sadaqani yodga olmoq, ozor - oshkor qilmoqlikdir. Sufyon aytadilar: «Kim minnat qilsa,
sadaqasi fosid bo‘ladi». Shunda: «Minnat qanday bo‘ladi?» deb so‘rashdi. Javob berdilar:
Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
11
ozor esa uni kambag‘allikda ayblashdir. Yana aytilishicha, minnat - bergani sababli
olganga mutakabbirlik qilish, ozor - unga tilangani uchun ayblash va o‘dag‘aylashdir.
Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Alloh minnatchining sadaqasini qabul qilmaydi» (bu
hadisning asli yo‘qdir.)
Nazarimda, albatta minnat asl (tana) va shoxlardan iborat. U qalb holati va
sifatlaridandir. So‘ng undan zohiriy holatlar til va a’zolarga ajraladi. Uning asli - o‘zini
faqirga yaxshilik qiluvchi va in’om etuvchi sifatida ko‘radi. U esa kambag‘alni Alloh azza
va jalla poklovchi va do‘zaxdan najot qilib qo‘ygan haqni qabul etish bilan o‘ziga
yaxshilik qilyapti, deb o‘ylashi kerak. Agar u atoni qabul qilmaganida edi, ato sohibi u
bilan garovga olingandek bo‘lib qolardi. Shuning uchun faqirdan (minnatni bo‘yniga) osib
olishi kerak edi. Zero, u kaftini Allohning haqqini olishda Undan noib qilgandir.
Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: Albatta sadaqa tilanchining qo‘liga tushishdan oldin Alloh
taoloning qo‘liga tegadi» (Doriqutniy va Bayhaqiylar zaif sanad bilan rivoyat qilishgan).
O’ylab ko‘r, bu atosida u Alloh azza va jallaning haqqini topshiruvchidir. Faqir esa
rizqini Alloh taolonikiga aylangandan so‘ng Undan oluvchidir.
Agar uning zimmasida bir insonning qarzi bo‘lsa, qarz egasi uni o‘zi tirikchiligiga kafil
bo‘lgan quli yoki xizmatkoriga berishga buyursa, qarzni to‘laguvchi ahmoqona va
johillarcha ish tutib, oluvchini o‘z minnati ostida deb o‘ylaydi. Chunki minnat faqirning
rizqiga kafil bo‘lgan muhsinnikidir. Ammo faqir yaxshi ko‘rgan narsani olib berishi lozim
bo‘lgan, qarzni to‘lashga mas’ul kishi esa o‘zi haqida qayg‘urayotgan, birovga minnat
qilishga haqqi bo‘lmagan kishidir. Zakotning vojib bo‘lishini tushunishda zikr qilingani
uch ma’noni yoki bittasini bo‘lsa ham, anglagan inson o‘zining faqat o‘zigagina yaxshilik
qilayotganini ko‘radi. Bunda u molini yo Alloh taologa muhabbatini izhor qilish uchun
yoki nafsini baxillik razolatidin tozalash uchun va yoxud yanada ziyoda bo‘lishini istab,
mol ne’matiga shukr qilishi uchun sarflayotgan bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham, u bilan
faqir o‘rtasida o‘zini unga yaxshilik qiluvchi sifatida ko‘rishga arziydigan muomala
yo‘qdir. O’zini unga yaxshilik qiluvchi etib ko‘rsatadigan jaholat qay darajada hosil
bo‘lsa, minnat ma’nosida zikr qilingan narsalar shu tariqa uning zohiriga tarqaladi. Bu
ma’nolarga quyidagilar kiradi: u haqda so‘zlash, oshkor qilish, undan shukr va duo bilan,
xizmat va hurmat bilan, ta’zim va haqqini rioya qilish, majlislarda oldinga o‘tkazish va
ishlarda ergashish bilan taqdirlashni talab etishdir. Bularning barchasi minnat
samaralaridir. Botindagi minnat ma’nosini esa zikr qildik.
Ammo ozorga kelsak, uning ko‘rinishi malomatlash, ayblash, qo‘pollik, xo‘mrayish,
oshkor etish va turli xo‘rlashlar bilan obro‘ni ketkazishdir. Bu uning botiniysi bo‘lib,
manbai - ikki ishdir. Birinchisi: moldan qo‘l ko‘tarishning karohiyati va buning nafsga
og‘irligi. Chunki bu hech bir ilojsiz xulqni tor qiladi. Ikkinchisi: o‘zini faqirdan yaxshi
hisoblashi va faqirni hojati sababli o‘zidan tuban sanashi. Bu ikkisining ham kelib chiqishi
jaholatdandir. Mol berishni yomon ko‘rishiga kelsak, bu halokatdir. Chunki kim bir
dirhamki ming dirhamga to‘g‘ri keladigan narsa muqobiliga sarflashni yomon ko‘rsa,
borib turgan ahmoqdir. Ma’lumki, u molni Alloh azza va jalla roziligi hamda oxirat
dunyosi savobini istab sarflaydi. Bu o‘zi sarflayotgan narsadan ko‘ra sharaflidir. Yoki
nafsini baxillikdan poklash uchun yoxud yanada ziyoda bo‘lish talabida sarflaydi.
Qanchalik farz bo‘lmasin, yomon ko‘rishga hech bir sabab yo‘qdir. Ikkinchisi bo‘lsa, bu
ham jaholatdan. Chunki u agar faqirlikning boylikka nisbatan fazilatini bilsa va boylik
xatarini anglasa, hech qachon faqirni kamsitmagan bo‘lardi. Balki uni tabarruk sanab,
darajasini orzu qilardi. Boylarning solihlari jannatga faqirlardan besh yuz yil keyin
kirishadi. Shuning uchun Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Ka’ba Rabbiga qasamki, ular
ziyon qiluvchilardir». Abu Zarr (r.a.) so‘radilar: «Ular kimlar?» Payg‘ambar (s.a.v.):
«Ular mollari ko‘p kishilardir», dedilar. So‘ng faqirni qanday kamsitadiki, Alloh taolo uni