www.ziyouz.com
кутубхонаси
70
Xatni to‘g‘ri yozadigan kishilar haqiqiy sog‘lom kishilardir; xat agar egri yozilgan bo‘lsa, demak,
yozgan odam ham to‘g‘ri emas. Kimning qarashi to‘g‘ri bo‘lsa, o‘sha haq. Kimning qo‘li egri bo‘lsa,
o‘g‘ri bo‘ladi. Kimki qoii egrilik bilan shuhrat topgan bo‘lsa, xalq uning qo‘lixi kesib to‘g‘ri qiladi.
Ko‘z tug‘ilishdan egri bo‘lsa, uning odati bittani ikkita qilib ko‘rsatishdir. O‘zi bitta bo‘lsa-yu,
boshqasi tagida bo‘lmasa, bittani ikkita qilib ko‘rish - ko‘p xudolikni tan olish bilan barobardir.
Sulaymon deb nom chiqargan odamning durri zoti aslida payg‘ambarlik dengizidan edi. U jahon
podshohligi taxtini egallagan, ham podshoh edi, ham payg‘ambar. Butun dunyo mamlakatlari uning qo‘l
ostida edi; odamlar kabi devu parilar ham uning buyrug‘iga bo‘ysunardi. Agar u podshohlik chodirini
cho‘lga tiksa, qushlar uchib kelib, pati bilan darxol soyabon bo‘lardilar. U ochiq, havoli yerlarga gilam
to‘shab o‘ltirardi; safarga chiqsa, yellar unga qo‘shimcha ot vazifasini bajarardi. Devu parilar ham
odamlar to‘dasi bilan birga uning sirli uzugi tufayli
110
buyruqlariga tobe’lik jko‘rsatardi.
Ushbu zamon xoqoni va podshosi
111
oddiy podsho va xoqon emas, zamon Sulaymonidir
112
. Uning
taxtining poyasi osmon avjigacha ko‘tarilgan; toji esa eng tik turgan quyoshga o‘z soyasini solgan.
Saroyining gumbazi osmon gumbaziga o‘xshash bo‘lib, bu saroydagi unga qarashli odamlar
yulduzlardir. Martabasining yuksakligi Jamshid bo‘ysunganlar Hurmuzu Xusravgacha
113
yoyilgan;
mamlakatining kengligi Sulaymonnikicha bor.
Lekin o‘z zamoni Sulaymonga hukmdorligini yurgizish uchun sehrli uzuk bergani kabi, bunga ham,
hukmdorlik qilib turarkan, aylanib turuvchi charx bir uzuk nasib etgan edi. Kimgaki xonlik qilish
muyassar bo‘lgan ekan, bu uzuk bilan. hukmronligini yurgizishi mumkin edi. Uzuk o‘zi sadafdan, lekin
xati gavhardan edi. Qanday ajoyibki, davr, zamon uning xatini «Rostlikdan xaloslik»
114
deb bitgan edi.
Shohga agar shu muxrning xati yordam bermasa, u har narsaga giriftor bo‘lishi mumkin edi. Oxirigacha
to‘g‘rilik uning qoiidan tutgani uchun, to‘g‘rilik bilan xalq ham uning farmoniga bo‘ysuna boshladi.
Kimki to‘g‘rilik yoiini bilmoqchi boisa, bilsinki, bu ikki xil bo‘ladi. Biri shuki, kishining so‘zi to‘g‘ri
bo‘lsa, uning so‘zi bilan birga o‘zi ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Yana biri shuki, yolg‘on gapni ba’zilar
taassuf bilan, uyalganidan «to‘g‘ri!» deydi. Oldingisi, hech shubhasiz, yaxshi, lekin ikkinchisi ham
yomon emas. Kishi yolg‘onni gapirsa ham kam gapirsa! Qani endi shunday odam bizning zamonda ham
topilsa.
Biz shunday qiziq zamon odamlariga mubtalo bo‘lganmizki, ularning oldida rostgo‘ylikdan yomon
narsayo‘q. Ulardan to‘g‘rilikni qidirgan kishi qoshlaridagi nomi-«Chin», o zi nochin jingalak mo‘yni
topadi, xolos. «Chin» kofirlar mamlakati bo‘lsa ham, nomi «Chin», ya’ni «to‘g‘ri» boigani uchun, qara,
hatto jannatning o‘zi ham unga rashk qiladi.
Lekin odamlarga Xudoning o‘zi ato qilgan bu to‘g‘rilik, qara, ularning oldida xato bo‘lib ko‘rinadi.
So‘zlashda xato gapirishga o‘rgangan odam noto‘g‘ri fikrni to‘g‘ri deb gumon qiladi. Kimki bu davrda
to‘g‘ri gapirishga odatlangan bo‘lsa, u kambag‘allik, yetishmovchilikdan boshqa narsani bilmaydi. Bu
davr istagi egrilik bo‘lgani uchun, sen haqiqatni talab qilsang, unga yoqmaysan.
Bu aylanuvchi osmonning hech to‘g‘ri ishi yo‘q; uning pargori chizgan chiziqning ham bironta
to‘g‘risi yo‘q. Kimki to‘g‘rilikni o‘ziga kasb qilib olgan bo‘lsa, davrning aylanishi unga doim
dushmanlik qiladi. Qalam to‘g‘rilikka yo‘l ko‘rsatgani uchun doim uning boshi kesilib, pastga bo‘lib
110
Диний aфсoнaлaргa кўрa, бу узук «Сулaймoн узуги» нoми билaн мaшҳур бўлгaн; унгa ёзилгaнигa кўрa, узук ёрдaми
билaн Сулaймoн пaйғaмбaр дунёдaги ҳaммa oдaмлaрни, ҳайвoнoт oлaмини, сирли мaвжудoтлaрни бoшқaргaн эмиш.
111
Мaтндa «қaйсaр», «Қaйсaр» - Сeзaр сўзидaн oлингaн бўлиб, турдoш oт сифaтидa «пoдшoҳ» дeмaкдир.
112
Зaмoн Сулaймoни - мaтндa «Сулaймoни aҳд»; бундa Султoн Ҳусaйн Бoйқaрo кўздa тутилaди.
113
Ҳурмуз, Xусрaв - бу ўриндa жoй нoмлaри бўлиб кeлaётгaн бўлсa ҳaм, aслидa мaжoзий «кун чиқишдaн кун бoтишгaчa»
дeгaн мaънoни билдирaди.
114
Aсл мaтндa фoрсчa; «Рoстию рaсти».
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |