MAVZU: Yassaviya tariqati va u bilan bog‘liq qarashlar Tayyorladi: IDRISOV ABDULJAMIL Qabul qildi: ERNAZAROV ODILJON REJA: XO’JA AHMAD YASSAVIY (1093-1166)
Bismilloh deb bayon aylay hikmat aytib, Toliblargʻa durru gavhar sochtim mano. Riyozatni qottigʻ tortib, qonlar yutub, Men daftari soniy soʻzin ochtim mano.
“Hikmat” asaridan
HAYOTI VA YOSHLIK DAVRI Xoja Ahmad Yassaviy - so'fiy shoiri, turkiy tilda so'zlashadigan dunyodagi birinchi so'fiy tasavvufchilaridan biri. 1093-yilda hozirgi Qozog'iston hududida joylashgan Sayram shahrida tug'ilgan. Uning otasi shayx Ibrohim hali yoshligida vafot etgan va uning oilasi Yassi shahriga (hozirgi Turkiston) ko'chib ketgan. Aristobobda uning ustozi bor edi. Ustozi vafot etgach, u Buxoroga yo'l oldi va Yusuf Hamadoniyning shogirdi bo'ldi. So'fiy shoir, turkiy tilda so'zlashadigan dunyodagi birinchi so'fiy tasavvufchilaridan biri. U Qoraxoniylar saroyida tashkil etilgan turkiy adabiy til ijodiida yozgan.
Yassaviy yodgorligi. Ashxabod (Turkmaniston)
YASSAVIYLIK
Yassaviylik — tasavvufdagi tariqatlardan biri. Yassaviylik taʼlimotiga koʻra, komil murshid (shayx)ning zimmasidagi birinchi vazifa oliy insoniy sifatlarni oʻzida mujassam etish, shariat ilmini mukammal egallab, soʻng muridlarni ortidan ergashtirishga erishishdir. Yassaviylikka koʻra, murid quyidagi talablarga rioya qilishi zarur: biror kishini oʻz murshididan ustun qoʻymasligi va unga mutlaq ehtirom bilan bogʻlanishi; zikr va idrok sohibi boʻlishi, ustozining ramzi va ishoratlarini oson ilgʻashi; soʻzda toʻgʻri, vaʼdaga vafodor boʻlishi; ustozining amr, taklif, vaʼz va nasihatlarini nazardan soqit etmay kamolga intilishi.
YASSAVIYLIK HAQIDA MANBALAR Haziniyning "Javohir ul-abror" asarida Ya.ning asoslari quyidagicha qayd qilingan: tavhidga asoslangan tasavvufiy tushunchalar; shariat va paygʻambarning sunnatiga mutlaq bogʻliqlik; shariatga tayangan tariqat; riyozat va mushohada; xilvat va zikr. Ya.da ilmmaʼrifat egallash, himmat va saxovat tuygʻularini kamol toptirish, nafsga qarshi kurashda sobit boʻlish, halol mehnat bilan rizq topishga alohida ahamiyat berilgan. Ya. zikri jahriyga asoslanilgan. Adabiyot
Uning "Devon-i-hikmat" asari bugungi kungacha saqlanib qolgan. Ko'pincha "Hikmat" nomi shaklida qisqartiriladi.
Shoirning so’nggi yillari 1166/67-yilda Xo'ja Ahmed Yassaviy vafot etdi va buyuk avliyo sifatida Yassi shahrida o'zi uchun qurilgan maqbarada dafn qilindi, keyinchalik u musulmonlarning ommaviy ziyorat va ibodat joyiga aylandi. XULOSA Xulosa qilib aytsak, Ahmad Yassaviy o’z davrining yetuk mutafakkirlaridan biri hisoblanadi. U nafaqat shoir sifatida, balki, ulug’ diniy ulamo sifatida ham o’z davrining buyuk shaxslaridan hisoblanadi. U yassaviylik tariqatiga asos solib, tasavvufga o’zining katta foydasini keltirdi. FOYDALANILGAN ADABIYOT VA MANBALAR - “Sufizm va Tariqat” kitobi
- “Dinshunoslik” o’quv-qo’llanmasi
- www.library.ziyonet.uz elektron kitobxonasi
- www.wikipedia.org sayti
- “Islom Tarixi” kitobi
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
Do'stlaringiz bilan baham: |