Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
38
Uni baxr dema, u ajoyib bir kon bo‘lib, boshdan-oyoq la’l va gavharlar makonidir. Agar uning bir 
uchi uchta sham’dan yorug‘ bo‘lib turgan bo‘isa, lekin ulardan biri Sharq mash’alidir. Uning uchtasi 
jonsiz tabiat, o‘simlik va hayvonot bo‘lsa, bu yettitasi otalarining ishlarini bajaruvchilardir.
Balki yetti otasi bunga kitoblar onasi bo‘lib, undagi yetti oyat esa buyruq tusini oldi. Yo‘q, yetti 
buyruq ham emas, har bir surasi o‘lkani obod etuvchi davlat va dinini chegarasidir.
Boshlanishidan har bir sura oltin harflar bilan yozilgan bo‘lib, ichida bezaklar bilan tartib berilgan. 
Har sahifasidagi gulshanga o‘xshash sahifa uning bog‘i, xat chiziqlari atrofida tiniq, toza suvlar mavjud.
Bu oddiy bog‘ emas, balki osmon, osmon ham emas. Satrlari - saf-saf malaklar. Balki uning har o‘n 
oyati bir lojuvard samodir.
Allohning so‘zlarining har bo‘lagi varaqdan varaqqa o‘tgan bo‘lib, ulardan barcha haqiqatlar mavjud 
va barchasi to‘g‘ridir. Ularga monandi yoki o‘xshagani yo‘q bo‘lib, uning aytuvchisi qadimiylik qancha 
bo‘lsa o‘shancha qadimdir.
Bilgilki, yana biri payg‘ambarlar guruhi bo‘lib, ularning har biri safe gavhari to‘la dengizdir. 
Ularning barchalari Allohning amri bilan (odamlarni) yaxshi ishga buyurish va yomon ishdan qaytarish 
bilan shug‘ullanib, xalqqa Xudoning to‘g‘ri yo‘lini ko‘rsatganlar. Tushunmagan kishilar buning uchun 
ulardan xujjat talab qilishsa, buning uchun ular mo‘jizalar ko‘rsatishgan. Ularning barchalariga so‘zning 
haqiqati zohir bo‘lib, yolg‘on bilan bog‘liq nuqsonlarning yuz berish extimoli bo‘lmagan.
Ularning hammalari garchi payg‘ambar deb atalsalar ham, ammo ko‘rinishlari uch qismga bo‘lingan. 
Anbiyolar birinchi guruhga oid bo‘lib, ularga vaxiy kelgan va (g‘aroyib) tushlari tufayli yetakchi 
bo‘lganlar. Shundan keyin Allohdan (qanday xabar) bo‘lsa, ularning hammasini xalqqa yetkazib 
turganlar, keyinchalik sabot-matonat bilan janglar qilib, kishilarni dinga da’vat etib, (zarur bo‘lsa) 
urushga ham buyurganlar. Ularning ichida eng kattasi va fasohatlisi bilki, Abtaxalik
73
payg‘ambar 
(Muhammad s.a.v.) bo‘lganlar.
Uning ko‘ngli Alloh yuborgan xabarlarni biladigan bo‘lib, dini esa boshqa payg‘ambarlarning dinini 
inkor etishga qaratilgan edi. Lekin kofirlikning qorong‘iligida qolgan har bir payg‘ambar o‘z dini bilan 
(hammayoqni) mash’aldek yoritgan edi.
U (Muhammad s.a.v.)ning shariati Quyoshi zuhur qilgach, (oldingi payg‘ambarlar yoqqan) 
mash’allarning nuriari so‘nib (Allohga) elchilik udumlari barham topib, din deganda uning Islom dini 
tushuniladigan bo‘ldi - vassalom!
Hisob-kitob kuni (ya’ni qiyomat) beshinchi bo‘lib kelgan. Uni hisob-kitob kuni dema -azob tortish 
kuni de!
Qiyomat bo‘lishiga, kishilar qilmishlaridan pushaymon bo‘lishlariga sidqidildan ishonmoq. 
Shodlikka erishgan do‘stlar(ning nomlari) o‘ng tomonga yozilib, sahifalar yuzida yozishga joylar 
yetishmay qoladi. Shimolda yashovchilar orasida esa mojaro ko‘tarilib, (gunohlari yozilgan) xatlar esa 
yuzlari singari qora bo‘ladi. To‘g‘ri tortadigan tarozining ikki boshi bo‘lib, bir tomonida gavhar tursa, 
ikkinchi tomonida tosh turadi.
Pulsirot ko‘prigi bo‘ylab odamlar xavfda - undan o‘tish biriga qiyin bo‘lsa, boshqa biroviga oson 
bo‘lishi mumkin.
Do‘zax o‘ti bergan azobning nixoyasi yoq: u kishilar xalokati uchun ajdaho kabidir. Uning yettita 
boshi aylana gumbazni eslatsa, yettita og‘zining har birisi g‘orga o‘xshaydi.
Uni yettita eshigini ochib turgan do‘zax deb o‘ylama, u yetti og‘zidan o‘t (alangasi) sochib turadi.
Jannat gulshanida noz-ne’matlar shunchalik ko‘pki, ularning orasidan yengil shabada o‘tish uchun 
yo‘l topolmaydi.
73
Aбтaхa - Пaйғaмбaримиз яшaгaн мaҳaллa нoми.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish