155
xuddi insonlarda bo‗lgani kabi dalillarga tayanib muhokama yuritish
imkoniyatiga ham egadir. Ekspert tizimlarining asosiy ikkita tarkibiy qismi
mavjud: ma‘lumotlar ombori va mantiqiy mashina.
Ekspert tizimlari konsepsiyasi Stenford universiteti professori Eduard
Feygenbaum nomi bilan bog‗liq bo‗lib, u 1977-yilda murakkab mantiqiy
masalalarni
yechishda
kompyuter
dasturlarining
samaradorligi
formallashtirish va dasturlash texnikasidan ko‗ra
muammoli sohaga doir
bilimlar bazasiga bog‗liq ekanligini asoslab berdi.
1
Dastlab ekspert
tizimlari diagnostika va kasallikni davolash sohasiga tatbiq etildi. Ekspert
tizimlari keyinchalik kimyo, biologiya, geologiya sohalarida ham qo‗llana
boshladi.
Ekspert tizimlariga bilimlar bazasini kiritish uchun simvolli
ma‘lumotlarga ishlov berishga xizmat qiladigan LISP, REFAL, PROLOG
kabi sun‘iy tillardan foydalanilmoqda. Bu tillar evristik bilimlar va
mantiqiy xulosalarni yuzaga chiqarishda eng
qulay dasturlash tillari
hisoblanadi. Bunda yagona qabul qilingan bilimlar bazasi uchun deklarativ
formalizm hamda qaror qabul qilish uchun protsedura tizimi
qo‗llaniladi. Ekspert tizimlari ichiga ekspertlar hamda bir qator yordamchi
dasturlar kiradi. Jumladan:
- savol-javobli dastur foydalanuvchi bilan tabiiy tilda munosabatga
kirishishni ta‘minlab beradi;
- bilimlar
ombori
dasturi
foydalanuvchiga
bilimlar
bazasiga
o‗zgartirishlar kiritish hamda to‗ldirib, boyitib BORIShga imkon beradi;
- tushuntiruvchi
dastur
–
javoblar
tizimini
tekshiradi;
- interpretator-dastur muayyan
sohadagi terminlarni sharhlash, izohlashga
yordam beradi;
-ijro etuvchi dastur barcha tizimlar ishihi ta‘minlab beradi.
Ekspert tizimlari deklarativ va protsedurali bosqichlar asosida
ishlaydi. Deklarativ bosqich
– bu
ekspert tizimiga kiritilgan
bilimlar bazasi bo‗lsa, protsedurali bosqich ekspert tizimlarining mavjud
bilimlar bazasiga tayanib hukm chiqarish va aniq qaror qabul qilish
bosqichini o‗z ichiga oladi.
Informatsiya shiddat bilan ko‗payib borayotgan bugungi davrda
ekspert tizimlarining bilimlar bazasini uzluksiz to‗ldirib,
yangi bilimlar
bazasi bilan boyitib BORISh muhim vazifa bo‗lib qolmoqda. Bilimlarning
mavjud holatlar bilan muvofiqligi hamda bilimlar bazasining boyitilishi
ekspert tizimlarining tushuntiruvchi dasturlari asosida amalga oshiriladi.
1
Белонoгов Г.Г.
Компьютерная лингвистика и перспективные информационные
технологии. - М.: Русский мир, 2004. - С.226;
156
Keyingi paytlarda bilimlar bazasi bilan shug‗ullanuvchi maxsus yo‗nalish
ham shakllandi. Bu yo‗nalish
Do'stlaringiz bilan baham: