7-sinf Algebra
Kombinatorika elementlari bobiga doir testcha.
1.
5 ga bo‘linadigan 6 xonali sonlar nechta?
A) 18 · 10
4
; B) 9 · 10
4
; C) 5 · 6!; D) 6 · 5
4
.
Yechish: 6 xonali son tuzish uchun 6 ta o’ringa raqamlarni joylashtirish kerak, 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 –
raqamlari mavjudligini bilamiz. 1-o’rinda 9 (0 dan tashqari) ta, 2-o’rinda 10 ta, 3-o’rinda 10 ta, 4-o’rinda 10 ta,
5-o’rinda 10 ta, 6-o’rinda esa 0 va 5 joylashishi kerak(5 ga bo’linishi uchun), ya’ni 2 ta.
Jami 9
10
10
10
10
2=18
10
4
ta.
2.
Raqamlar takrorlanishi mumkin bo‘lsa, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 raqamlardan nechta 5 xonali son tuzish mumkin?
A) 8
5
; B) 5
8
; C) 8
2
· 5
3
; D) 5
4
· 8.
Yechish: 5 xonali son tuzish uchun 5 ta o’ringa raqamlarni joylashtirish kerak. 1-o’rinda 8 ta, 2-o’rinda 8 ta,
3-o’rinda 8 ta, 4-o’rinda 8 ta, 5-o’rinda 8 ta. Jami 8
8
8
8
8=8
5
ta.
3.
Ikkita parallel to‘g‘ri chiziq berilgan bo‘lib, ularning birida 4 ta, ikkinchisida 3 ta nuqta belgilangan. Uchlari
shu nuqtalarda bo‘lgan nechta uchburchak bor?
A) 30; B) 33; C) 40; D) 32;
Yechish: 1-to’g’ri chiziqdan 2 ta nuqta 2-to’g’ri chiziqdan 1 ta nuqta olsak,
=6
3=18 ta bo’ladi.
1-to’g’ri chiziqdan 1 ta nuqta 2-to’g’ri chiziqdan 2 ta nuqta olsak,
=4
3=12 ta bo’ladi. Jami 18+12=30 ta.
4.
3 nafar o‘quvchini 6 ta stulga necha xil usulda o‘tqazish mumkin?
A) 120; B) 130; C) 100; D) 480.
Yechish: 3 nafar o’quvchini 6 ta stuldan biriga qo’yish 6 xil usulda bo’ladi. 2 nafar o’quvchini qolgan 5 ta
stuldan biriga qo’yish 5 xil usulda bo’ladi. Qolgan bir nafarini esa 4 ta stuldan biriga joylashtirish 4 xil usulda
bo’ladi. Jami 6
5
4=120 ta.
5.
Futbol jamoasidagi 11 kishi orasidan jamoa sardori va uning yordamchisini necha xil usulda tanlab olish
mumkin?
A) 110; B) 55; C) 22; D) 121.
Yechish: Jamoa sardori 11 kishidan biri bo’lsa, uning yordamchisi qolgan 10 kishidan biri bo’ladi. Jami
11
10=110 ta.
6.
Bog‘iston qishlog‘idan Toshkentga 2 ta yo‘l bilan, Toshkentdan Urganchga 4 ta yo‘l bilan borish mumkin.
Bog‘istondan Urganchgacha borish yo‘llari soni nechta?
A) 8; B) 10; C) 6; D) 12.
Yechish: 1-Qoidaga ko’ra, 2
4=8 ta.
7.
12 ta oq atirgul va 13 ta qizil atirguldan ikkita oq atirgul va uchta qizil atirguldan iborat guldasta tuzish
kerak. Buni necha xil usulda bajarish mumkin?
A) 18 876; B) 156; C) 12
2
·13
3
; D) 25.
Yechish:
18876 ta.
8.
Matematika to‘garagida faol qatnashuvchi 10 ta o‘quvchidan 4 tasini Xalqaro matematika olimpiadasiga
yuborish uchun ularni necha xil usulda tanlasa bo‘ladi?
A) 210; B) 200; C) 40; D) 10
4
Yechish:
=210 ta.
9.
Bir o‘quvchida qiziqarli matematikaga oid 7 ta kitob, ikkinchi o‘quvchida esa 9 ta badiiy kitob bor. Ular
necha xil usul bilan birining bitta kitobini ikkinchisining bitta kitobiga ayirboshlashi mumkin?
A) 63; B) 49; C) 81; D) 126.
Yechish: 1-Qoidaga ko’ra, 7
9=63 ta.
10.
Otabekning tug‘ilgan kuniga uni tabriklash uchun 9 ta do‘sti keldi. Otabek ularning hammasi bilan, do‘stlari
ham o‘zaro qo‘l berib ko‘rishishdi. Jami qo‘l berib ko‘rishishlar soni nechta?
A) 45; B) 90; C) 10; D) 50.
Yechish: Otabek va 9 ta do’sti bilan 10 nafarga yetishdi. 10
(10-1):2=5
9=45 ta..
Do'stlaringiz bilan baham: |