4-mavzu. Аmaliy tadqiqotlar natijalariga matematik- statistik usul bilan ishlov berish. Tasodifiy kattaliklar, ularning taqsimlanishi va miqdoriy хarakteristikalari. (4-soat)



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana26.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#582457
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-ma'ruza (4-soat) (1)



4-MAVZU. АMALIY TADQIQOTLAR NATIJALARIGA MATEMATIK-
STATISTIK USUL BILAN ISHLOV BERISH. TASODIFIY KATTALIKLAR
ULARNING TAQSIMLANISHI VA MIQDORIY ХARAKTERISTIKALARI. (4-soat) 
 
Reja: 
1. Matematik statistika va ilmiy faoliyat. 
2.Tasodifiy kattaliklar, ularning taqsimlanishi va miqdoriy 
хarakteristikalari. 
Ilmiy izlanishlarda albatta tajribalar o‘tkaziladi, aktiv yoki passiv kuzatuvlar natijalari olinadi, 
ilmiy xulosalarga kelinadi. Jiddiy xulosalarga kelish va olingan natijalar ishonchli bo‘lishi uchun 
kuzatuv va o‘lchovlar ko‘p marotaba qaytarilishi kerak. Injener texnik xodimlarning loyihalash va 
ekspluatatsiyalash bilan bog‘liq faoliyatda keng miqyosda statistik materiallarga ishlov berish 
ishlariga duch keladi. Matematik statistika asoslangan xulosalarga erishish maqsadida statistik 
ma’lumotlarga ishlov berish uslublari va klassifikatsiyasini o‘rganadigan matematikaning bir 
yo‘nalishi bo‘lib u ehtimollik nazariyasiga asoslangan. Boshqacha aytganda matematik statistika 
kam zaruriyatli katta hajmdagi kuzatilayotgan tasodifiy kattaliklarni uncha katta bo‘lmagan 
kattaliklarga imkon qadar ko‘p ma’lumotga son jihatidan kam sonli ma’lumotlarni almashtirish 
usullari haqidagi ta’limdir. 
Ko‘p marotaba olingan o‘lchovlar, kuzatuvlarga asoslanib natijalar olish, ilmiy-amaliy 
xulosalarga kelish statistik usul hisoblanadi. Obyekt, jarayon yoki mexanizm haqida uning 
ko‘rsatkichlarini o‘lchashda xatoliklar chegaralanadi. Masalan, texnik izlanishlarda 5% gacha 
xatolik bo‘lsa normal hol hisoblanadi. 
Matematik statistika tasodifiy hodisalarni va voqeliklarni hamda ularning o‘zgarish 
qonuniyatlarini o‘rganadi. Bunda tasodifiy natijalar ko‘p marta bir xil sharoitda olinib borilib, 
jamlanadi, ularga matematik ishlov berilib xulosalarga kelinadi. 
Masalan, elektr motorning ishdan chiqish sabablarini, muddatini o‘rganish uchun xo‘jalikdagi 
barcha elektr motorlarning ro‘yxatini olib ularni bir, ikki yoki besh yil davomidagi ishdan chiqish 
holatlari o‘rganiladi, ishlab turgan motorlar holati diagnostika qilinadi. Izolyatsiya qarshiligi
yuklanish darajasi, atrof muhit sharoiti, kunlik, yillik ish grafigi kuzatiladi. Bu o‘lchovlar, 
kuzatuvlardan olingan natijalar tahlil qilinib, o‘rtacha qiymat, har bir o‘lchov natijasidagi o‘rtacha 
qiymatdagi og‘ishlar tahlil qilinadi, qo‘pol xatoliklar (o‘lchov xatoliklari, tasodifiy yuzaga kelgan 
tashqari ta’sir natijasidagi xatoliklar) yakunlari tashlab yuboriladi. 
Tasodifiy ehtimollik xarakteriga ega ommaviy hodisa va voqealarni tahlil qilish va ularni 
umumlashgan xarakteristikalarini olish maqsadida maxsus matematik statistik ishlob berish yo‘li 
bilan kerakli ma’lumot olish metodikasini ishlab chiqishda matematik statistika keng qo‘llaniladi. 
Ko‘p marotaba qaytariladigan hodisa va voqealar ommaviy deb hisoblanadi va ular shartlarni 
o‘zgarmasligiga qaramasdan katta yoki kichik darajada bir-biridan farq qiladi, boshqacha aytganda 
tasodifiy kattaliklarga egadir. 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish