25-oktabrdagi 225-son qaroriga 3-ilova qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risida nizom I. Umumiy qoidalar



Download 18,16 Kb.
bet1/3
Sana14.02.2022
Hajmi18,16 Kb.
#448617
  1   2   3
Bog'liq
qisqa muddat


Vazirlar Mahkamasining 2007-yil
25-oktabrdagi 225-son qaroriga
3-ILOVA
Qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maktabgacha ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda matnda “maktabgacha muassasalar” deb yuritiladi) qatnamaydigan maktabgacha yoshdagi bolalarning qisqa muddatli (4-5 soat) guruhlari faoliyatini tartibga solish uchun yo‘naltirilgan.
2. Maktabgacha muassasalar negizida tashkil etiladigan qisqa muddatli guruhlarning maqsadi maktabgacha muassasalarga qatnamaydigan bolalarni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlash, ularda maktab ta’limiga tayyorgarlik asoslarini shakllantirish hisoblanadi.
3. Maktabgacha muassasada quyidagi qisqa muddatli guruhlar faoliyat ko‘rsatishi mumkin: 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 20 nafardan kam bo‘lmagan, biroq 25 nafardan ortiq bo‘lmagan bolalar uchun — “Rivojlantirish guruhi”. Guruh bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularni tengdoshlar va katta yoshli bolalar jamoasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi; 5 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 20 nafardan kam bo‘lmagan, biroq 25 nafardan ortiq bo‘lmagan bolalar uchun — “Kelajakdagi o‘quvchi” guruhi. Guruh maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ta’lim muassasasida umumiy o‘rta ta’limga o‘qitishga tayyorlash maqsadida tashkil etiladi; o‘qitish o‘z ona tilida olib borilmaydigan bolalar uchun bolalar soni 20 nafardan kam bo‘lmagan, biroq 25 nafardan ortiq bo‘lmagan guruh; 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 15 nafardan kam bo‘lmagan, biroq 20 nafardan ortiq bo‘lmagan bolalar uchun — “Integrallashgan guruh”. Guruhda sog‘lom bolalar bilan birgalikda, shuningdek “ruhiy rivojlanishi sust” tashxisli bolalar ham (“ruhiy rivojlanishi sust” tashxisli bolalar soni 3 nafardan ortiq bo‘lmasligi lozim) qatnashadi. Guruh bolalarni jamiyatga moslashtirish, rivojlanishida ruhiy nuqsoni bo‘lgan bolalarga muntazam ravishda ruhiy-tibbiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, ularni tarbiyalash va o‘qitish, ota-onalarni konsultativ-metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi. Bolalarni o‘qitish yakka tartibdagi reja bo‘yicha amalga oshiriladi. Bemor bolalar bilan ishlaganligi uchun tarbiyachi va tarbiyachining yordamchisiga qo‘shimcha haq berilmaydi; 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 15 nafardan kam bo‘lmagan, biroq 20 nafardan ortiq bo‘lmagan nogiron bolalar uchun — “Muammoli bola” guruhi. Guruh nogiron bolalarga muntazam ravishda ruhiy-tibbiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, bolalarni ta’lim jarayoniga jalb etish, ijtimoiy moslashtirish, bolalarni tarbiyalash va o‘qitishni tashkil etishda ota-onalarga yordam berish maqsadida tashkil etiladi. Mazkur guruhda nogiron bolalar bilan birgalikda sog‘lom bolalar ham bo‘lishi mumkin. Nogiron bolalar (aqliy yetukligi saqlangan) soni 3 nafardan kam bo‘lmasligi lozim. Nogiron bolalar bilan ishlaganligi uchun tarbiyachi va tarbiyachining yordamchisiga qo‘shimcha haq berilmaydi.
4. Qisqa muddatli guruhlardagi bolalarga qaraganligi uchun to‘lov ota-onalar (yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan, shuningdek xayr-ehson qiluvchilar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. To‘lovlar bank muassasalarida ochilgan hisob raqamlariga to‘lanadi.
5. Tarkibida qisqa muddatli guruh mavjud bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim jarayoni vaqtida bolalar, guruh xodimlari hayoti va sog‘lig‘i uchun, uni tashkil etish shakllari, metodlari va vositalarining bolalarning yoshi va ruhiy-fiziologik imkoniyatlariga muvofiqligi uchun javob beradi.

Download 18,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish