8-Mavzu. Fizik kimyo predmeti. Termodinamika asoslari. Termokimyo Reja



Download 462,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana29.04.2022
Hajmi462,55 Kb.
#591206
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-лексия

MODDALARNING ISSIQLIK SIG’IMI. 
Moddani 1° isitish uchun ketgan issiqlik miqdori shu moddaning issiqlik sig’imi deyiladi.
1 g moddani 1° isitish uchun ketgan issiqlik miqdori shu moddaning solishtirma issiqlik 
sig’imi deyiladi. 1 gramm-molekula moddani 1° isitish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdori shu 
moddaning molyar issiqlik sig ’imi deb, 1 gramm atom moddani 1° isitish uchun zarur
bo‘lgan issiqlik miqdori esa shu moddaning atom issiqlik sig’imi deb ataladi. 
Moddalarning issiqlik sig’imi (xuddi solishtirma og’irligi, qaynash temperaturasi va 
hokazolari kabi) juda muhim fizikaviy xossalaridan biridir. Moddalarning issiqlik sig’imiga
oid ikkita empirik qoida bor, bulardan biri, Dyulong—Pti, ikkinchisi Kopp—Neyman 
qoidasidir. Dyulong—Pti qoidasiga ko‘ra, qattiq holatda olingan elementlarning atom issiqlik 
sig’imi taxminan 6,4 kkal ga teng. Bu qoida temperatura o‘zgarishi bilan issiqlik sig’imi
o‘zgarishini hisobga olmaydi; shuning uchun har qaysi element ma ’lum temperaturalar 
chegarasidagina Dyulong—Pti qoidasiga bo‘ysunadi. Kopp—Neyman qoidasiga muvofiq,
qattiq xolatdagi murakkab moddalarning molyar issiqlik sig’imi ularning molekulalari 
tarkibidagi elementlarning atom issiqlik sig’imlari yigindisiga teng. Moddalarning molekulyar 
issiqlik sig ’imini hisoblashda, ko‘pchilik elementlar uchun, atom issiqlik sig’imi qiymatini 6,4 
deb olish mumkin, lekin tajribadan ma’lum bo‘lishicha, N, V, S, O, F, Si, P, S lar uchun
jadvaldagi qiymatlardan foydalanish kerak. 


TERMODINAMIKANING IKKINCHI QONUNI. 
Tabiatda sodir bo‘ladigan hodisalarni kuzatish natijasida ular ma ’lum yo‘nalishda bo‘ladi
degan xulosa chiqarish mumkin. Masalan, issiqlik hamma vaqt issiqroq jismdan sovuqroq
jismga o‘tadi; suv baland joydan past joyga oqadi; bir gazga boshqa gaz qo‘shilsa, bu 
gazlar o‘zaro aralashib ketadi; elektr yuqori potentsialdan past potentsialga ko‘chadi. Ish
issiqlikka bevosita aylanadi (masalan, ishqalanish), lekin issiqlikni ishga aylantirish uchun
qo‘shimcha mexanizm kerak, shunda ham issiqlikning bir qismi ishga aylanmay qoladi va 
hokazo. Bu hodisalarning xammasi ham o‘z-o‘zicha sodir bo‘ladi, lekin ular teskari tomonga 
bormaydi. Bu hodisalarning hammasi qaytmas hodisalardir. Masalan, suv pastdan balandga 
oqmaydi, issiqlik sovuq jismdan issiq jismga o‘tmaydi; baholanki, issiqlikning sovuq
jismdan issiq jismga o‘tishi termodinamikaning birinchi qonuniga xilof emas, chunki bu
hodisa energiyaning saqlanish qonuniga zid kelmaydi. Demak, termodinamikaning birinchi 
qonuniga asoslanib, hodisalarning yo‘nalishi haqida fikr yuritib bo‘lmaydi. Bu masalani 
termodinamikaning ikkinchi qonunigina hal qila oladi. Bu qonunni bayon qilishda energiyaning 
hamma xillari ham ikki ko‘paytiruvchidan iborat: ko‘paytma orqali ifodalana olishini nazarda 
tutish kerak. Bu ko‘paytuvchilardan biri intensivlik faktori, ikkinchisi sig’im faktoridir. Masalan, 
mexanikaviy energiya A = F · S bilan; ifodalanishi mumkin. Bu yerda intensivlik faktori kuch 
— F va sig’im faktori masofa — S dir. Elektr energiyasining intensivlik faktori kuchlanish, 
ya’ni potentsiallar ayrimasi, issiqlik energiyasining intensivlik faktori esa temperaturadir. 
Issiqlik hamma vaqt yuqori temperaturali jismdan past temperaturali jismga o‘tadi va bu jarayon
ikkala jismning temperaturasi tenglashguncha davom etadi. Energiyaning boshqa turlarida ham 
shu hodisaning xuddi o‘zini ko‘rish mumkin; bu hollarda jismlardagi energiyaning intensivlik 
faktorlari bir biriga tenglashadi. Shundan s o‘ng sistema termodinamik muvozanatga keladi. 
Demak, izolyatsiyalangan har qanday sistema o‘z-o‘zicha muvozanat holatiga o‘tish 
uchun intiladi. Bu xulosa termodinamikaning ikkinchi qonuni uchun umumiy ta’rif bo‘la oladi. 
Muvozanatga kelgan sistema o‘z-o‘zicha harakat qila olmaydi, shu sababli, undan ish olish 
uchun (boshqa energiya sarf qilmay turib) foydalanib bo‘lmaydi. Termodinamikaning birinchi
qonuniga muvofiq, o‘z-o‘zicha abadiy ishlaydigan mashina (birinchi xil abadiy dvigatel)
ko‘rishi mumkin bo‘lmaganidek, ikkinchi qonuniga muvofiq, bir xil temperaturaga ega bo‘lgan 
muhit issiqligi hisobiga uzluksiz ishlaydigan mashina (ikkinchi xil abadiy dvigatel) qurish ham 
mumkin emas. 

Download 462,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish