O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
TARIX
1/6/2 2021
- 19 -
―Shohnoma‖ning hayoliy qahramonlaridan ko`ra Amir
Temurning afzalligini yuqoriroq qo`ygan bo`lishi mumkin.
Shu o`rinda Alisher Navoiyga ham biroz to`xtalib
o`tish joizdir. Bu shaxs Temuriylar hukmronligining so`nggi
o`n yilligida ko`zga ko`ringan davlat arbobi hisoblanadi. U
nafaqat turk tilini jonlantirgan, balki fors tilida ijod qiladigan
shoirlarni ham qo`llab-quvvatlagan. Bunga isbot sifatida
adibning ―Majolis un-nafois‖ asarini keltirish mumkin. Bu
asarida 385 nafar shoirning ismi keltirilgan [15]. Bu shaxsning
ijodini XIV-XV asr Turon va Eronning madaniy aloqalari
hamda madaniy uyg`unligi ramzi sifatida qabul qilsa bo`ladi.
Bunga qo`shimcha sifatida bu shaxsning kitobida she`riyat
yo`nalishi va uning sarlavhasini Samarqanddan Sherozgacha,
Badaxshondan Tabrizgacha bo`lgan forsiyzabon xalqlar
yashaydigan hududlarda ko`rish mumkin. Ushbu memuarda
tilga olingan shoirlarning vatani nomiga nazar tashlasak, bu
davrda Turon dunyosi va Eron olamining Temuriylar madaniy
munosabati soyasida yagona madaniyatning vujudga kelishida
qanchalik rol o`ynaganini anglatadi.
-Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommenda-
tions).
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Eron ilmiy
tadqiqotlarida Temuriylar davri tarixi eng muhim bosqich-
lardan biri hisoblanadi. Shu sababdan, bugungi kungda bu
sulola tarixiga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlarga juda o`rinlar-
da ko`p duch kelish mukin. Eron ham Movarounnahr kabi
aynan Temuriylar davrida mo`g`ullar va undan keyingi ba`zi
mustaqil hokimlar istibdodidan to`liq ravish xalos bo`lib,
jamiyat hayoti iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan
taraqqiy eta boshlagan. Bu jarayonning tamal toshi Amir
Temur davrida qo`yilib, uning vorislari davrida rivojlantirildi.
Bunga misol qilib, yuqoridagi maqolalarga qisqacha ta`rif
beramiz. Sulton Abu Said Ko`ragoniy davrida Movarounnahr
va Xuoson yana bir hokimiyat ostida birlashtirilib iqtisodiy
jihatdan sezilarli darajada o`zgargan bo`lsa, asosan Amir
Temur, Shohrux va Sulton Husayn Boyqarolar davrida
Xuroson shialariga iqtisodni rivojlantirish uchun yetarli shart-
sharoitlar yaratilib berildi. Oziq-ovqat masalasida esa, bu
davrda saroy oshxonasida tayyorlanadigan taomlar haqida
aytilgan bo`lsa, ovdan ham harbiy maqsadda ham iqtisodiy,
ya`ni oziq-ovqat muammolarini hal etish masalalari bayon
etilgan. Naqshbandiylik tariqati aynan bu sulola davrida
yetakchi o`ringa chiqishiga sabab sifatida buning shariatga
mos keladigan xususiyatlari tilga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |