nazariyalaridan keng
foydalanadilar. Metallurgiya agregatlarida sodir bo‘ladigan kimyoviy
jarayonlar nazariyasini
yaratishda va bu jarayonlarning tezligini hisoblashda, ularning unumdorligini oshirishda
fizikaviy kimyo katta rol o‘ynaydi. Barcha fanlar kabi, fizikaviy kimyo ham dialektik
materializmga tayanadi va kishilar ongida materialistik dunyoqarashni shakllantirish uchun
zarur bo‘lgan ilmiy materiallar beradi. Fizikaviy kimyoning quyidagi asosiy bo‘limlari: 1)
moddalarning tuzilishi haqidagi ta’limot, 2) gaz, suyuqlik va
qattiq jismlar haqidagi ta
’limot, 3) eritmalar haqidagi ta’limot, 4) kimyoviy reaksiyalarning tezligi va kataliz, 5)
elektrokimyo, 6) termokimyo va termodinamika, kimyoviy muvozanat, 7) fotoximiya, 8 )
adsorbsiya hodisalari haqidagi ta’limot bo‘limlari bor. Fizikaviy kimyo bilan bir qatorda kolloid
kimyo ham rivojlanib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: