Amaldagi versiyaga o‘tish


-bob. Ko‘chma savdo obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

3-bob. Ko‘chma savdo obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
1-§. Ko‘chma savdo obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishning umumiy qoidalari
19. “K-SAVDO” AATda ko‘chma savdo obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirkorlik subyekti
tomonidan ko‘chma savdo sxemasi doirasida va savdo joyini aniq ko‘rsatgan holda elektron
blankni to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi, transport vositalari bundan mustasno.
20. Ko‘chma savdo joyi joylashish sxemalari doirasida “E-auksion” elektron savdo platformasi
orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda tadbirkorlik subyektiga elektron onlayn-
auksionda sotib olingan ko‘chma savdo joyidan ko‘pi bilan 36 oy muddatga foydalanish huquqi
beriladi.
Mazkur Nizom talablari asosida belgilangan joylashtirish sxemasi doirasida ko‘chma savdo
maydonidan foydalanish huquqini olgan tadbirkorlik subyektlari ushbu Nizom talablari va
shartlariga rioya etgan holda, faqat bayram va ommaviy tadbirlar o‘tkazish davrida vaqtinchalik
asosda joylashtirish sxemasidan tashqarida faoliyat yuritishi mumkin.
21. “K-SAVDO” AATda ko‘chma savdo obyektini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im undirilmaydi.
22. Auksion savdolari o‘tkazilishidan olingan pul mablag‘lari summasi elektron onlayn-
auksionni tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari chegirib qolingandan so‘ng quyidagi tartibda
taqsimlanadi:
20 foizi — vakolatli organning maxsus hisobvarag‘iga;
80 foizi — tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetiga o‘tkaziladi.
2-§. Joylashish sxemasini tuzish
23. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi Kadastr agentligining hududiy bo‘linmalari bilan
birgalikda yilning 1-dekabriga qadar, ilgari joylashtirilgan sxemalar bo‘yicha esa ularni qayta ko‘rib
chiqish muddatidan kamida bir oy oldin ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan talablarga
muvofiq joylar soni ko‘rsatilgan holda, tegishli tuman (shahar) hududida ko‘chma savdo
obyektlarining joylashuvini o‘z ichiga olgan joylashish sxemalarini tuzadi.
24. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi ko‘chma savdo obyektlarini joylashtirish
sxemalarini tegishlicha tuman (shahar) hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-
epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar
vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari
bilan uch kun muddatda kelishadi.
25. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan ko‘chma savdo obyektlarining
joylashish sxemalari kelishilganidan keyin o‘n kun ichida “K-SAVDO” AATda joylashtiriladi. Bunda


tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi kelishilgan ko‘chma savdo obyektlarining joylashish
sxemalari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishi mumkin.
Joylashish sxemalari har uch yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.
26. Tadbirkorlik subyektlari “K-SAVDO” AAT orqali keyinchalik realizatsiya qilish uchun
joylashish sxemalariga ko‘chma savdo qilinadigan aniq joyni kiritish bo‘yicha takliflar berish
huquqiga ega.
27. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taklif etilgan ko‘chma savdo joyi uch kun ichida tuman
(shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan ushbu Nizom talablariga muvofiqligi jihatdan ko‘rib
chiqiladi.
28. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi taklif etilgan
ko‘chma savdo joyini “K-SAVDO” AATga joylashtiradi yoki sabablarini ko‘rsatgan holda
joylashtirishni rad etadi. Bunda tadbirkorlik subyektlari rad etilgan takliflar bo‘yicha qonunchilikka
muvofiq shikoyat qilish huquqiga ega.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish