Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
49
turib, o‘zi ham qo‘shilib, ashula ayta boshlaydi. Oyoqlari bilan yerni depsib, fildek bo‘kirib, nafs 
changagi oldida xoru zor bo‘ladi. Unga ergashgan «xudojo‘ylar» ham shu xilda harakat qilib, uning 
atrofida doira bo‘lib aylanib, bema’ni xayollar bilan o‘zlarini so‘fiylik kayfiyatiga soladilar; shayx 
atrofida fonus atrofida aylangandek aylanadilar. Jazavasi tutganda muridlarining har biri piridan 
qolishmaydi: bemazalikda hammasi birdek. Bexuda so‘zlarni so‘zlashda biri chirildoqqa
95 
o‘hshasa, 
ko‘p aylanishda boshqa biri pirildoqqa o‘xshaydi. Biri o‘zini yo‘qotib, tilsiz qolsa, boshqa birovi nola 
qila berib, xolsiz yiqiladi. Bunisi unisini ko‘z qiri bilan kuzatib tursa, unisi shunisi ham kamoli o‘zini 
yo‘qotishga qiyos etadi. Munofiqlik o‘tidan har biri do‘zaxga o‘xshaydi, lekin asl tabiatlari 
sovug‘lig‘idan esa yaxga. Har biri o‘zini shuncha ko‘p urintiradiki, natijada yiqilsa, tura olmaydigan 
xolga keladi.
Ularning hammasining maqsadi - katta amaldorlar shayxning va xonaqohning bu ahvolini ko‘rsa, 
shayxning pirlarga xos namozxonligini, uning muridlarining ham zikrini, o‘z vazifasiga amal qilishini 
bilib, ularning faqirlik va qanoat orqali bu martabaga erishib, Xudo ishqi va mutasavviflik xolatidan 
bahramand bo‘lganlarini kuzatsa. Shundan keyin ularning hammasini avliyo deb hisoblab, ularning 
so‘fiylik xoliga kirib, o‘zidan ketishlarini ham chin deb o‘ylab, shayx oldida yalinib-yolborib, 
kamchiliklarining chorasini ko‘rsalar. Ish oxir shunga borsaki, mamlakat podshosi va lashkarboshisi ham 
xabar topib, ko‘p duolar qilib, iltimos bilan unga murid bo‘lsa, martabasini doim ko‘tarib tursa. Unga 
xadyalar, tuhfalar tortsa, mol ham bersa, g‘allakor yer, kent
84
va suyurg‘ol
85
bag‘ishlasa. Shunday 
narsalar bilan bahramand bo‘lsa, shundagina ularning nafsi orom, shodlik topadi.
Yo Xudo, bu qanday pastkash nafs o‘zi?! Bu nafs emas, o‘zi uchun ham katta azob-ku! Kun o‘tkazish 
uchun shuncha nayrang! Mansab uchun shuncha yolg‘onbozlik!
Shunday ekan, bu toifa odamlari yomonlarning yomonidir; dunyoda ulardan o‘tadigan yomonni 
topish qiyin. Ularning tashqarisi yaxshi, lekin ichlari fasod bilan to‘la; ularning tashi joynamozu ichida 
odam yoziladigan joy. Ular nafs oldida ruhni qulga aylantirganlar, toza ipakni esa dajjolning ustiga 
yopganlar. Ularning ichida dev bilan shayton qaynaydi, tani esa maloyiklardan to‘kilgan pat bilan 
pardalangan. Ko‘ylagidan mushku anbar hidi keladi, ichida esa yuzta it o‘lib badbo‘ylik bilan to‘lgan. 
Usti oltinlangan soxta pullar bo‘lsa ham, o‘tga solib, bulg‘onchdan oltinni ayirib olish mumkin. Lekin 
bu bulg‘onchlarga do‘zax ham hayf, chunki bu yaramas to‘da odamlariga o‘tni havo ravo ko‘rib 
bo‘lmaydi. Hamma odam odatda o‘tdan azob ko‘rgan bo‘lsa, bulardan o‘t azob tortadi.
Mana, qara, odam bilan odam orasida qancha tafovut bor: bunisi Tangri deb butni tanlagan, unisi 
qiblani. Birontasi «jannat» so‘zini og‘ziga ham olmaydi, shuning uchun ularning birontasi kuyishga ham 
noloyiq.
Ey, ko‘ngul, shunday odamlarga jahonlar fido bo‘lsinki, ularga jahonlar emas, jonlar ham fido 
bo‘lsinki, bunday odamlar ikki dunyoni ham tark qilib, ikki jahonnigina emas, jonini ham tark etib, firib 
daftarini yelga uchirib, nomus xirqasini o‘tga yoqib, masjidu mayxonani ham yoqtirmay, mayxonaga 
ham, Ka’baga ham boqmasdan, elning yaxshi-yomoniga yeng silkib, odamlarning boru yo‘g‘ini birdek 
ko‘rib, jonni ham, jahonni ham tuproqcha ko‘rib, butun borliq va u joylashgan makonni xashakcha bilib, 
dunyodagi hamma narsalarni o‘tkinchi hisoblab, o‘zini esa shu yo‘qlik o‘ti ichidagi kul deb, bu xayollar 
bilan o‘zini tamom kuydirib, shu kul bilan tozalangan oina uning yuzini yoritadi! Bunday ko‘zguda 
begona hech narsa yo‘q, unda maqsad yuzigina jilva qiladi. Yanada to‘g‘rirog‘i, bu yuksak xayollar, 
xayollar emas, zarralar unga har bittasi boshidan-oyoq bir ko‘zgu bo‘lib, uni maqsad ma’shuqasi (Xudo) 
ga ro‘para qiladi. Har tarafda ko‘zgu va jononlar ko‘rinadi; ko‘z yomon degan narsaga tushmaydi. U 
qayoqqa boqmasin, Xudoni ko‘radi; bularni yaratganni esa mutlaq yaratuvchi deb taniydi. To‘g‘ri yo‘l 
84
Кaттa қишлoқ.
85
Пoдшoҳ тoмoнидaн бир умргa бeрилaдигaн ер-сув.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish