Talabalarning o'quv faoliyatini jonlantirish metodlari
Mundarija:
Kirish
I.Bob Talabalarning o’quv faoliyati
1.1 O'quv faoliyatini tashkil etish shakllari
1.2 Talabalar o'quv faoliyati psixologiyasi
II.Bob Talabalarning o'quv faoliyatini jonlantirish metodlari
2.1 Talabalar о‘quv mashg‘ulotlarini nazorat
qilish va tartibga keltirish
Kirish
Iqtidorli yoshlar – Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining hamda uning jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallashini taʼminlovchi muhim omil va millat ziynati hisoblanadi.
Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy maqsadi – Respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual yoshlarni tayyorlash va bu borada yuksak isteʼdod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yoʻnalishlari boʻyicha oʻz tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, oʻzlaridagi noyob isteʼdodni roʻyobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratishdir.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida isteʼdodli yoshlarga yaratiladigan sharoitlar haqida alohida vazifalar belgilangan.
Oʻzbekiston jahonga Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Imom Al-Fargʻoniy, Abu Rayhon Beruniy, Naqshbandiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Behbudiy, Choʻlpon, Fitrat kabi nomlari dunyoga taralgan qomusiy olimlar, shoirlar, maʼrifatchilar va lashkarboshilarni yetkazib bergan. Avlodlari buyuk boʻlgan millatniig farzandlaridan ham buyuklar yetishib chiqishi tabiiydir.
Oʻzbekiston Mustaqillikka erashgach, 1992-yil 2-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibiga qabul qilindi va jahondagi mamlakatlar bilan barcha sohalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik aloqalari oʻrnatish imkoniyatlari yuzaga keldi. Ayniqsa, rivojlangan demokratik davlatlar bilan ilm-fan, taʼlim madaniyat va boshqa sohalar boʻyicha oʻrnatilgan aloqalar yoshlarga, shu jumladan talaba-yoshlarga ularning intellektual salohiyatlarini namoyon qilish uchun katta imkoniyatlar yaratdi.
Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar boʻyicha ijodiy va mustaqil fikrlashni shakllantirish, texnik va texnologik masalalarni hal qilishda ijodiy yondashish koʻnikmalarini mujassamlashtirish lozim. Buning uchun talaba yoshlarning ongiga mustaqil taʼlim olish zaruratini singdirish talab etiladi.
Ayniqsa, ular tafakkurini milliy istiqlol gʻoyasi bilan sugʻorish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etadi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida taʼkidlanganidek: “maxsus oʻquv dasturlari va ilgʻor pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, oʻquv tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki taʼminlanadi”.
Mazkur Nizom iqtidorli yoshlar bilan ishlash uchun professor-oʻqituvchilar va iqtidorli talabalarga moʻljallangan.
Iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etishning asosiy vazifalari
Iqtidorli talabalar bilan ishlash, shuningdek, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini aniqlab borish;
iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yoʻnalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
iqtidorli talabalar uchun Oʻzbekiston tarixi, chet tili, axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish boʻyicha maxsus mashgʻulotlarni tashkil etish;
iqtidorli talabalarni fundamental ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy toʻgaraklarga va ijodiy jamoalariga jalb qilish;
iqtidorli talabalarni ilmiy va amaliy anjumanlarga, universitet, universitetlararo, Respublika va xalqaro konferensiya, simpozium, olimpiada va tavlovlarda qatnashishlarini tashkil etish;
iqtidorli talabalar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga, fan olimpiadalariga nomzodlarni tayyorlash, ularning sovrindor boʻlishiga erishish;
reytingi yuqori iqtidorli talabalar va ularning rahbarlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash;
iqtidorli talabalarni ilm-fan namoyondalari, universitet rahbarlari, tajribali professor-oʻqituvchilar bilan davra suhbatlarini tashkil etish;
iqtidorli talabalar uchun ixtisosligi boʻyicha kasb oʻyinlari va tavlovlarni tashkil etish;
tarjimonlik yoʻnalishi boʻyicha iqtidorli talabalarning ilmiy-ijodiy toʻgaraklarini tashkil etish va ilmiy-ijodiy izlanishlarga tegishli shart-sharoit yaratib berish;
tanlangan yoʻnalish boʻyicha qoʻshimcha adabiyot va boshqa manbaalar bilan iqtidorli talabalarni taʼminlash va ulardan foydalanish usullarini oʻrgatish;
iqtidorli talabalar uchun maxsus chuqurlashtirilgan oʻquv dasturlari ishlab chiqishni va ular asosida taʼlim berishni tashkil etish;
Yuqorida keltirilgan vazifalarni samarali amalga oshirish ishiga oliy oʻquv yurtida barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, oʻquv ishlari boʻyicha boʻlim boshliqlari va guruh murabbiylari masʼul hisoblanadi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish va ularni maqsadli tayyorlash yuzasidan fakultet va kafedralarda, quyidagi ish jildnomalarini yuritish tavsiya etiladi:
Iqtidorli talabalar bilan ishlash Nizomi;
Iqtidorli talabalar bilan ishlash ish rejasi (dasturi);
Ish rejasi (dastur)ning bajarilishi toʻgʻrisida hisobotlar;
Iqtidorli talabalarga oid oliy oʻquv yurti rahbarlarining buyruqlari;
konferensiya, olimpiada, tanlovlar oʻtkazilishiga oid hujjatlar;
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti nomidagi Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga oid hujjatlar;
Iqtidorli talabalarni izlash va ularni maqsadli tayyorlash toʻgʻrisidagi yuqori boshqaruv organlarining qarorlari va buyruqlari;
Iqtidorli talabalar qatnashadigan toʻgaraklarning dasturlari, ish rejalari;
Iqtidorli talabalar va ularning rahbarlari haqida maʼlumotlar;
Iqtidorli talabalar bilan ishlashga taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan, yuqori pedagogik va ilmiy potensialga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar rahbarlik qiladi.
Ikkinchi va yuqori kurslarda iqtidorli talabalar guruhi, ularning oldingi kursda toʻplagan reyting ballari va rahbarlarining fikrini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqiladi. Past koʻrsatkichga erishgan talabalar oddiy guruhlarga, oddiy guruhlarda paydo boʻlgan aʼlochi talabalar esa iqtidorlilar guruhiga oʻtkazib boriladi, natijada bu tadbir talabalarning faolligini oshiradi.
Kursdan kursga oʻtgan iqtidorli talabalarga yakka tartibda shugʻullanadigan fanlari va mos holda rahbarlarining oʻzgartirish imkoniyatlarini yaratish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |