Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

 
 
XXI
 
 
67
Aқл, oнг кўздa тутилaди.
68
Бу ердa бeш сeзги узвлaри ҳaқидa гaп бoрaди.
69
Бу бaйтлaрдa инсoннинг тaъсирлaниш, xaёл қилиш, бир нaрсaни xoтирдa сaқлaш, фикрлaсли вa фикрлaшдaн xулoсa 
ясaш қoбилиятлaри ҳaқидa гaп бoрaди. Шoир фикричa, шу йўсиндa инсoндa хaёт вa бoрлиқ ҳaқидa билим, тушунчa пaйдo 
бўлaди.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
35
Xoja Bahouddin Naqshband sirlari muqaddas bo‘lg‘ay, shunday zotki, san’atkorlik naqqoshi 
(Alloh) o‘zining xikmat qalami bilan zamon sahnasida uning vujudi naqshini islomiy bichim bilan 
chizdi va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish kayfiyati bilan kofirlar ko‘ngli varag‘idan 
xitoiy va farangiy
70
 naqshlar (o‘chib) ketti va Xoja Ubaydulloh (Alloh u kishini salomat qilg‘ay)g‘a 
iltijo arzimiz shundan iboratkim, u kishi xazrat (Xoja Bahouddin Naqshband)ning mutlaq o‘rinbosari, 
balki haqiqiy xalifaning o‘zidir 
Baland osmonning naqqoshi - osmonning har sahifasiga naqshlar yasar ekan, Xoja ham ko‘pdan-
ko‘p varaqlarga rasmlar chizdi. Uning chizgan naqshlari esa nihoyatda yoqimli edi. Uning naqsh 
chizadigan qalami naqshlar chizar ekan, uning naqshlari kabi dilbar naqshlarni hech kim chiza olmagan 
edi.
Uning ko‘nglida esa saxovat naqshi mustaxkam o‘rin tutgan bo‘lib, u sahifada vujud naqshi barham 
topgan edi. Uning naqshlariga Xitoy naqshlari teng kelolmay, o‘zlarini maxv etgan, olamning o‘zi 
bularningqo‘lida naqshli uzukka aylangandi.
Bunday uzuk naqshiga esa o‘zining ajoyib naqshlari bilan devu parilar ham bo‘ysunar edi. 
Naqshlarga to‘la osmon ham qancha harakat qilmasin, naqqoshlikdagi san’atini izhor etmasin, 
naqshlarini namoyon etmasin, oddiy devor sahifasiga chizilgan rasmday edi.
Naqshband esa joniga ranju mashaqqat naqshini chizar, maqsad bu orqali dunyoning, hayotning 
foniylik naqshini chizish edi. Uning joni o‘sha naqsh makoni bo‘lgani sababli unga naqshdan boshqa 
hamma narsalar foniy edi.
Ajablanadigan tomoni shunda ediki, u naqshga ko‘z solmas, jonida esa baqolik naqshidan boshqa 
narsa qolmagan edi. U ko‘nglida naqsh solingan maskanlarda sayr qilar, bu sayrda esa ko‘nglida 
naqshdan boshqa narsa bo‘lmasdi.
Munaqqash bu osmon bo‘ylab u sayr etar ekan, kafining naqshlari zarli lavhalarga tegib turganday 
bo‘lardi. U bosgan iz naqshiga peshonasini surtib, naqshni tushunadigan falakning ko‘zi bundan ravshan 
tortardi.
U (Bahouddin Naqshband) jannat bog‘iga yo‘l olar ekan, bu (Xoja Ahror) uning o‘rnini olgan edi.
Cheksiz olamda bu toq bo‘lib, toq emas, butun dunyoga yo‘l boshlovchidir. U bulim osmoni 
dargohining supuruvchisi, supuruvchisi ham emas, balki peshonasi bilan xas-xashaklarni tozalovchidir. 
Shohlar uning qullug‘iga o‘zi kelar, bazmlarida har qanday xushyor kishilar o‘zlarini yo‘qotib 
qo‘yishardi. Unga xizmatda har qanday odam ogoh bo‘lib turar, o‘zi gado bo‘lsa ham, ma’niligi jihatidan 
shohdek edi. Oldiga kelib egnini qancha taqqoslama, surishtirma, ma’rifat xazinachisi kafidan olgan 
yuzta libosi bor.
U kiyimini aldash maqsadida o‘zgartirmaydi, ipakni oddiy palosdan farq etmaydi. Uning suhbatida 
hech shak-shubhasiz allaqancha ko‘zga ko‘rinmas go‘zal ra’nolar ham bordir. U o‘zi xilvat go‘shalarda 
o‘ltirmas, o‘zini hech kimdan yashirmay, oshkora yurar edi.
Osmon atlasi bilan mingta bezak-xasham to‘rqa to‘ni ostidagi ko‘k astardek edi. Lekin o‘sha to‘rqa 
to‘nining har bitta ipi faqr masalasida
71
yuzta o‘zaro bog‘lanish uchun zanjir bo‘lishi mumkindir.
Jahon mamlakatlarining dalalarining bu dehqoni dehqon emas, balki o‘sha mamlakatlarning 
nigohboni edi.
Mamlakatlardagina nigohbon emas, balki u barcha sultonlar ustidan sulton edi.
70
Фaрaнгий - Еврoпaчa.
71
Фaқр мaсaлaси - тaсaввуф мaсaлaси.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish