Amaldagi versiyaga o‘tish


“Ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

“Ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibini
belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi;
joylashish sxemasi — ko‘chma savdo obyektlarining oldindan tasdiqlangan joylashuvi;
ko‘chma savdo joyi — ko‘chma savdo obyektining “K-SAVDO” AATda ro‘yxatdan o‘tishda
ko‘rsatilgan hududiy joylashgan joyi;
ko‘chma savdo obyektining ixtisoslashuvi — sotiladigan tovarlarning tovar guruhlaridan
biriga mansubligi bilan ifodalangan xilma-xilligi;
ko‘chma savdo obyektlari — vaqtinchalik asosda joylashtirilgan va mavsumiy xususiyatga
ega bo‘lgan, shuningdek, ish kuni yakunlangandan so‘ng obyektni ko‘chirish imkoni bo‘lgan
ko‘chma savdo obyektlari (lotoklar, palatkalar, savdo aravalari, peshtaxtalar, avtodo‘konlar,
avtotirkamalar, avtotsisternalar, fudtraklar, tonarlar, savdo avtomatlari);
ko‘chma savdo subyektlari — ko‘chma savdoni amalga oshirish uchun “K-SAVDO” AATda
belgilangan tartibda ko‘chma savdo obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazgan va tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshiruvchi shaxslar;
ko‘chma savdo — ko‘chma savdo obyektlaridan foydalangan holda, turg‘un savdo
shoxobchalari joylashgan joydan tashqarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana
savdo qilish;
operator — savdo platformasida auksion va tanlovni tashkil etish hamda o‘tkazish vakolati
berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
“E-auksion” elektron savdo platformasi — (keyingi o‘rinlarda — savdo platformasi) —
elektron onlayn-auksion va elektron tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur axborotni
kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning
bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish va ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan
axborot tizimi.
3. Ko‘chma savdo obyektlari joylashuvi sxemasini tuzish, shuningdek, elektron onlayn-auksion
orqali ko‘chma savdo joylarini sotib olish uchun materiallarni to‘plash va kelishish ushbu Nizomga 1-
ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Ushbu Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
bayram kunlari va bayramoldi kunlarda savdo xizmati ko‘rsatish yuzasidan yuridik shaxslar
bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan ko‘chma savdolarga;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tashkil
etilgan ko‘rgazma va yarmarka savdolariga;
bozorlar va savdo majmualari hududida sotiladigan meva-sabzavot mahsulotlarining
chakana savdolariga;


amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarga.
5. “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — “K-SAVDO” AAT)
ko‘chma savdo obyektlarini ushbu Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazgan tadbirkorlik
subyektlari O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chma savdo bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish