152
bilan bog‗liq global xavf kutayotganidan ogohlantiradi. Olimning fikricha,
agar kelajakdagi sun‘iy intellekt tizimiga insonlarga nisbatan do‗stlona
munosabatda bo‗lishni ta‘minlovchi dastur o‗rnatilmasa, butun insoniyat
uchun katta xavf paydo bo‗ladi. Ilmiy fantastik asarlar muallifi Veror Vinj
ham sun‗iy intellektlar tizimi to‗la yaratib bo‗lingan paytda jamiyatda
keskin o‗zgarishlar bo‗lishi haqida yozgan. Bu davr ilmiy adabiyotlarda
texnologik singularlik deb atalmoqda.
Futurologlarning fikricha, bu davr
2030-yilda boshlanadi.
1
Sun‘iy intellektga doir izlanishlar XX asrning 40-yillarida boshlangan,
sun‘iy intellekt muammosiga bag‗ishlangan
«Mashina fikrlay oladimi?»,
«Mashina o
‗
z yaratuvchisidan aqlliroqrni?»
sarlavhalarida maqolalar
e‘lon qilindi. «Mashina fikrlay oladimi» (1950) sarlavhali maqolaning
muallifi ingliz olimi Alan Tyuring mashina imkoniyatini insonning aqllilik
darajasi bilan qiyoslash protsedurasini ishlab chiqdi, u «Tyuring testi» deb
nomlanadi. Ushbu empirik test g‗oyasi 1950-yilda «Mind»
falsafiy
jurnalida
«Hisoblash mashinalari va tafakkur» (Computing Machinery and
Intelligence)
nomli maqolada e‘lon qilindi. Bu testdan ko‗zlangan maqsad
sun‘iy tafakkurning inson tafakkuriga yaqin kelishi mumkinligini
aniqlashdir. Unga ko‗ra, inson bir kompyuter va bir inson bilan o‗zaro
munosabatga kirishadi. Savollarga javob berish asosida u kim bilan (inson
bilanmi yoki kompyuter dasturi bilanmi) gaplashayotganini aniqlashi
lozim bo‗ladi. Kompyuter dasturining vazifasi esa insonni xatoga уо‗l
qo‗yishiga, noto‗g‗ri tanlov qabul qilishiga majbur qildirish sanaladi.
Barcha ishtirokchilar bir-birini ko‗rmaydilar.
TURING TESTidagi savol-javob namunasi:
Q: Please write me a sonnet on the topic of the Forth Bridge.
A: Count me out on this one. I never could write poetry
Q: Add 34957 to 70764
A: (Pause about 30 seconds and then give answer as) 105621.
Test natijasida A.Tyuring shunday xulosaga keladi:
«Mashina (komp
yuter) kelajakda 10 gegabaytli xotira bilan insonni 5 minut ichida 30% ga
chalg
‗
itishi mumkin bo
‗
ladi».
2
Avtomatlashtirilgan ekspert tizimlar mantiqiy masalalarni kompyuter
yordamida yechishga imkon beradi. Mazkur tizimlar ma‘lum sohadagi
bilimlar majmuyiga asoslangan implikativ qoidalar – «agar ...sa, u holda
1
Kurzweil R.
The Singularity Is Near. - N.Y.: Viking, 2005. - Р.З.
Bu haqida qarang:
Po„latov A.,
Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. –T., 2007.
Rahimov A.
Kompyuter lingvistikasi asoslari.
–T., 2011.
2
Jurafsky D., Martin J.H.
Speech and language processing. - New Jersey, 2000.-P.7.
153
...» qolipidagi mantiqiy qoidalarni o‗z ichiga oladi. Masalan,
MYCIN
ekspert tizimi shifokorlarga qon tarkibidagi
bir qancha bakterial
infeksiyalarga tashxis qo‗yishda va ularga mos davolash metodini
tanlashda yordam beradi.
MYCIN tizimining kompyuter dasturi dastlab simptomlar asosida
kasalning holati haqida fikr yuritadi, so‗ng
mikroorganizmning kasallik
qo‗zg‗otish tabiatiga mos keluvchi tashxisni aniqlaydi, bundan so‗ng
infeksiya sababini aniqlab, bir yoki bir nechta muqobil davolash usullarini
tavsiya etadi.
Tabiiy tilda kompyuter bilan muloqot qilishni ta‘minlashga yordam
beradigan dasturlar
Do'stlaringiz bilan baham: