II. Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish tartibi
6. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida zarur moddiy-texnika sharoitlari va kadrlar ta’minoti (ajratilgan mablag‘lar doirasida) mavjud bo‘lganda har qanday turdagi qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi. Binolar pedagogika va sanitariya-gigiyena talablariga, yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob berishi lozim.
7. Maktabgacha muassasada qisqa muddatli guruhlar soni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan, sanitariya normalarini hisobga olgan holda, aholining ehtiyojiga hamda ta’lim jarayonini ta’minlash uchun yaratilgan shartsharoitlarga qarab belgilanadi.
8. Qisqa muddatli guruhlar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi buyrug‘i bilan tashkil etiladi. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
9. Qisqa muddatli guruhlar ochish uchun quyidagilar zarur: ota-onalar (ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan shartnoma; shtatlar jadvali; kun rejimi va bolalarning hayot faoliyatini tashkil etish tartibi; bolalar ro‘yxati; ta’lim dasturi.
10. Qisqa muddatli guruhlarni to‘ldirish bir xil yoshdagi bolalar hamda turli yoshdagi bolalar prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi.
11. Qisqa muddatli guruhlarga bolalarni qabul qilish ota-onalar arizasi, bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
12. Qisqa muddatli guruhlarni to‘ldirishda tanlov asosida hamda test sinovi bo‘yicha qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
13. Qisqa muddatli guruhlar mavjud bo‘lgan ta’lim muassasasi va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar hududiy xalq ta’limi boshqarmasida hisobi yuritiladigan, belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.
14. Qisqa muddatli guruhlar, guruhlarning ish tartibiga bog‘liq holda, tarbiyalanuvchilarni kuniga bir marta (ertalabki yoki tushki nonushta) taomnoma va maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ovqatlanish pul normasi bo‘yicha ovqatlanishini tashkil etgan holda faoliyat yuritadi.
15. Maktabgacha ta’lim muassasasi shtatlar jadvali, ushbu Nizom bilan kiritiladigan qo‘shimchalarni hisobga olgan holda, Maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy shtatlar jadvali asosida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi hamda tegishli moliya organida majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Qisqa muddatli guruhlar uchun quyidagi shtat birliklari belgilanadi: bitta guruh uchun — 0,5 birlik tarbiyachi; bitta guruh uchun — 0,25 birlik tarbiyachi yordamchisi; ikkita guruh uchun — 0,25 birlik tibbiy hamshira; ikkita guruh uchun — 0,25 birlik musiqa rahbari.
16. Qisqa muddatli guruhlarning quyidagi turlari uchun: “Kelajakdagi o‘quvchi” guruhi — bitta guruh hisobiga — 0,25 birlik o‘qituvchi-logoped; “Integrallashgan guruh” — bitta guruh uchun (15—20 nafar bolalar, shundan ruhiy rivojlanishi sust tashxisli — 3—5 nafar bolalar) — 0,25 birlik o‘qituvchi-defektolog; “Muammoli bola” guruhi — bitta guruh hisobiga (15—20 nafar bolalar, shundan 3—5 nafar nogiron bolalar) — 0,25 birlik o‘qituvchi-logoped yoki 0,25 birlik o‘qituvchi defektolog qo‘shimcha shtat birliklari belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |