O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/5 2021
- 232 -
I.Hoshimova, Z.Qodirova, O.Bozorovlar bu borada samarali
izlanishlar olib borishgan.
Professor German Xaken sinergetikaning mohiyatini
aks ettiruvchi asosiy qoidalar sifatida quyidagilarni bayon
qilgan:
- uning fikricha, sinergetika birinchidan, tadqiq
etilayotgan sistemalar bir necha yoki ko‘plab bir xildagi yoki
xilma-xil qismlardan tashkil topgan bo‘lishi hamda ular o‘zaro
bir-biri bilan aloqadorlikda bo‘lishi lozim;
- ikkinchidan, bu sistemalar nochiziqli bo‘lishi kerak;
- uchinchidan, fizikaviy, kimyoviy va biologik Sistema-
larni tadqiq etishda, ular ochiq va issiqlik muvozanatidan uzoq
bo‘lishi lozim;
- to‘rtinchidan, bunday sistemalar ichki va tashqi
tebranishlarga beriluvchan bo‘lishi talab qilinadi;
- beshinchidan, sistema beqaror bo‘lishi ham mumkin;
- oltinchidan, sistemada sifatiy o‘zgarishlar sodir
bo‘lishi;
- yettinchidan, mazkur sistemalarda to‘satdan sakrash
bilan paydo bo‘luvchi (emerjent) yangi sifatlar ko‘zga
tashlanishi;
- sakkizinchidan, bu sistemalar fazoviy, vaqtli, fazo-
vaqtli yoki funksional tuzilishga (strukturaga) ega bo‘lishi;
- to‘qqizinchidan, ularning strukturasi tartiblangan yoki
xaotik bo‘lishi mumkin;
- o‘ninchidan, ko‘p hollarda ularni matematikalashti-
rish mumkin [1; 149-B].
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada analiz, sintez,
taqqoslash, sistemali yondashuv va sinergetik metodlardan
samarali foydalanildi.
Tahlil va natijalar.
«O‘z-o‘zini tashkil etish»
tushunchasi sistemali yondashuvning muhim tushunchasidir.
Mazkur tushuncha tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar qatʼiy
emas, balki ehtimoliy xususiyatga ega bo‘lgan murakkab,
ochiq, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi tizim (tirik hujayra, organizm,
biologik populyatsiya, odamlar jamoasi va sh.k.) ni yaratish,
rivojlantirish yoki takomillashtirish jarayonini tavsiflaydi.
Hozirgi zamon fanida o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizimlar o‘z-
o‘zini tashkil etish umumilmiy nazariyasi – sinergetikaning
tadqiqot predmetini tashkil qiladi.
Sinergetik metodologiyaning tasdiqlanishi falsafiy
qarashlar rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Sinergetika (o‘zini tashkil
qilish nazariyasi) xaos va tartibning holatini chegaralash
zaruratini belgilaydi. Sinergetika ilmiy yo‘nalishi vujudga
kelguniga qadar nochiziqli, muvozanatsiz, betartib holatlarga
ijobiy munosabatda bo‘linmagan. Aynan sinergetika taʼlimoti
tufayli tartibsizlik (xaos) holati ham taraqqiyot uchun, yangi
tizim hosil bo‘lishi uchun muhim ahamiyat kasb etishi
isbotlandi [2; 294-b]. Sinergetikada barqarorlik va xaos
kategoriyalarining o‘zaro munosabati ham o‘rganiladi. Mazkur
ilmiy soha tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra har qanday eski
tuzilma yangi tuzilma bilan almashinar ekan, dastlab
beqarorlik, xaos yuz beradi, tizimdagi unsurlar barqarorligiga
putur yetadi [3; 20-b]. Aynan taʼlim tizimidagi jarayonlar ham
o‘tgan yillar (mustaqillik yillari) xuddi shu kabi eski tuzilma
yangisi bilan almashgan davrdan boshlab muvozanat va
muvozanatsizlik orasida doimiy kurash borayotgan ko‘rinishda
namoyon bo‘lib kelmoqda. Sinergetik taʼlimotga ko‘ra bu
jarayonda bifurkatsiya nuqtasidagi holatni o‘zgarishida oddiy
tasodif ham muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Taʼlim tizimi jamiyatda insonning o‘z-o‘zini tashkil-
lashtirishida, yaʼni o‘z-o‘zini tarbiyalashi, asrashi, saqlashi,
himoya qilishi, umuman, odamzotni o‘z-o‘zidan har tomon-
lama tashkillasha olishiga alohida o‘ringa ega. Har bir aqli raso
odam o‘z hayoti davomida taʼlim tizimi bilan o‘zaro
bog‘liqlikda umr kechiradi. Insonning taʼlim orqali o‘zini-o‘zi
ongli faoliyat va ezgu maqsadlar bilan tashkil etishi faqat o‘ziga
bog‘liq ekanligini taʼkidlash mumkin. Demak, oqilona taʼlim
kafolatlangan kelajak uchun potensial hisoblanadi. Insonni bir
ochiq tizim sifatida tasavvur etsak, oqilona taʼlim ushbu tizimni
o‘z-o‘zini mukammal tarzda tashkillashtirishi uchun energiya
manbayi hisoblanadi. Jamiyatni, insonni, uning hayoti va
taqdiri masalalarini tahlil etish jarayonida sinergetika har
qanday tizim rivojining asosiy sharti sifatida bu tizimning ochiq
bo‘lishi, yaʼni atrof-muhit bilan modda yoki informatsiya
almashinishi kerakligi haqidagi g‘oyani ilgari suradi. Ushbu
g‘oya ayni zamonda taniqli fransuz faylasufi Anri Bergsonning
ochiq jamiyat haqidagi g‘oyalari bilan uyg‘undir [4; 318-b].
Tashqaridan keladigan hech qanday taʼsirsiz o‘z-
o‘zidan tashkillashish amalga oshadi deyilganda, sistemaning
o‘zining erkinligini inobatga olish lozim. Shuni taʼkidlab
o‘tishimiz lozimki, o‘z-o‘zidan harakatlanish, tashkillashish,
o‘z-o‘zini tartiblash va rivojlantirish deyilganda, mavjud
tizimning bir holatdan ikkinchi holatga tabiiy o‘tishidagi sabab
shu tizimning o‘zida bo‘lib, tashqi kuchga muhtoj emas degan
fikr tushuniladi. Taʼlim tizimi yetarli energiyani bersa, inson
ochiq tizim sifatida uni qabul etadi va har qaysi odamda
tashkillanish jarayoni o‘zicha sodir bo‘ladi. Murakkablikdagi
soddalikni, xaosdagi tartibni, tasodifdagi zaruriyatni, o‘tmish-
dagi kelajakni aniqlash sinergetikaning asosiy vazifalaridir.
G.Xaken sinergetikani o‘z-o‘zini tashkillashtirish haqidagi
taʼlimot sifatida eʼtirof etadi. Uning fikricha, “O‘z-o‘zidan
tashkillanishning o‘ziga mos qandaydir taʼrifini topish
foydalidir. Biz tashqaridan beriladigan biror o‘ziga xos
(spetsifik) taʼsir ko‘rsatishsiz (ko‘rsatilmagan holda) fazoviy va
funksional strukturaga ega bo‘lgan sistemani o‘z-o‘zidan
tashkillanuvchi sistema deymiz. O‘ziga xos (spetsifik) taʼsir
deb esa, sistemaga strukturalanish yoki funksionallashishni
majburlaydigan taʼsirni tushunamiz. O‘z-o‘zidan tashkillanish
holida esa sistema o‘ziga xos bo‘lmagan (nospetsifik) taʼsirni
boshidan kechiradi (unga duch keladi). Masalan, suyuqlik, idish
tubidan qizdirilganda mutlaqo bir tekisda o‘z-o‘zidan tashkil-
lanish tufayli makrostruktura holiga keladi va oltiburchakli
yacheykalar hosil qiladi” [5]. Demak, o‘z-o‘zidan tashkilla-
shish tizim ichida sodir bo‘ladi. Yuqoridagi misolda keltiril-
ganidek, suyuqlikni qizdirish uchun, uni o‘z-o‘zidan tashkil-
lanib makrostruktura aylanishi uchun issiqlik kerak bo‘lgani
kabi inson ham o‘zini jamiyatda o‘z o‘rniga ega shaxs sifatida
tashkil etishi uchun bilim va taʼlim muhim o‘rin kasb etadi.
Bizga maʼlumki, o‘z-o‘zidan tashkillashish obyektning kompo-
nentlarining faqat ichki aloqalari hasobidan va o‘tmish tarixiga
muvofiq kollektiv harakati natijasida vujudga kelishidir.
Professor
Sh.S.Qo‘shoqov
o‘z-o‘zini tashkillash
konsepsiyasining gnoseologik tomirini o‘z-o‘zicha harakat
g‘oyasiga borib taqalishini taʼkidlaydi. Olimning fikricha, o‘z-
o‘zicha harakat – harakat manbayi, sababi, harakatlanuvchan
narsaning o‘zida bo‘ladigan harakatdir. Organizm, odam
jamiyat, koinot va shu kabi tizimlar o‘z-o‘zicha harakat
qiladigan “narsalar”dir. Azaldan bu muammo muhokama
qilingan, yaʼni koinotning harakati manbayi o‘zidami yoki
uning tashqarisidami? [6; 153-b].
Faylasuf V.P.Branskiy o‘zining “Ijtimoiy sinerge-
tikaning nazariy asoslari” nomli maqolasida o‘z-o‘zini tashkil-
lashtirish haqida fikr yuritib quyidagicha taʼkidlaydi: “Agar
tizimga hech qanday tashqi, maxsus taʼsirlar bo‘lmay turib, u
funksional jihatdan o‘zini tuzilmasini yuzaga keltirsa, biz
bunday tizimni o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi tizim deb ataymiz.
O‘z-o‘zini tashkillashtirish nazariyasi tanlash asosida rivojla-
nishning barcha fenomenologik belgilarini, murakkablik,
xilma-xillik va moslashuvchanlikni o‘zida mujassamlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |