www.ziyouz.com
кутубхонаси
59
sopol idishda ham suv icha beradi. Suv sopol idishda yaxshi turadi; oina kul bilan toza bo‘ladi.
Ko‘zguning dastasi oltindan bo‘lmasa ham, uning yuziga nafas tegmasa bo‘ldi. Tashna odam suv
bilangina xursand bo‘ladi; bunday vaqtda u oltin qadahni xayoliga ham keltirmaydi. Ootgan nonni suvga
to‘g‘rab, ivitib yeyayotgan odamga quyoshning gardishi, hayot suvi haqida o‘ylashning nima keragi bor?
Chiroyli bo‘lsin, deb kim oshiga sabzi va sholg‘om o‘rniga oltin, kumush, no‘xat o‘rniga
qimmatbaho dur, mayda lavlagi o‘rniga toza la’l solgan?! Ovqatning yuzida zarrin nur sochuvchi quyosh,
tovoq ustida esa non o‘rniga oy kulchasi, non ustidagi ko‘k o‘rniga zumurrad, dasturxon ustida bodring
o‘rniga ko‘k tosh bo‘lsa, Xudo haqi, kel, o‘zing insof bilan ayt, och odam bu narsalarni qanday qilib
yeydi?!
Bular orasida ajoyib narsalar bo‘lsa ham, lekin durlari tishlarni sindiradigan ofat; chaynaganda tishga
ozor yetib, yutaman desang, bo‘g‘uz jarohatlanadi. Hashamat uchun qilingan bu osh yeyiladigan bo‘lsa,
u osh emas balki bir necha bo‘lak toshdir. Bu osh oshqozonga yuborilar ekan, ayt-chi, uni oshqozon
qanday xazm qiladi? Oshqozon mayda toshlarni emas, o‘ziga muvofiq oshni xazm qiladi. Ularni sen
yeyish munkin bo‘lgan ovqat deb hisoblama; ular boshdan-oyoq odamni o‘ldiradigan zahardir. Kimki
bu narsalarning bahosini sanaydigan bo‘lsa, o‘zini o‘ldirib, xunining bahosini berishi kerak. Ular xazm
bo‘lgan taqdirda ham, insofing bo‘lsa, boq, bu qanday xaddan oshish va isrofdir.
Kimki Qorun xazinasiga ega bo‘lib, Jamshid mamlakati, Faridun
102
toji uniki bo‘lib, xayr uchun
butun bir xazinasining eshigini ochmasa, foydasiz durru gavhar sochmasa, o‘rinsiz karam ko‘rsatmasa,
bitta xayrga yuz minglab diram bermasa, ochga ovqat bersa, yalang‘ochga to‘n, yuz so‘m so‘raganga
ming so‘m, bir so‘m so‘raganga o‘n so‘m bersa, qancha boyligi bo‘lsa shunga qanoat qilsa, Tangri oldida
ham, xalq oldida ham uning ayblari doim kechiriladi.
Shunday odam ham borki, o‘zining hech boyligi yo‘q bo‘la turib, qilayotgan sarfi bilan
qanoatlanmaydi. Bunday odam o‘rinsiz sarf-xarajat qilishga o‘rgangan kishini ko‘rib, o‘shaning
qilganini qilishni orzu etadi. Uning xazinasiga qo‘li yetmay turib, o‘shaning ehson va isrofgarchiliklarini
havas qiladi. O‘zining oddiy xashagini sarv bilan yonma-yon qo‘yadi. Xarob otini Raxsh
117
orqasidan
choptirmoqchi bo‘ladi. O‘zi kiyish uchun ustiga palos topa olmaydi, lekin birovlarga naqshli liboslar
bergisi keladi. Kimning o‘y-fikri shunday bo‘ladigan bo‘lsa, oldinlari uning birovdan qarz ko‘tarishga
zarurati tug‘iladi. Qarz ko‘tarishdan boshqa xunar topa olmagach, oladi-yu, lekin qaytarib bergani tanini
topa olmay qoladi. Olingan mablag‘ni u qora yer bilan barobar qilib sarflaydi; va’dasining vaqti yetib,
qarz bergan odam qarzini qistay boshlaydi. Qarz ko‘tarib, sarf qilib sovurib, isrof tufayli hamma
narsasidan ajraladi.
Shundan keyin u odamlar orasida sharmanda bo‘lib, terga botadi yoki boshini olib, bir yoqqa qochib
ketadi. U shuncha, yana yuz shuncha alamlar tortadi, lekin bular hammasi unga yana yuz xissa kam.
Qanoatni tark etish uni vatanni tark etishga olib keldi; boshiga esa yuz ming balolarni keltiradi.
Kimki qanoatni maxkam ushlagan bo‘lsa, uning ahvolida bu xil qiyinchiliklar yuz bermaydi. Mehnat
qilib, ikki chaqa pul topish shoh in’om qilgan xazinadan yaxshiroqdir. Xotirjamlik bilan ichilgan qatiqsiz
ugra osh birovning minnat bilan bergan shirin kulchasidan afzalroqdir. Kuni bilan qiynalib mardikorlik
qilib, kechasi o‘z uyini ma’mur qilish tama’ toqini balandga ko‘tarib, mardikorlikni yuz bor pastga
urishdan yaxshidir. Yo‘qchilikni bo‘yniga olib, unga ko‘nikkan odam eng yaxshi odamdir. Qanoat
mulkidagi saroydan joy olishni mo‘ljallagan odam yaxshilarning yaxshisidir.
Bunday odamning ko‘ngliga bog‘ni sayr qilish fikri kelsa, osmon gulshanini tomosha qilish bilan
kifoyalanadi. Go‘yo osmon gumbazi uning uyining nilufar rang gumbazidir. Bog‘ining saxni esa ko‘k
102
Жaмшид, Фaридун - қaдим Эрoн мифик пoдшoҳлaрининг нoмлaри.
117
Рaxш - aфсoнaвий қaхрaмoн Рустaмнинг чoпқир oти нoми.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |