«Va agar maxfiy qilib faqir-kambag‘allarga bersangiz, bu o‘zingiz uchun
yanada yaxshiroqdir» (Baqara surasi, 271-oyat).
Maxfiylikning foydasi riyo va sum’a ofatlaridan xalos bo‘lishdir. Rasululloh (s.a.v.)
aytadilar: «Alloh eshittiruvchi, ko‘rsatuvchi va minnat qiluvchidan qabul qilmaydi» (bu
ko‘rinishda naql kilinmagan). Sadaqasini gapiruvchi sum’ani istaydi. Odamlar yig‘inida
beruvchi riyoni xohlaydi. Maxfiylik va sukut bulardan xalos etadi. Maxfiy berishning
fazilati haqida bir jamoa mubolag‘a qilib, hatto oluvchi beruvchini ko‘rmasligi kerakligiga
ijtihod qilishgan. Ba’zilari sadaqani ko‘zi ko‘r kishiga bergan bo‘lsa, boshqalari faqir
o‘tadigan, u o‘tiradigan, sadaqani ko‘rib, beruvchini sezmaydigan yerga qo‘yishardi.
Ayrimlar uxlayotgan faqirning kiyimiga tashlab ketsa, yana birlari faqir qo‘liga boshqa
birov orqali berishardi. Bu shunday bo‘ladiki, beruvchi tanilmasdi, vositachi uning
Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |