www.ziyouz.com
кутубхонаси
67
Yor yuzini ko‘rib, ko‘zida hayrat; yor qarashi uning ko‘nglini o‘rtagan. Ko‘nglida yor g‘amini chekib,
uning rashki tufayli har tomonga ko‘z yoshlari qon bo‘lib sochiladi. U qaysi tomonga nazar solmasin,
unga yorining go‘zal jamoli jilva qiladi. Hatto o‘zini ham butunlay unutadi; qayoqqa ko‘z tashlamasin,
ko‘ziga faqat yori ko‘rinadi.
Kimki shunday ishqning qo‘lida mag‘lub bo‘lsa, bundan boshiga nima tushsa ham uni yaxshi deydi.
Ishq kimning ko‘nglidan shunday o‘rin olgan bo‘lsa, uni o‘zligidan ham forig‘ etib, mast qiladi. Bunday
kishiga xos yer zohidlar uyi emas; uning ko‘ngli ishq o‘tidan xalos boimagani ma’qul. Sog‘lom fikrli
kishilar unikiga yig‘ilib, uni qiynab, malomat qilishsa, jannatni va’da qilib ovutishsa, ko‘nglini esa ishq
o‘tidan sovutishsa, (ishq yo‘lidan) aynib, yana u toatibodatga berilsa, shu toat bilan qanoat qilsa; ishq
balosidan orttirgan yaralarini tuzatsa, mashaqqat o‘qlaridan paydo bo‘lgan yaralarni bitirsa; tanasining
qushiga so‘fiylik xirqasini tuzoq qilib, tasbehining donalari bilan u qushni o‘ziga rom etsa! Xilvatda
o‘tirib-o‘tirib, tomog‘i qurib, biroz havo olish uchun u dam olgani chiqsa. Ko‘chalar, xiyobonlar tomon
borib, u Musallo bilan Maydon tomonga ham o‘tsa. Dasht tomonidan to‘p-to‘p otlig‘lar ko‘rinib, ular
hammasi maydonda javlon qilishga otlangan bo‘ladi. O‘shalarning orasida nogoh husnu malohat
mayidan kayf qilgan bir go‘zal ko‘rinib qoladi. May o‘tidan yuzida yuz gul ochilgan, bu gullarning bittasi
dastoriga qistirib qo‘yilgan. Husni o‘tining alangasi gulzor bo‘lib, bu gulzorning har tomonida gulnor
ochilib yotibdi. Xoli har qanday baloni daf etuvchi; uning o‘tida ko‘z qorachug‘i yonib, hammayoqqa
isiriq bo‘yini tarqatadi. Qoshlari oy yuzining ustidagi xushbo‘y yangi oy; uning ikkalasi ham aqlni
devona qiladigan darajada chiroyli!
Yanada to‘g‘rirog‘i, bu qoshlar oshiqlarni o‘ldirish uchun o‘zaro maslaxatga o‘ltirib, boshini boshiga
qo‘shgan. Husnini namoyish qilish uchun u qoshida (jingalak) tugunlar yasagan. O‘ziga zeb berish uchun
«nun» harfiga o‘xshatib yasalgan bir tugunning ustidagi nuqta shamraning
106
urug‘iga o‘xshaydi. Sunbul
sochlarida tugun ustiga tugun, bu tugunlar tugun emas, xalqa ustiga xalqalardir. Uning zirak taqqan
quloqlari safni yorib o‘tuvchi turk askarlariga o‘xshaydi; go‘yo u o‘limni o‘ylab, ustidan temir sovut
kiyib olgan. Chaqnagan ko‘zi noz bilan har tomonga boqadi; bu bilan zohidlar va taqvodorlar xirmoniga
o‘t yoqadi.
Bu o‘tning tutuni kipriklar safining orasidan o‘tganda, ularning hammasini qoraytirib qo‘yadi. Uning
ko‘zlari surma qo‘ymasa ham qop-qora, fusunkor; jahon bu ko‘zlar tufayli surma rangiga kirgan. La’li
labida bir qatra ter dumaloq bo‘lib turibdi; u mangulik chashmasidan tomgan bitta jonga o‘xshaydi. Lab
tuklarining har bittasini hayot maysasi deyish mumkin: ular Xizr turgan qorong‘i zulmatdan o‘sib
chiqqan. Kishilarga orzu bo‘lgan baqbaqasida qatraqatra suvlar ko‘rinadi; bu baqbaqa chuqurchasiga suv
o‘sha chashmadan sizib tushgan. Har mo‘yi jon tomiridan tortib, kofir zulfi esa imon tomirlarini ham
yulib oladigan. Uning gulrang ipak libosdagi qomati guldor kiyimga o‘ralgan sarvga o‘xshaydi. Uning
chopqir oti yashinday tez qadam bosadi; sayr qilib yurib, yashin-day chaqnaydi. Uning oti yashin bo‘lib,
ustiga mingan o‘zi quyosh bo‘lgandan keyin uni ko‘rib el-xalq kuysa, yig‘lasa, ajablanmasa ham bo‘ladi.
Gul singari etagini beliga qayirgandan keyin, to‘nining etagidan uning savsan rangidagi ko‘ylagi ko‘zga
tashlanadi. Ro‘molining rasmlari gul ko‘rinishida bo‘lib, savsan va gullar ustidan gul sochayotganga
o‘xshaydi. Dastoriga bitta gulni qistirib qo‘ygani sarv va terakka gulni payvand qilganlarini eslatadi. Bu
qanday go‘zal manzara, o‘zi, ey ko‘ngul! Bu Xalil o‘zini urgan gulistonmikan
107
, ey ko‘ngul?!
Chaqqonligi aqlni kuydiradi; nozikligi ruhni titratadi. Maydonda turgan kishining boshiga u
to‘polonda shuncha balolar yetsa, tuproq bo‘lib ketishdan o‘zini saqlay olmaydi. Axir, butun zaminu
zamon ham u go‘zalning oti oyog‘i ostida-ku!
106
Шaмрa - укрoп, укрoп уруғи.
107
Xaлил гулистoни - бундa пaйғaмбaр Ибрoҳим Xaлилуллo тўғрисидaги aфсoнa кўздa тутилaди.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |