Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
34
Ustunlar ustidagi gumbazga chiqish yo‘li ham bo‘lib, bu yo‘l shaharning umumiy yo‘lidan ajratilgan. 
Shamol shabadasi ushbu yo‘l orqali esib, shahar aholisiga tinchlik, orom bag‘ishlaydi. Bu shabada shoh
67
saroyigacha o‘tib boradi, uning bazmiga yuz ming shodlik yetkazadi. Shohning aqlli bir yordamchisi 
bor. Uning ishi mamlakat atrofini aylanib yurishdir. Atrofga diqqat qilib, nimani fikr etmasin, mavxum 
bir nuqtani yuz bo‘lakka bo‘lib tekshiradi. Shoh uchun uning fikri qo‘llanmadir. Mamlakatini shunday 
adolatli yo‘l tutish bilan obod etadi.
Yuqoridagi qasrda baxtli vazir o‘itirib, xalq ishi yuzasidan farmonlar beradi. Qasrda beshta saxn 
tayyorlangan bo‘lib, u yerdan hammayoqni tomosha qilish mumkin. Lekin bu besh saxnda beshta 
ishbilarmon bor. Ularning biri ikkinchisidan tajribali. Ularning har biri bir saxnda joylashgan: har qaysi 
o‘z sohasining tengi yo‘g‘i. Biri ko‘rish ilrnini egallagan, safo ko‘zidan o‘z nazarini pok qiladi. Boshqa 
biri biron tovush kelsa, uni diqqat bilan eshitadi. Yana binning ishi ta’m bilish - xoh u hayot mayi bo‘lsin, 
xoh o‘lim zahari. Tag‘in bittasining ishi hid bo‘yicha gulni tikandan ajratish, sovuqni, issiqni sezish. 
Ko‘rish, eshitish, sezish, ta’m bilish, hid bilish - hammasi beshta. Dunyodagi hamma narsalarni shular 
orqali bilish mumkin. Tushungan odam bunga shubha bildirmaydi.
Dahlizi Chin naqshlari bilan bezatilgan qasrning maydonida beshta ishonchli odam o‘ltiradi. Besh 
xis bo‘yicha nimaiki yuz bersa, ular har qaysisi o‘z sohasi bo‘yicha uning tagiga yetishga harakat 
qiladilar. Barcha yig‘ilgan javhar (ma’lumot)larni ular xaligi xazinador qo‘liga topshiradilar. Undan 
ikkinchisining oldiga o‘tadilar. Uning xazinadori esa xayoldir. So‘ng uchinchi xazinachi ham bor. Uning 
ishi boylik qo‘lga kirsa, saqlashdir. Yana birovining oldiga kirishsa, uning ishi doim boyliklarni 
egallashdir. Uning qo‘li nimagaki yetsa, hammasini qonunga bo‘ysundiradi.
Ravshan aqlli noyib bularning barini vazir mamlakat boyligini qo‘lga olganday olarkan, u baxt 
saroyiga yo‘l olib, yuzini maqsad ostonasiga qo‘yadi. Hamma narsani u mamlakatga adolat 
bag‘ishlovchi - podshohga arz qiladi. Shoh bu xazinalarning ustida xozir bo‘lib, diqqat bilan barchasini 
ko‘zdan kechiradi
68
. Rad etadigan narsani u rad etadi. Maqsadga mos tuhfalarni alohida ajratadi. Qabul 
qilingani haqida ovoz kelgandan keyin, u tuhfalar o‘z o‘rnini topadi. Bu bilan u shoh najot yo‘lining 
raxbari, kattalik talashishni yo‘qotgan bo‘ladi.
Ko‘ngul egasi Inson bunday jahonni, zarrada butun borliq, qatrada esa daryo yashiringanini 
ko‘rgandan keyin fikr nahangiga yana yem bo‘ldi, hayrat dengizida yo‘qoldi. Fikr o‘tining tutunlari 
ko‘kka chiqdi. Butun vujudi hayratidan tugadi. Chunki bu hayratda ranj va uqubatlar bor edi. Yo‘qlik 
insonni foniylikka olib ketdi. Xudo unga yangi vujud ato qildi. Bu toza vujudda mushohada etish 
qobiliyati bor edi. Boqiylik sham’i uning ko‘zini yoritib, o‘zini o‘sha podshohlik ichida ekanini angladi. 
O‘sha mamlakat, o‘sha yurt unga bo‘ysundi, faqat u yurt emas, butun jahon bo‘ysundi. O‘zi ham 
mamlakat, ham taxt, ham shoh edi, hammasi o‘zi va o‘zi hamma narsadan ogoh edi. U o‘zligidan har bir 
mo‘yigacha xabardor bo‘lib, «O‘zini bilgan Xudoni ham biladi» degan gap foyda berdi.
Soqiy, yoqimli may to‘ldirilgan qadahni keltir, men uni xaligi insonday birdan ko‘taray. U qizil rangli 
maydan bir-ikki qadah ichib, inson madhida bir necha so‘z aytay
69
.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish