5
asosi sifatida ham e‘tiborga molikdir. Aynan mana shu ehtiyoj tufayli
kompyuter lingvistikasi fani paydo bo‗ldi. Kompyuter lingvistikasi
kompyuter tizimi imkoniyatlarining tilshunoslik sohasiga tatbiq qilinishi
natijasida yuzaga keldi. Kompyuter lingvistikasi umumtil asoslarini
shakllantirishda, tillar o‗rtasidagi munosabatlarni takomillashtirishda
o‗ziga xos o‗rin tutadi.
Tilning murakkab fiziologik, biologik, ijtimoiy hodisa sifatidagi
ahamiyati ikki jihatda namoyon bo‗ladi. Dastavval, tilning ichki qonuniyat
asosidagi taraqqiyotini, turli fonetik, leksik, semantik, grammatik
jarayonlarni,
mental
xususiyatlarni
mujassamlantirgan
holdagi
takomillashuvini ta‘kidlash joiz. Til insonni tafakkur jihatdan rivojlantirish
omili bo‗lishi bilan bir qatorda tashqi jihatdan ta‘minlash, bilim berish,
borliqni anglatish, ya‘ni axborot uzatish vositasi sifatida ham muhim
qiymatga ega. Til insonni voqelik bilan muntazam ravishda tanishtirib
boradi, davrga, ijtimoiy turmush tarziga mos ma‘lumotlar bilan
ta‘minlaydi. Tilning tashqi taraqqiyot omili, axborot, ma‘lumot berish
vositasi sifatidagi ahamiyati globallashuv davrida, ayniqsa, yaqqolroq
namoyon bo‗lmoqda.
XX asr o‗rtalaridan insoniyat tarixida tubdan burilish hosil qilgan
globallashuv jarayoni boshlandi. ―Globallashuv‖ so‗zi lotincha ―glob‖
―kurra‖, ―shar‖ so‗zidan olingan bo‗lib, qit‘alaro manfaatning jadal
sur‘atlarda yaqinlashuvi, birlashuvini anglatadi. Tez sur‘atlar bilan
uyg‗unlashayotgan milliy iqtisod va milliy madaniyatlar uchun umumiy
muloqot vositasiga ehtiyoj seziladi. Shunday vaziyatda milliy tillar
iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy fikrning aniqroq, to‗laroq ifoda etilishiga
xizmat qiladi. Globallashuv ta‘sirida bir tilning o‗zigina ijtimoiy
ehtiyojlarni qondira olmaydi.
1
Global taraqqiyotning muhim xususiyatlari sohalarga texnikaning
kirib kelishi, kompyuter dasturlarining shakllanishi, integratsiya jarayoni
bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda jahon miqyosida kechayotgan
integratsiya jarayonida tabiiy til asosidagi axborot uslubini yaratish
hayotiy zaruratga aylandi. Bugungi kunda o‗zbek tilining mavqeyini
yuksaltirish, nufuzli tillar qatoriga olib chiqish muhim zaruratlardan biri
hisoblanadi. Kompyuter lingvistikasi mana shu zaruratni amalga oshirish
uchun yaratilgan qulay imkoniyatlardan biridir. O‗zbek tilini jahon
miqyosiga olib chiqish, dunyoviy tillar sirasiga kiritish va til o‗rganish va
o‗rgatishda kompyuter lingvistikasi fani muhim ahamiyat kasb etadi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: