Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
69
O‘ti boshqa ko‘ngullarga xabar bergan bo‘lsa, ohi bag‘irlarga ta’sir ko‘rsatdi. Titrashidan, 
o‘rtanishidan uning pokligi Quyosh singari fosh bo‘ldi. Hokimning ichidan o‘t alanga ko‘rsatib, o‘zi va 
uning o‘g‘li Shayxga murid bo‘ldilar.
Kim ishqda bu xilda pok bo‘lsa, bu sifat oqibatda xosiyatli bo‘ladi. Haqiqiy husnni agar 
ro‘parangda ko‘rsang, xoh uni ko‘zguda ko‘r, xoh suvda - maqsad uni ko‘rish bo‘lganidan keyin 
ko‘zgu va suvda vujud yo‘q-ku! Bunda odam qayerdayu hayosizlik qayerda? Ishqda poklikdan 
boshqasi mumkin emas.
Ey Navoiy, agar ishq seni xalok etsa, agar bu ishq pok bo‘lsa, o‘limdan nega qo‘rqish kerak?
Soqiy, men o‘libmen, sen menga jon suvini tut. U shunday sof va pok, xuddi tiriklik suvidek bo‘lsin, 
toki men uni yoqam va ko‘ksimni chok qilib, qancha bo‘lsa, pokligicha to‘latib ichay!
XL
O‘NINChI MAQOLAT
 
 
Rostlik ta’rifidakim, borliq uyi shu to‘g‘ri ustun bilan tik, ul uyning yotoqxonasi burchagida bu 
nur (rostlik) sham’i majlisni bezatadi; egrilikni esa rad etish haqidakim, agar egri odam kumush 
badan go‘zallar yuzidan zulfdek joy olsa xam (baribir oxirida) boshi kesiladi; egri odam agar xazina 
ustida ajdahodek xalqa bo‘lib yotgan bo‘lsa xam uni o‘ldirish zarur 
Har kim o‘ziga to‘g‘rilikni odat qilgandan keyin charxning teskari aylangani bilan uning nima ishi 
bor?! O‘qning
109
uchishi to‘g‘ri bo‘lgandan so‘ng, yerning egriligining unga nima ziyoni bor?!
Yo‘l qancha to‘g‘ri bo‘lsa, maqsad shuncha yaqin, yo‘l egri bo‘lsa, maqsad uzoqlashganiga 
ajablanish o‘rinsiz. Nay to‘g‘ri bo‘lgani uchun so‘fiylar uni yaxshi ko‘rishadi; chang to‘g‘ri bo‘lmagani 
uchun qulog‘i buraladi. Nayza to‘g‘ri bo‘lganidan doim boshi yuqori; arqon esa chirmashligi tufayli 
bog‘lash uchun ishlatiladi.
Ayvonda yonayotgan shamming bo‘yi to‘g‘ri bo‘lgani sababli u kechasi qorong‘ida bazmning 
mahbubasisa avlandi Yegri uchish qilib parvona ko‘p aylangani uchun oxiri sham’ o‘tiga urilib yonib 
ketdi. Sarvning qomati to‘g‘ri bo‘lgani uchun xazon kulfatidan ofat ko‘rmay, doim ko‘m-ko‘k. Bog‘dagi 
toza sunbul har narsaga chirmashib o‘sgani uchun egrilik uning yuzini qora qildi. Changning qili to‘g‘ri 
bo‘ladi; egri bo‘ldimi, sozlanmagani.
Mistarning
125
chizig‘iga yozuv to‘g‘ri kela bergach, qalam boshini ko‘tarmasdan yozgani yozgan. 
Unda bitta chizig‘ egri bo‘lsa, xatga bitta dog‘ tushadi; ko‘chirilayotgan nusxada esa har sahifada qiyshiq 
xat bo‘ladi. Hum parilar xizmatida bo‘lgan biron hur naslli pari paykarning gulrang yuzi o‘t bo‘lib, bu 
bilan dunyoga o‘t qo‘yishni o‘ziga maqsad qilib, gul yuzidagi har bir ter toza gavhar bo‘lib, bu terdan 
ko‘p-ko‘p gullar ochilib, sochlarining har tomonidan mushk isini beruvchi chiziqlar bo‘lib, ter namidan 
o‘tdan tutun ko‘tarilib tursa, uning mijozining latifligi el ko‘nglini olish uchun (bir-biriga zid bo‘lgan) 
o‘t bilan suvni parvarish qilsa, uning latofati qancha desa shuncha bo‘lsa, husnu jamol ham imkoni 
boricha mavjud bo‘lsa-yu, lekin uning qaddi-qomati sarfaroz bo‘lmasa, gulzorida u sarv kabi noz qilib 
yurmasa, sarvi xiromon bo‘lib, to‘g‘ri qadam bosa olmasa, mijgon o‘qlarini ham to‘g‘ri mo‘ljallab ota 
olmasa, zor oshiqlar unga jonini bermaydi; odamlarning birontasining ko‘ngli ham unga giriftor 
bo‘lmaydi. Namozxonlar mehrobni to‘g‘ri qurmasa, ko‘z qiyshiq boqib, namoz ham to‘g‘ri o‘qilmaydi.
109
Ёйнинг Ўқи кўздa тутилaди. 
125
Мистaр - чизғич, линeйкa.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish