O`zbek tilining izohli lug`atida soha terminlarni berilishi
Bahadirhanova Munavvarkhon
200-R biologiya
Reja - 1. Terminlar
- 2. Terminologiya
- 3. Terminologik lug’atlar
- "Terminlar fan - texnika, adabiyot, san'at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qo'llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir. Masalan: gulkosa, shona (Botanikada); to'tburchak, kvadrat (Geometriyada); ega, kesim (Tilshunoslikda); qofiya, turoq, bvazn (Adabiyotshunoslikda) kabi"
Termin o’ziga xos tizim sifatida 1993-yildan boshlab o’rganila boshlangan. Va bu yo’alishning asoschisi D.S Lottedir. Shuningdek, A.A Reformatskiy va yana boshqa olimlarning bu sohadagi hissalari beqiyos ekanligini alohida ta’kidlashimiz joiz. Hozirgacha terminologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlarni quyidagi yo’nalishlarga bo’lish mumkin:
Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridanbbo'lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug'aviy qatlamlaridagi o'rni va vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun - mohiyatini to'g’ri anglash imkonini beradi.
Ko’pincha, termin va nomenklatura tushunchalari o’zaro farqlanmasdan qo’llanadi. Shuning uchun ushbu o’rinda yo’l-yo’lakay nomenklaturaga ham munosabat bildirishga to’g’ri keladi.
Nomenklatura (lotincha – nomenclatura "ro’yxat") – ilm-fanning turdosh (tipik) obyektlari nomi. Agar termin umumiy
tushunchani ifodalasa, nomenklatura xususiy tushunchani ifodalaydi. Masalan, ta’lim muassasalari turlari, o’quv-didaktik jihoz va shu kabilar nomlari nomenklaturalardir.
“Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda – deb qayd etishadi.. Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so’z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro’zg’or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarnigina emas, balki o’tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek, kasb-hunarga oid so’zlarni ham kiritadilar. Agar masala shu taxlitda qo’yiladigan bo’lsa, har bir konkret predmet nomini termin deb atash lozim bo’lar edi. Gap terminnning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan qaraladigan bo’lsa, kasb-hunar leksikasining ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo’q, termin har qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi”.
Demak, “atama” so’zini “termin” tushunchasi ma’nosida qo’llaganimizda, uni umuman narsa- predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo’lgan birliklarni anglashimiz lozim.
Atamalarning son jihatdan ko’pchilikni tashkil etishi ularni mavzuiy guruhlarga bo’lib o’rganishni taqozo qiladi. Atamalarni dastlab ikki katta guruhga ajratish
to’g’ri bo’ladi:
1 Umumiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar. 2 Xususiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun tushunarli bo’lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g’alaba, birinchilik, chempionat, atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo’llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperature, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuiy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo’llanilishi mumkin bo’lgani holda, gravitatsiya, diod, termoster, kondensatsiya, kapillyar hodisalar singari atamalar yoki kimyoga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo’llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo’nalishlari va sohalarida kuzatish mumkin.
Dunyoda chetdan so’z o’zlashtirmagan birorta ham til yo’q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to’g’ri keladi. “Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o’zida mavjud bo’lgan so’z yoki termindan foydalaniladi, yo bo’lmasa yangi termin yasaladi” deb yozadi ingliz tilshunoslaridan biri.
Terminologiya hajmi va ko’lami jihatidan tilshunoslikning katta bo’limi yoki qismi bo’lganligi uchun ham uni tadqiq qilish tadqiqotchidan katta ma’suliyat e’tabor talab etadi. Umuman olib qaraganda, terminologiya tilshunoslikka aloqador bo’lgan bo’lim balki, uni deyarli barcha sohalarda uchratish mumkin. Faqat u barcha sohalarda turlcha talqin etiladi yoki talqin etilmaydi. Dastlab, terminologiya deyarli sohalarga bo’lib o’rganilmagan, shunchaki qaysi sohadagi termin bo’lsa o’sha soha kishilari uchun tushunarli bo’lgan.
Keyinchalik, ularni ma’lum tizimga solish, terminologik lug’atlar yaratish avj oldi. Bugungi kunga kelib lug’atlarning bir necha turlari mavjud: harbiy atamalar lug’ati, tibbiyot atamalari lug’ati, adabiyotshunoslik atamalari lug’ati va boshqalar.
E’TIBOR UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |