Buyuk sarkarda Amir Temur haqida!
Dunyoda shunday tarixiy shaxslar bo`ladiki, ularning hayoti, kechirgan faoliyati keyin afsonalarga o`ralib ketadi va asrlar davomida bu mazmunan boy hamda g`aroyib umr dostoni uning xalqiga bitmas-tuganmas boylik sifatida merosu yodgorlik bo`lib qoladi. Dunyoga kelgan har avlod unga murojaat qiladi, o`zini qiziqtirgan savollarga javob topishga intiladi.Amir Temur Ko`ragon umri, uning chaqmoqday hayoti bizning xalqimiz uchun ana shunday umr dostoni vazifasini bajaradi.
Sohibqiron Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning ko`rkam shahri Shahrisabz (Kesh) ning Xo`ja Ilg`or qishlog`ida tavallud topganlar. Amir Temurning otasi Tarag`ay “ Bola boshidan” degan naqlga amal qilib, o`g`liga yoshligidan yaxshi ta`lim-tarbiya berdi.
Temurbek bilim olishni yetti yoshidan boshladi. Bu haqda uning o`zi bunday deydi:” Yetti yoshga to`lganimda Shahrisabzdagi madrasaga olib borishdi va qo`limga so`zlar jadvalini berishdi”. U 9 yoshga to`lganda madrasadagi hamma bolalardan ustun bo`lib oldi.
Temurbek 12 yoshida bolalar bilan o`ynashni kamaytirdi. Vaqtini o`z tengdoshlari bilan o`tkazdi. Ta`til vaqtlarida otasi va boshqa kishilardan harbiy san`at hamda bahodirlik rasm- rusumlarini mukammal egalladi. 15 yoshga to`lganida ot minib, ov qilishni sevib qoldi. Bu ishda katta mahoratga erishdi. Xullas, Temurbek yaxshi o`qib, ziyrak va jasur bola bo`lib o`sdi, el-yurtga mehr qo`ydi.
1360-yilda 24 yoshida Amir Temur mo`g`ilarga qarshi kurash olib boradi. Qozonxon o`ldirilgandan keyin Movarounnahrni mo`g`illar bosib oldi. Amir Temur og`ir kunlarda el-yurt yukini yelkasiga oldi. U xalqni o`z atrofiga to`plab, mo`g`illarga qarshi kurashdi. Bu kurash o`n yil davom etdi. O`sha yillari Temurbek 62 kun zindonda yotdi. Bir umr aziyat chekdi. Lekin eliga hamisha sodiq qoldi. El bilan birga bo`ldi. Oqibatda Temurbek va unga ergashgan amrlar mo`g`illar ustidan g`alaba qozondi.
Millatimiz faxri bo`lgan ulug` bobomiz nafaqat ulug` sarkarda , haqiqatni yoqlaguvchi, adolatpesha, yolg`onni yomon ko`ruvchi, bir so`zli, oqibatli shaxs. U kishi birovga yomonlikni ravo ko`rmaydigan butun qalb egasi. Shuning uchun u yomonlik qilganlarni o`z yomonliklariga topshirdim, deydi va bundaylar bilan olishib vaqtini behuda ketkazmaydi. Masalan, Shibirg`on hokimi Zindachashm Opardiy to`rt marta xiyonat qilganida ham kechiradi, ya`ni yomonligidan qaytar, do`st bo`lib ketar, deb umid qiladi.
AMIR TEMUR ELIM DEB, YURTIM DEB O`Z JONINI FIDO QILGAN INSON AMIR TEMUR ELIM DEB, YURTIM DEB O`Z JONINI FIDO QILGAN INSON
Tarixchi Arabshoh Amir Temurni baland bo`yli, tik qomatli, keng peshanali, g`oyatda kuchli, oq-qizil yuzli, qo`l-oyoqlari baquvvat, yelkasi, barmoqlari yo`g`on, poychasi semiz, qaddi-qomati kelishgan , sersoqolli, qoshlari qalin, o`ng oyog`I bilan o`ng qo`li zaxmdor va yo`g`on ovozli edi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Nasr Farobiy fozil shahar va fozil shahar boshlig`i to`g`risida yozar ekan, o`sha boshliq o`zida o`n ikki xislat-fazilatni mujassam etmog`i kerak. Shunisi diqqatga sazovarki, ushbu ta`riflarni o`qiganda bevosita Amir Temur siymosi ko`z oldinda namoyon bo`ladi.
Amir Temurning o`sha risolani o`qib, risoladagidek fozil rais, odil podsho bo`lishga harakat qilganligidandir.
Sohibqiron Amir Temur Ko`ragonning boy shaxsiyati, suronlarga to`la hayoti, har amalga oshirgan yumushi, har bir bosgan qadami avlodlar uchun saboq va namuna bo`lib xizmat qiladi. Uning farzandlariga bo`lgan munosabati, podshoh emas, balki dastavval bir ota, padari buzrukvor sifatidagi siymosi ham bag`oyat ibratlidir.
Amir Temurning to`rt o`g`li va ikki qizi bo`lgan. O`g`illari ham, qiz farzandlari ham harbiy san`at sirlaridan yaxshi xabardor bo`lgan.
Amir Te mur farzandlari
Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat , ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o’rgatish , ularni komillikka yetaklash yo’llarini , qonun-qoidalarni izlaganlar. Darhaqiqat , insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Temuriylardan Shoxrux, Ulug`bek, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzolar davlatni boshqarishda din va tasavvuf qoidalariga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda uning an`analarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda me`morchilik yuksak darajaga ko`tarildi.
Temur tuzuklari ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qismida Amir Temurning hayoti va siyosiy faoliyati to`g`risida gap boradi. Ikkinchi qismida esa Sohibqironning o`z vorislariga qarata aytilgan vasiyatlari, pandu-nasihatlari, davlatni idora qilish san`atining nozik sirlari, tartib qoidalari haqida mulohaza va tavsiyalar keltirilgan.
“Amir Temur tuzuklarini o`qisam, xuddi bugungi zamonning katta muammolariga javob topgandek bo`laman”.
I.A.Karimov
Do'stlaringiz bilan baham: |