Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

 
 
 
 
XXX BESHINChI MAQOLAT
 
 
Karam - xayru ehson vasfidakim, teskarisi diram margi
87
dir, balki rahmat daraxtining bargidir; 
baxillik saxiylik yuragidan uzoq bir narsa bo‘lib, inson uchun cheksiz balodir; 
saxiylik ko‘rsatmaslik muruvvatdan bexad xoli bo‘lishlikdir, har tomondan qaraganda cheksiz 
ofat bo‘lgan isrofni rad etish va ko‘p harfli «lof»ni bildiruvchi itlofni
88
 xajv qilish 
Ey egniga xayru karam kiyimini yopingan kishi, sening qo‘lingda pulning qiymati yo‘q. Oltin-
kumush sochish uchun ochilgan panjang Sharqdan qaraganda ham, Gʻarbdan qaraganda ham xuddi 
quyoshga o‘xshaydi. Pul bilan qo‘ling o‘rtasida adovat bo‘lib, pulning umri qisqa, qo‘ling esa saxovat 
orqasida barhayot. Kafting oltinlarni chaqmoqday sochganda, chaqmoq ham hayodan terga g‘arq 
bo‘ladi. Boshingga kiyganing ehson va saxovat tojidir, tojning ustidagi esa xayru karam gavharidir. 
Saxiylikdan zotning gavhari shuncha sharaf topdiki, yetti osmondagi eng qimmatbaho toshlar unga sadaf 
bo‘ldi. Natijada sening jamiyatdagi qadring osmon ko‘kining qadriday yuksaklashdi, sochgan durru 
gavharlaring yulduzlarga tenglashdi. Boshingda baxt yulduzi porlab, «farq» so‘zi
89
boshida yozilgan «f» 
harfi ustidagi nuqtadek jilva qilib turibdi. Sharofatli boshing ustida karam bayrog‘i «bosh so‘zidagi
90
alif 
harfidek bayroqdir». Ikki qo‘ling saxiy Qulzum va saxiy Ummon
91
ning o‘zi; ikkisi ham imkoni boricha 
saxiylik qiladi. Kaftlaringning odati birovga bir narsa berish bo‘lib, Hotam ham, Barmak
92
ham unga 
quldir.
Senga Tangri ato qilgan bu narsa ikki qism - karam va saxiylikka bo‘linadi. Tanangdagi har bir tuk 
bir til bo‘lib, Xudoga shukr va minnatdorchilik bildirganda ham hammasini ayta olmaydi. Yehson va 
saxovat ko‘rsatish vaqtida baxillik qilma, Xudoga shukr bildirish chog‘ida ham tanti bo‘l. Baxillik 
insonda bor sifatlarning eng pasti, lekin saxovat javhari esa eng nafisi. Saxiylik pnga odat bo‘lib, boshing 
shu saxiylik duri bilan porlab turadi. Shuning uchun bu mo‘l-ko‘l durni xor qilma, uni baxillik bilan 
almashtirma.
Lekin saxiylik qanday maqtovga loyiq sharafli xususiyat bo‘lmasin, uni orttirib yuborsang, bu - 
isrofga aylanadi. Aql insonga xos sifatlarni ta’riflab kelib, isrofgarchilikni baxillik bilan teng deb 
qaraydi. Ko‘ngulni juda ham keng tutib, nega endi durni eshakmunchoq bilan barobar qilib yuborish 
kerak? Yehson va karamning o‘z qoidalari bor; har xil sharoitga mos shakllari ham bor.
Ey odam, Tangri senga yuksak amal nasib ettirib, karam qilishing uchun kerakli boylikka ega qilgan. 
Shuni bilki, kim saxiylik qilishga haqli ekan, kim pul ulashishga munosib ekan, nom chiqarish uchun 
gavharni xovuchlab sochish, maqtanish uchun etaklab pul berish aqlli ish, deb hisoblanishdan iuda uzoa 
87
«Кaрaм» сўзи тeрс ўқилсa «мaрг» (ўлим) бўлaди.
88
Итлoф - бoйликни бaрбoд этиш, исрoф қилиш.
89
«Фaрқ» сўзи aрaбчa шaклдa ёзилгaн. Фaрқ - «бoш», «кaллa» дeгaн мaънoни ҳaм билдирaди.
90
«Бoш» сўзи aрaбчa шaклдa ёзилгaнки, ўртaсидa «aлиф» ҳaрфи бoр.
91
Қулзум вa Уммoн - дaрё вa дeнгиз нoми.
92
Ҳoтaм-Тoйи вa Бaрмaк - сaxийлик билaн нoм қoзoнгaн кишилaр нoми.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish