Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

 
 
XXXII
OLTINChI MAQOLAT
 
 
Adablilik odati to‘g‘risidakim, kichiklarga baxtiyorlik sababi, ulug‘larga esa yuksak 
martabalilik boisidir; tavozu’ vasfidakim, «dol»dek qaddini xam qilgan qadamini baxtning 
boshiga qo‘yadi va hayo nuri haqidakim, biron kishi buning ichiga kirsa rahmat yomg‘irlari 
bilan serob bo‘ladi 
Ey talab uyidan joy olgan, qaddini xizmat yuki past qilgan odam! El yo‘lida dard chekib, gardga 
aylanding, o‘sha gard bilan kibr ko‘zini ko‘r qilding. Sen qiyinchilik tortib, ko‘z yoshlaringni har 
tomonga sochib, u bilan nafsu havo o‘tlarini o‘chirding. Sadoqat yo‘lida ohu nadomat chekib, yolg‘on 
yuzini ohing o‘tidan chiqqan tutunlar bilan qora qilding. Sadoqatda har issiq nafas olishing bilan ayyorlik 
va riyokorlik xirmonini kuydirding. Sen o‘zing uchun biron foydani ko‘zlamaysan; doim safar kamarini 
bog‘lab, xizmatdasan. O‘zingda kuchli g‘ayrat shamolini bunyod etib, hirsu tama’ asbob-anjomlarini 
barbod qilganing qilgan. Sen shunday yo‘lni tanlab, eng asosiy tilaging ko‘chasiga kirding.
Lekin bu yo‘lni bosib o‘tishning talab etadigan bir sharti, bilki, tavozu’ bilan adabga ega bo‘lishdir. 
Qachonki yangi chiqqan oy tavozu’ saqlab, qaddini xam qildi, u kun sayin kamol topa boshladi. Yoy 
tavozu’ sifatiga ega bo‘lgani uchun qadri oshib, «Qur’on» ustidan joy oldi. Osmon ham tavozu’ga rioya 
qilib egilgani uchun butun olam uning amriga bo‘ysunadi. Yoyga o‘xshash qoshlarga ham sharaflar 


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
55
bo‘lsinki, odamlar uning uchun jonlarini qurbon qildilar. Amaldan, o‘z nasabidan kishilar sharaf 
topmagan. Lekin haqiqiy sharaf hayo va adabdan keldi. Yomg‘irning ham manbai hayodir; uning bir 
qatrasi tuprog‘ni kimiyo qiladi. Adabsiz kishilar hech qachon e’tibor qozonmaydilar. Doim baland 
osmon (taqdir) bunday odamlarni pastlatib yuradi.
Adabsizlikning biri kulgidir. Kulgi adabsizlikning belgisidir. Kaklik qaxqaxa solib kulgani uchun bu 
kulgi tufayli uning boshiga balo keladi (ya’ni ovchilar ovozidan bilib, ovlab oladi). Gʻuncha kulib, 
ochilib ketgandan keyin o‘z-o‘zidan sochilib ham ketadi. Chaqmoqni’ o‘z kulgisi tog‘ning ichiga 
qulatadi, hatto yerga pastlatib, tuproqqa kiritib yuboradi. Tong ham shunaqa odatni yaxshi ko‘radi. 
Shuning uchun quyosh o‘ti uning durlarini isiriqqa aylantiradi.
Kulgi o‘z me’yoridan oshib ketdimi, bundan yig‘lagan ancha yaxshiroqdir. Sham har kecha 
yig‘lagani uchun tobora ravshan yonadi; g‘unchani esa kulgani uchun shamol uchirib ketadi. Bulut 
yigiab, ko‘z yoshi to‘kishi bilan dur sochuvchi bo‘ldi; chaqmoq esa kula-kula pastlashdi, yerga kirdi. 
Mast ham yig‘lab-yig‘lab, o‘zini bilmay qoldi, lekin kechirim so‘rab yig‘lagani gunohdan pok etdi. 
Adabli odam kuxsh uchun og‘iz ochmaydi, lekin hayo buluti tomchisiz emas. Qaxqaxa bilan xazil bir-
biriga do‘st; ikkisi ham qurbaqaning tovushi va yurishiga o‘xshash kulgili narsalardir. Kimki hindu 
(masxarabozi) bo‘lib, kuldirish uchun xazil qilsa, avvalo o‘shaning yuziga qora surtish kerak. 
Ko‘zbo‘yamachining so‘zlagan so‘zlari yolg‘on bo‘lgani uchun, qara, o‘z tilini o‘zi kesmoqda
109

Engagiga yolg‘ondakam soqol bog‘lab, birov odamlarni kuldirar ekan, bunda soqol tufayli odamlar 
uning o‘zining ustidan kuladi. O‘zining ko‘rkini orttirib ko‘rsatish uchun maymun boshiga bo‘rk qo‘yib 
olar ekan, odamlar uning tepasiga kulish uchun kelarkan, ular faqat uning boshigagina kulmaydilar
uning o‘zidan ham kuladilar. Odamlarni kuldirib tirikchilik o‘tkazishga o‘rgangan masxaraboz ulardan 
bir pul olguncha ikki shapaloq yeydi. Boyqushning qiyofasi masxaraboznikiga o‘xshaydi, shuning uchun 
barcha qushlar uni talagani talagan. Lo‘li xazil qilib qo‘lini yerga tirab, oyog‘ini osmonga qilib turganda, 
u boshini yerga qilib, o‘zini o‘zi sharmanda qilgan bo‘ladi.
Bu xil pastliklar biri biridan qiziq bo‘lib, hayo va adab yo‘li bilan daf bo‘ladi. Quyosh bayrog‘i jilva 
sochib, kecha qorong‘iligi yer ostiga kirgach, masxaraboz mast xolda baqirgan, chaqirgan; aqlli odamlar 
esa gapni shoshmasdan gapiradi. Tulkii va it (har xil qiliqlari bilan odamlarga) kulgi eshigini ochadi; u 
odamlar sherni ko‘rsa, uyidan qochadi.
Bu aytganlarimizning oti tavozu’dir, tavozu’ning sifati esa adabdir. Aql uning haqida maqtovdan 
boshqa so‘z aytmaydi, lekin u hammada bir xil mavjud emas. Tavozu’ni har kishining ahvoliga loyiq 
ko‘rsatish kerak; ko‘rsatgan tavozu’ing uning ahvolining ko‘rinishiga muvofiq bo‘lsin. Qulga bek 
ortiqcha tavozu’ ko‘rsatsa, o‘ziga azob-uqubat iplarini orttirgan bo‘ladi. Gadoning oldida sajda qilish 
marhamat emas, unga bir tanga bersang, bu unga nisbatan marhamat ko‘rsatishdir. O‘rindan turib, bolaga 
joy berish ham adabdan emas; keksalar bu ishni adab hisoblashmaydi. Bunday ahvolda u mutakabbir 
hisoblanib, sen yengiltaklik qilgan bo‘lasan. Ayt, bu ikki ishni odamlar nega qilishi kerak?
Garchi adablilik shartlarini saqlash juda zarur bo‘lsa ham, ammo buni har bir odamning darajasiga 
qarab bajarish kerak. Bir kishi sendan martabada past bo‘lsa, uni sen o‘zingga tobe’ xolda ko‘rsang, 
garchi u o‘zi senga tobe’, bog‘liq bo‘lsa ham, ko‘nglung uning qayg‘ulariga sherik bo‘lsin. Farz va 
sunnat qoidalari shunday ma’qulki, ularni hammaga o‘rgatish majburiydir. Senga tobe’ kishilardan biri 
bunga xilof ish qilsa, uiarxi tekshirib turish sen uchun farzdir. Qiyomat kuni seni chaqirganlarida, nima 
savol bo‘lsa, sen javob berasan. Ularga g‘amxo‘rlik qilish sening bo‘yningdadir; tirikchilik yozuqlari 
ham sening qo‘yningda. Barchasiga do‘stlik qilish senga vojibdir. Yaxshi-yomon ishidan xabardor bo‘lib 
turish ham.
Tavozu’ sifatiga ega bo‘lish umidi bilan u dunyo xavfidan qo‘rqib, shul qo‘l ostingdagi jamoatga 
shuncha ta’zim qilding. Agar bolalaring va xotining bo‘lsa, ularga ham shu ishni qilishing kerak. Yosh 


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish