Zakotdagi nozik botiniy odoblarning bayoni
Bilgilki, oxirat yo‘lining muridiga zakotda bir necha vazifalar bor:
Birinchi vazifa - zakotning vojibligi va ma’nosini fahmlamok. Undagi imtihon
mazmunini tushunmoq hamda uning badaniy ibodat emas, faqat moliyaviy tasarruf
bo‘lgani holda nega Islom binolaridan qilinganini anglamoq. Bu uch xil sharhlanadi.
Birinchi ma’no: shahodat kalimasini talaffuz etmoq, ya’ni tavhidni shart qilmoq,
ma’bud yolg‘izligiga iqror bo‘lmoq va muvahhid uchun Yakka, Yolg‘iz Zotdan o‘zga
mahbub qolmasligi vafo komilligining shartidir. Chunki muhabbat sheriklikni qabul
etmaydi. Til bilan bo‘lgan tavhidning manfaati kamdir. Balki muhibning darajasi
mahbubdan ayrilish bilan sinaladi.
Mol xalq nazdida mahbubdir. Chunki u dunyodan lazzat olish asbobidir. U sababli
olam bilan do‘stlashishadi, mahbubga yo‘liqish bo‘lgani holda o‘limdan nafratlanishadi.
Bas, bunda mahbub to‘g‘risidagi da’volarida sinovga yo‘liqdilar hamda ohanrabo va
ma’shuqalari bo‘lmish moldan ayrildilar. Shuning uchun ham Alloh taolo:
Do'stlaringiz bilan baham: |