Amaldagi versiyaga o‘tish


-bob. Ko‘chma savdoni amalga oshirish talab va shartlari



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

2-bob. Ko‘chma savdoni amalga oshirish talab va shartlari
6. Ko‘chma savdoni amalga oshirishning majburiy talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
chakana savdo sohasida qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, sanitariya, veterinariya,
veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya qilish;
davlat veterinariya xizmatining hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari
xavfsizligi davlat markazlari yoki veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari tomonidan
berilgan ijobiy xulosalar asosida go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuxumlar,
shuningdek, o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish;
nazorat-kassa mashinalari, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn
nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda
to‘lovlarni qabul qilish uchun hisob-kitob terminalining mavjudligi (savdo avtomatlari bundan
mustasno);
ko‘chma savdo obyektlari yaqinida maishiy chiqindi qutilarini o‘rnatish;
tovarlarni ko‘chma savdo obyektlari orqali va ro‘yxatdan o‘tilgan joyda sotish.
7. Savdo obyektining ixtisoslashuv turlari quyidagilardan iborat:
non va non mahsulotlari, qandolat mahsulotlari;
go‘sht va go‘sht mahsulotlari;
sut va sut mahsulotlari;
o‘tirish joylari tashkil etmasdan, donalab sotiladigan taomlar;
sabzavotlar-mevalar va poliz ekinlari, shuningdek, quruq mevalar, pista va yong‘oqlar;
muzqaymoq, alkogolsiz yaxna va issiq ichimliklar;
oziq-ovqat mahsulotlari;
nashriyot mahsulotlari;
gullar;
xalq badiiy va boshqa hunarmandchilik buyumlari;
hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar, kiyim-kechak, poyabzal va yengil sanoat buyumlari;
nooziq-ovqat mahsulotlari.
Tadbirkorlik subyektlari ko‘chma savdo obyekti ixtisoslashuv turlarining bir nechtasi bilan
savdo qoidalariga rioya etgan holda shug‘ullanishi mumkin.
8. Quyidagi turdagi tovarlarning ko‘chma savdosi taqiqlanadi:
texnik jihatdan murakkab maishiy mahsulotlar (maishiy metall kesish va yog‘ochni qayta
ishlash dastgohlari, maishiy elektrotexnika va asbob-uskunalar, maishiy radioelektron uskunalar,
maishiy hisoblash va ko‘paytirish texnikasi, foto va kino uskunalar, telefon apparatlari va faks
mashinalari, elektr musiqa asboblari, elektron o‘yinchoqlar, maishiy gaz uskunalari va qurilmalari);
tez buziladigan tovarlar (sovitkich va (yoki) muzlatkich bilan jihozlangan va tez buziladigan
tovarlar sovitkich va (yoki) muzlatkichlarda saqlangan hollar bundan mustasno);
yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar;
bolalar oziq-ovqat mahsulotlari (quruq sut, kukunsimon bo‘tqa yormasi, ozuqaviy
aralashmalar, meva va sabzavot konservalari va pyuresi);
hayvonlar, termik ishlov berilmagan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va
xomashyolar, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtamplari, oziqalar va ozuqabop
qo‘shimchalar;


aksiz solinadigan tovarlar, shu jumladan, spirtli ichimliklar;
hasharotlar va zararkunandalarni zaharlashda qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar va zaharlar;
diniy mazmundagi materiallar;
qonunchilik hujjatlari bilan ko‘chma savdo obyektlari orqali sotilishi taqiqlangan tovarlar.
9. Quyidagi joylarda ko‘chma savdo obyektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
ma’muriy binolar (savdo avtomatlari bundan mustasno), madaniy meros obyektlari va
qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar fasadi oldida;
bino va inshootlarning yong‘inga qarshi oraliqlarida;
muhandislik kommunikatsiyalari xavfsizlik zonalarida;
jamoat transporti bekatlarida yo‘lak (trotuar)ning ikkala tomonidan 15 metr masofadan
yaqinroqda (savdo avtomatlari bundan mustasno);
chorrahalarga 15 metrdan yaqinroqda;
maishiy chiqindilarni yig‘ish punktlariga 20 metr masofa orasida;
sun’iy inshootlarda (to‘xtash bostirmalari, erosti o‘tish joylari, ko‘priklar, tunnellar, transport
bog‘lamalari va yo‘l o‘tkazgichlar);
piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 15 metrdan kam masofada;
velosiped yo‘laklarida;
qatnov qismining xavfli burilishlarida;
loaqal bir yo‘nalishdagi ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida;
qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 15 metrdan kam
masofada (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a
chiziq yoki ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan,
boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki
piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;
“To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgisi yoki “to‘xtash taqiqlanadi” yo‘l chizig‘i ta’siri doirasida.
10. Ko‘chma savdo obyekti iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish vaqtida vitrinalar va peshtaxta
(peshtaxtalar), yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablariga javob
beradigan zarur savdo, sovitish va boshqa texnologik uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
11. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo joyini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga
foydalanishga yoki ijaraga berish taqiqlanadi.
12. Ko‘chma savdo amalga oshiriladigan transport vositasi texnik ko‘rikdan o‘tishi, yong‘in
xavfsizligi qoidalariga javob berishi, shuningdek, texnik jihatdan soz va tegishli sanitariya holatida
saqlanishi kerak.
Ko‘chma savdo avtotransport vositasining konstruksiyasini o‘zgartirish (qayta jihozlash) talab
qilinsa, avtomototransport vositasini qayta jihozlashga belgilangan tartibda ruxsatnoma olinishi
shart.
13. Xaridorlarga xizmat ko‘rsatiladigan vitrinalar va peshtaxtaga xaridorlarning erkin kelishi
ta’minlamagan taqdirda, ko‘chma savdo obyektini joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
14. Ko‘chma savdo subyektlari:
ko‘chma savdo obyektida ko‘chma savdo subyekti to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan va elektron
shaklda olingan guvohnomaning nusxasi, shuningdek, savdo avtomatlarida texnik xizmatning
telefon raqamlarini joylashtirishi;
vakolatli organga “K-SAVDO” AATda ko‘chma savdo obyektlari reyestridagi ko‘chma savdo
obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarning o‘zgarganligi haqidagi axborotni tegishli o‘zgartirishlar
kiritilgan kundan boshlab o‘n kun ichida tegishli o‘zgartirishlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar


nusxasini ilova qilgan holda yoki elektron hujjat ko‘rinishida (elektron raqamli imzo bilan) ariza
yuborish yo‘li bilan taqdim etishi lozim.
15. Sotish uchun taklif etilayotgan tovarlar turlari, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati ko‘chma
savdo obyektining ixtisoslashuviga muvofiq sotuvchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
16. Ko‘chma savdo subyektlari ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan ish rejimiga muvofiq ko‘chma
savdoni amalga oshiradilar.
17. Transport vositasi orqali ko‘chma savdo faoliyati “K-SAVDO” AAT orqali savdo qilinadigan
joy haqida xabarnoma yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bunda transport vositasi orqali ko‘chma savdo qilish yo‘l harakati qoidalariga muvofiq
transport vositasi to‘xtab turishi taqiqlanmagan joylarda amalga oshirilishi mumkin.
18. Savdo avtomatlari orqali ommaviy talabdagi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlar talablariga javob beradigan tovarlar (choy, kofe, salqin va alkogolsiz ichimliklar,
nooziq-ovqat tovarlar (gazeta va matbaa mahsulotlari), qandolat va non mahsulotlari, shirinliklar)
sotiladi, xizmatlar ko‘rsatiladi.
Savdo avtomatlarini mahsulot bilan ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish savdo
avtomatini “K-SAVDO” AATda ro‘yxatdan o‘tkazgan ko‘chma savdo subyektlariga yuklanadi,
shuningdek, ular zimmasiga tovar-moddiy boyliklarni saqlash bo‘yicha choralar ko‘rish hamda
savdo avtomati buzilganda tovarlar buzilishining oldini olish ham yuklanadi.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish