www.ziyouz.com
кутубхонаси
75
Bu o‘n marta uning oldiga kirishga taraddud qilsa, darvozabon va qorovul uni qo‘ymaydi. Biror
marta agar uning oldiga kirib qolsa, uning diydorini ko‘rish bunga baxt nasib etganday. Bek agar uning
xol-ahvolini so‘rab, iltifot ko‘rsatsa, bu uni ketma-ket duo qilgani qilgan. Duosini tugatib, o‘rnidan turib,
uyiga jo‘nar ekan, uning yerini ham o‘padi.
Amir shunday bexud xolda o‘zinikilar va begonalar bilan munosabatda bo‘ladi, odamlarni yig‘ib,
ularga maqtanchoqlik bilan gap tushuntiradi. Xudo haqi, qara, bu qanday ax vol? Buni ozgina ta’riflash
uchun ham til lol. Uning kibru havosini ko‘ru buning qashshoqligiga qara!
Ularning o‘rtalarida nima gap bo‘lishi mumkin? Unisi johil bo‘lib, bunisi olim bo‘lsa ham, bu olim
emas, o‘ziga zolimdir. Umni kim amalga erishish uchun vosita qilsa, o‘zini ham, xalqini ham yo‘ldan
adashtiradi. Olim agar amal uchun pastkashlik qilsa, ilmi uning bilimsizligiga dalildir. Ilmi bo‘lib turib,
kim mansabga uchsa, toza terni dengiz suvi bilan teng ko‘rgan bo‘ladi. Itning maqsadi o‘limtik
bo‘lgandan keyin unga bezakdor yopqichning nima keragi bor? Boshliq boiish uchun ilm qozongan
pastkash odam najosatni ipak libos bilan yopgan bo‘ladi.
Olim agar o‘z yo‘liga qat’iy amal qilsa, ilmiga qarab ish tutsa, dunyoning harom mollariga ko‘z
olaytirmasa, o‘tkinchi dunyoga tikilib qaramasa, bunday odamni sharaf gavharining koni deb bil, gavhar
desang ham, kon desang ham - nima, desang, o‘shanga tegishlidir. Haqiqiy olim o‘zi konu, yuz tomoni
yana gavhar, o‘zi osmonu, har tarafi yulduzlar! Konidagi gavharlarning ham barchasi pok, osmonidagi
yulduzlari ham porloq. Kimga shunday baxt nasib bo‘lsa, u dunyoga ko‘z olaytirmasa, ajablanadigan
joyi yo‘q.
Egnidagi to‘nida yuzta yirtiq bo‘lsa ham, gulning to‘ni yirtiq-yirtiq ekani ayb emas-ku! Quyoshning
yalang‘ochligi uning ziynati-ku; bulutdan libos kiyganda esa, hammayoqni qorong‘ilik bosadi. Asal
qovoqdan nari tursa shirinroq bo‘ladi. Mushk ham kiyikning kindigidan ajratilsa, hid beradi. Yer
kishining sharafi kiyimda emas; dur sadafdan uzoq bo‘lsa. bahosi kamaydi Pashshaning ham ust libosi
zarrin, ammo uning qo‘nadigan joyi o‘limtiklarning ustidir.
XLIII
Imom Faxr Roziy bilan sulton Muhammad Xorazmshohning hammomda do‘stlik sham’ini
yoqqanlari va imomning so‘zi bilan sultonning takabburlikdan voz kechgani
Sirdonlar davrasining podshosi, dunyodagi barcha dindorlarning imomi Faxriddin Xorazmni o‘ziga
oromgoh qilganda, uni ko‘rishga Xorazmshoh kelmadi. U so‘rab, buning oldiga kelmagandan keyin,
ilmining qadr-qimmatini saqlab, bu ham bormadi. Shoh o‘z qilmishidan uyalib, pushaymon bo‘ldi. Lekin
imom bunga parvo qilmadi. Orada ko‘p pardali gap-so‘zlar o‘tdi. O‘rtadagi parda esa ko‘tarilmagandan
so‘ng bu gap-so‘zdan ne foyda.
Bir kuni imom hammomga tushgan edi. Shoh ham hammomga yo‘l oldi. Ular bir-birlari bilan
ko‘rishib, shoh unga ochilib shunday savol berdi:
-
Ey, o‘z ilmi bilan elni bahramand etgan, qiyomat ishlaridan bir xabar ber-chi. U kun qanday
mashaqqatlar yuz beradi? Har bir kishining ahvoli nima bo‘ladi?
Shoh shunday ma’noli savolni bergan edi, kamolot egasi bunga shunday javob berdi:
-
Ey qiyomat kunini bilishni orzu qilgan odam, qiyomat haqidagi savolga eng monand joy shu
hammomdir. U yerda ham shoh bilan gado bir xil ahvolga tushib, shohu gado barchasi yalang‘och yuradi.
Amaldorlar, kattalar hammasi senga o‘xshab, ichkariga kirgach, boru yo‘g‘i tashqarida qoladi. Ilmu
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |