BOSHQARISH OBYEKTLARINING FAOLLIGI VA KO'RINMASLIGI
1. Boshqarish obyektlarining Visible xossasi. Kompyuter viruslarini nima uchun topish qiyin? Chunki ular ko'rinmas, nega-ki, ularning o'z oynasi yo'q. Yaratilayotgan ilovalarni ham ko'rinmas qilib qo'yish mumkin-mi? Albatta, mumkin.
Buning uchun har bir boshqaruvchi obyektda, shu jumladan ilova oynasida ham bo'lgan Visible (ko'rinadigan) xossasidan foydalanish kerak bo'ladi. U mantiqiy turdagi xossa bo'lib, faqat True (Rost) yoki False (Yolg'on) qiymatlarni qabul qiladi.
Obyektmng Visible xossasi dastlab rost bo'ladi va obyekt oynada ko'rinib turadi Agar bu xossani yolg'on qilib o'rnatsak, obyekt oynada ko'rinmay qoladi. Uning o'rnidan boshqa maqsadlarda foydalansa bo'ladi.
Agar ikkita yoki undan ko'p boshqarish obyektlaridan bir vaqtda foydalanilmasa, u holda ulardan faqat bittasining Visible xossasini rost qilib, qolganlarini yolg'on qilib o'rnatib, ilova oynasining bitta joyiga qo'yish va joyni tejash mumkin. Bundan vizual dasturlashda keng foydalaniladi.
Boshqarish obyektlarining Visible xossasi, Boshqarish obyektlarining Enabled xossasi. Rasmda Delphi 7 asosiy menyusining Edit (Tahrirlash) bo'limi aks etgan. Uning ko'plab bandlari xira tortib qolganini ko'rish mumkin. Bu nlar faol emasligi sababli, ulardan shu paytda foydalanib bo'lmasligi bildiradi.
Masalan, menyuning to'rtinchi band! Copy (nusxa olish)dan foydalanish uchun awal matnning biror bo4 lag ajratib olish kerak. Matnning biror qismi ajratib olinisM bilan undan nusxa olish mumkin bo'ladi va menyuning Copy bandi faollashib, to'q rangda paydo bo'ladi va bu amalni bajarish mumkin bo'ladi.
Boshqarish obyektlarining Enabled (faol) xossasi shu maqsadga xizmat qiladi. Bu xossa ham mantiqiy qiymatlarni qabul qiladi. Agar uning qiymati rost bo'lsa, obyekt faol, yolg'on bo'lsa, obyekt sust holatda bo'ladi. Dastlab barcha obyektlar uchun bu xossa qiymati rost bo'lib, ular fao holatda bo'ladi. Agar bu xossani yolg'on qilib o'rnatsak, obyekt oynada ko'rinib tursada, u xira tortib qoladi. Undan vaqtincha foydalanib bo'lmaydi.
Visible va Enabled xossalaridan foydalanish. Obyektlarning bu xossalaridan foydalanib, oxirgi ilova ishini yaxshilaymiz. Uning oynasi kengligi 600 dan oshib ketsa, Button 1 tugmasining Enabled xossasini yolg'on qilib o'rnatamiz. Natijada oynani boshqa kengaytirib bo'lmaydi. Dastlab ikkinchi tugma Button2 ilova oynasida ko'rinmasin (Button2.Visible=False).
Birinchi tugma yordamida ilova oynasini kengaytirib boramiz. U 600 dan oshib ketishi bilan ikkinchi tugma oynada paydo bo'ladi (Button2. Visible :=True) va birinchi tugma xira tortib qoladi (Buttonl .Enabled:=False). Endi faqat ikkinchi tugma yordamida ilova oynasi kengligini kamaytirish mumkin. Kenglik 600 pikseldan kamayishi bilan birinchi tugma yana faol holatga o'tsin (Buttonl.Enabled:=True). Oyna kengligi 400 dan kamayib ketsa, ikkinchi tugma yana g'oyib bo'lsin va oynani boshqa kichiklashtirib bo'lmasin.
Birinchi tugma bosilganda nima qilish kerakligini ko'rsatish uchun uni ikki marta bosamiz va kursor turgan joyga quyidagi kodni kiritamiz:
If Forml.Width<600 then begin
Forml.Width:=Forml.Width+16;
Forml.Height:=Forml.Height+9; End else
begin
Button2.Visible:=True; Buttonl.Enabled:=False; end;
Ikkinchi tugmani ikki marta bosib quyidagi dastur bo'lagini kiritamiz:
If Forml.Width>400 then begin
Forml.Width:=Forml.Width-16;
Forml.Height:=Forml.Height-9; End else
Button2.Visible:=False;
if Forml.Width<600 then Buttonl.Enabled:=True;
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Visible xossasi qanday vazifa bajaradi?
Enabled xossasi qaysi obyektlarda uchraydi?
Beshinchi ilovani shunday o'zgartiring-ki, uning oynasi bo'yi va eni mos ravishda 5 va 8 qadam bilan o'zgarsin.
Beshinchi ilovani shunday o'zgartiring-ki, uning oynasi enining qiymati 500 dan 800 gacha bo'lsin.
Beshinchi ilova tugmalardagi yozuvlarni a->A va A->a ga o'zgartiring.
600>600>
Do'stlaringiz bilan baham: |